Tayanch iboralar:
Eksport - tashqi bozorda sotish uchun tovarlar, texnologiya va xizmatlarni mamlakatdan
tashqariga chiqarish.
Import - tovarlar, qimmatbaho qog’ozlar, texnologiya va xizmatlarni mamlakat ichki
bozorida sotish uchun, shuningdek, uchinchi davlatlarga tranzit qilish uchun olib kirish.
Tashqi savdo - mamlakatlar o’rtasidagi savdo bo’lib, tovarlar
va xizmatlarni eksport
qilish va import qilishdan iborat bo’ladi.
Qo’shma tadbirkorlik - ikki va undan ortiq davlat vakillarining
ishlab chiqarish -
xo’jalik faoliyatlarini birgalikda, hamkorlikda olib borishlari asosida
tuziladigan tadbirkorlik
shakli.
Investitsion hamkorlik - xalqaro iqtisodiy munosabatlar turi bo’lib,
asosiy maqsad
resurslarni samarali taqsimlash, davlatlar tomonidan xalqaro mehnat
taqsimotida ishtirok etish,
texnologik strukturani yangilash orqali yuqori iqtisodiy natijalarga erishish hisoblanadi.
72
Takrorlash uchun savollar:
1. “O’zbekiston respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyati to’g’risidagi Qonuni “ qachon qabul
qilindi va unda nimalar ko’zda to’tilgan?
2. O’zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy aloqalar sohasida qanday strategiyalarni
qo’llaydi?
3. Jahon bozoriga kirib borishida O’zbekiston qanday potentsiallarga ega?
5. O’zbekistonning tashqi savdo oboroti va uning asosiy ko’rsatkichlari haqida ma`lumot
bering?
6. O’zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy aloqalarni
shakllantirishda chet el
investitsiyalari asosida ishlovchi korxonalarning o’rni qanday?