45
Italiyaning O’zbekistonga eksporti 1994 yilda 54,65
mlrd lirani,1995 yilda 49,5 mlrd
lirani tashkil etadi. Italiyaning O’zbekistondan eksporti 1994 yilda 200,4 mlrd liraga va 1995
yilda 351,3 mlrd. liraga teng bo’lgan edi. Uning qarib 90% paxta tolasiga, qolganlari - paxta va
ipak chiqindilariga, ip gazlamasi
va har xil gazlamalarga, sanoatning turli sektorlari uchun
mahsulotlarga, yoqilg’i va uning har xil turlari, rangli metallarga (mis va mis qotishmalari, rux
va uning qotishmalari) to’g’ri keladi. 1994 yilning boshida O’zbekistonda
Italiya sarmoyasi
ishtirokidagi 15ta qo’shma korxona faoliya ko’rsatadi, 1996 yilda 100% Italiya sarmoyasi bilan
ishlayotgan koxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmi 3,2 mln so’mni, o’zbek-italiya
qo’shma korxonalarida esa 1,081.8 mln so’mni tashkil etadi. O’zbekistonda hozir 35ta O’zbek-
Ital’yan qo’shma korxonalari faoliyat ko’rsatmoqda. Ulardan eng mashxurlari "Sovplast-Ital"
va u bilan hamkorlikdagi "Sovplast Ital 8mvm", "O’zItalmed", "FARITAL", "Pent-Iz",
"F.A.M", "ITAL FOOD» va hokazolar.