Tashqi iqtisodiy hamkorlik




Download 1,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/72
Sana15.12.2023
Hajmi1,26 Mb.
#119750
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72
Bog'liq
jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar

Tashqi iqtisodiy hamkorlik 
 
O’zbekiston Respublikasi mustaqil davlat sifatida dunyo mamlakatlari orasida o’zining 
mustahkam o’rnini egalladi va o’zi tanlagan siyosat negizida, ijtimoiy-iqtisodiy hayotida
ishonch bilan olg’a qarab bormoqda. Jahonning ko’pchilik davlatlari mustaqil O’zbekiston tan 
oladilar. Mamlakatimiz Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) va boshqa qator nufuzli xalqaro 
tashkilotlarga a`zo bo’lib kirdi. Yurtimizda ko’plab dunyo mamlakatlarining elchixonalai va 
vakolatxonalari ish yuritmoqdalar. O’zbekiston hozirgi kunda jahonning 120 mamlakati bilan 
diplomatik munosabatlarni o’rnatgan. 
1999 yil 12 mayda O’zbekiston uchun juda muhim vokea ro’y berdi. SHu kuni Frantsiya 
Milliy kengashi – parlamentning quyi palatasi O’zbekiston bilan Evropa Ittifoqi (EI) o’rtasida 
sheriklik va hamkorlik borasidagi Bitim matnini ko’rib chiqdi va qabul qildi. Frantsiya 
parlamentining yuqori palatasi tomonidan ushbu bitim 1998 yil 22 dekabrda ma`qullangan edi. 
Shunday qilib, O’zbekiston bilan Evropa Ittifoqi (EI) o’rtasisdagi sheriklik va hamkorlik 
bobidagi bitimni Frantsiya Evropa Ittifoqiga a`zo bo’lgan 15 mamlakatning eng so’ngisi bo’lib 
qabul qildi. Aytib o’tilgan bu bitimga I.Karimov Evropa Ittifoqiga a`zo bo’lgan mamlakatlar 
raxbarlari bilan 1996 yil 21 iyunda Florentsiyada bo’lib o’tgan uchrashuvda imzo chekkan edi. 
Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligiga kirgan mamlakatlar raxbarlari orasida bunday sharafga faqat 
bizning mamlakatimiz va Rossiya raxbari muyassar bo’lgan. Hozir O’zbekistonning xalqaro 
doirasidagi obro’-e`tibori ortdi, shu bilan birga ichki va tashqi siyosat sohasidagi ma`suliyati 
ham ko’tarildi. 
Evropa Ittifoqining iqtisodiy jihatdan tez rivojlanish va xalqaro hayotdagi ta`sir doirasi 
uni jahondagi sanoat, moliyaviy va ilmiy-texnikaviy jihatdan taraqqiy etgan zamonaviy 
markazning biriga aylantirdi. Evropa Ittifoqi doirasida 370 million aholini o’ziga qamrab olgan 
yirik jahon bozori vujudga keldi. Ushbu bozorning imkoniyatlari nihoyatda beqiyos. Shuni 
ta`kilash lozimki, EI hududida muayyan tabiiy resurslar kam. Shundan ayon bo’ladiki, Evropa 
Ittifoqi yirik yonilg’i va boshqa xom ashyo iste`molchisi hisoblanib, uning xo’jalik faoliyati ko’p 
jihatdan xalqaro savdo-sotiqning erkinligi bilan uzviy bog’liqdir. 
Mamlakatimiz tashqi siyosati va mamlakatlar bilan bo’ladigan munosabatlarning asosiy 
qonun-qoidalari O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida aniq va qat`iy belgilab qo’yilgan. 
«O’zbekiston Respublikasi, - deyiladi Konstitutsiyamizning 17-moddasida, - xalqaro 
munosabatlarning to’la xuquqli sub`ektidir. Uning tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, 


 
69 
kuch ishlatilmaslik yoki kuch bilan taxdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch 
yo’l bilan hal etish, boshqa mamlakatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro 
huquqning umum e`tirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga asoslanadi». 
Mustaqil O’zbekiston, uning Prezidenti, Respublika hukumati er yuzining barcha 
mintaqalarida, ayniqsa, Markaziy Osiyoda, jumladan, mamlakatimiz bilan chegaradosh
hududlarda tinchlik va barqarorlikni saqlash uchun xormay-tolmay tinchliksevarlik siyosatini 
olib bormoqda. O’tgan XX asrning eng dolzarb muammolaridan biri bo’lgan Afgoniston
muammosini xalqaro Hamjamiyat 1999 yil 19-20 iyulda chuqur va har tomonlama muhokama 
etishida respublika poytaxti – Toshkent jahon markaziga aylanganligi buning yorqin timsolidir. 
O’sha kunlar Toshkent «6+2» guruxga kirgan davlatlar uchrashuvi bo’lib o’tdi. Ma`lumki, 
«6+2» gurux tarkibiga bevosita Afgoniston bilan chegaradosh davlatlar – Eron, Xitoy, Pokiston, 
Tojikiston, Turkmaniston, O’zbekiston hamda AQSh va Rossiya kiradi. Bunday guruxni tuzish 
tashabbuskori Respublikamiz Prezidenti Islom Karimov bo’lib, yurtboshimiz bu fikrni 1997 
yilda o’rtaga tashlagan edi. Guruxning birinchi uchrashuvi 1997 yil 16 oktyabrda N’yu-Yorkda 
bo’lib o’tgandi. 
Afgonistonda yigirma yildan buyon davom etayotgan fuqarolar urushi faqat Afg’oniston
yoki unga chegaradosh bo’lgan davlatlarnigina emas, balki butun jahon mamlakatlarining 
muammosiga aylandi. Shuni hisobga oladigan bo’lsak, Toshkentda o’tkazilgan bu 
uchrashuvning mohiyati nihoyatda yuqori bo’ldi, deb bemalol aytish mumkin. Chunki bir-biriga 
qarama-qarshi turgan Birlashgan front va «Tolibon» harakati vakillari Toshkentda ilk bor o’zaro 
ochiq muloqotga kirishdilar. 
Uchrashuvning eng muhim tomoni shunda bo’ldiki, bu erda «Afg’onistondagi qarama-
qarshilikni tinch yo’l bilan hal etishning asosiy tamoyillari to’g’risida» Toshkent Deklaratsiyasi 
qabul qilindi. Bu deklaratsiya Xavfsizlik Kengashi va Birlashgan Millatlar Bosh 
Assambleyasining hujjati sifatida BMT tomonidan tarqaldi. 
«6+2»» guruxi Afgoniston mojarolarni tinch yo’l bilan hal etish borasida muntazam ish 
olib borayotgan xalqaro miqyosidagi yagona mexnizm sifatida Afg’onistondagi mojaro-
ixtiloflarni hal etish borasida «Toshkent Deklaratsiyasi» ni tayyorlashda juda katta tayyorgarlik 
ishlari olib bordi. «6+2» guruxini Toshkent uchrashuvi xalqaro maydonda katta taassurot qoladi. 
Jumladan, Yaponiyaning sobiq tashqi ishlar vaziri M.Komura uchrashuv yakunlariga to’xtalar 
ekan, shunday degan edi: «Toshkent uchrashuvi Afgonistonda tinchlik o’rnatish yo’li bilan keyin 
muhim qadam bo’ladi, deb uylaymiz». 
Markaziy Osiyo mamlakatlariga taaluqli bo’lgan muhim masalalar ustida ish olib borish 
maqsadida 2002 yil fevralda I.Karimov tashabbusi bilan Markaziy Osiyo Hamkorligi (MOX) 
tashkiloti tuzildi. Ushbu tashkilot o’z oldiga qo’ygan maqsad-vazifalarni hal etish yo’lida faollik 
ko’rsatmoqda. 
O’zbekiston siyosiy-iqtisodiy sohalarda ham jahon mamlakatlari bilan aloqani 
rivojlantirishni ko’zlab ish tutmoqda. Xalqaro munosabatlarda mamlakatlar o’rtasida savdo-
iqtisodiy aloqalarni o’rnatish va taraqqiy qildirish muhim ahamiyat kasb etadi. Tashqi iqtisodiy 
aloqalar xorijiy mamlakatlar bilan o’zaro olib boriladigan iqtisodiy aloqalarning eng qulay 
bo’lib hisoblanadi. Chunki tashqi iqtisodiy aloqalar har qanday davlatning xox u yirik, xox 
kichik davlat bo’lsin turli xil talab-ehtiyojlarini qondirish, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot 
samarasini oshirish, aholi hayot darajasini ko’tarish, buning uchun zarur yangi imkoniyatlar 
topishda eng muhim vositalardan biri bo’lib hisoblanadi. 
Mamlakatlar bilan iqtisodiy munosabatlarni samarali amalga oshirish xo’jalik 
tarmoqlarining 
rivoj 
topishiga, 
sanoat 
va 
qishloq 
xo’jaligi 
ishlab 
chiqarishining 
takomillashishiga, ayrim tarmoqlar va korxonalarni zamonaviy texnika, yangi texnologiya bilan 
jihozlashga, tabiiy-geografik sharoitlardan, maqsadga muvofik tarzda foydalanishga imkon 
beradi. Yaxshi yo’lga qo’yilgan va samara bilan amalga oshirilayotgan savdo-iqtisodiy aloqalar 
mamlakat oldida turgan ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni tez va to’g’ri hal qilish, mahsulot sifatini 
yaxshilash, ishlab chiqarishdagi sarf-xarajatlarni kamaytirish, aholining ham sanoat, ham oziq-
ovqat mahsulotlariga bo’lgan extiyojini qondirishga imkon beradi. Turli mamlakatlarning ilmiy-


 
70 
texnika yutuqlaridan keng va oqilona foydalanish, jahonning ilg’or tajribalarini ishlab 
chiqarishga joriy etish va keng yoyish uchun sharoit yaratib beradi. 
Tashqi savdo-iqtisodiy aloqalar jahon mehnat taqsimotining zururiy shart-sharoiti bo’lib 
hisoblanadi va bunday aloqalar olib boruvchi mamlakatlarda moddiy mahsulotlar ishlab 
chiqarish jarayonini yaxshilash imkonini vujudga keltiradi. Qisqa qilib aytganda, oqilona yo’lga 
qo’yilgan tashqi iqtisodiy aloqalar milliy iqtisod samaradorligini ko’taradi. 
SSSR tugatilishi tufayli sobiq respublikalarda vujudga kelgan vaziyatni hisobga olgan 
holda, davlatlar o’rtasida hamkorlik qilishga muhim hayotiy zaruriyat sifatida qaraldi, chunki 
busiz Mustaqil Davlatlar bergan bo’xtonlardan qutila olmaydi, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot 
sohasida uchrayotgan muammolarni hal qilish imkoniga ham ega bo’la olmaydi. 
O’zbekiston Respublikasining tashqi savdo-iqtisodiy aloqalarda mamlakatlar bilan ham 
savdo-sotiq doirasini kengaytirish hozirgi davrdagi bo’lmagan sharoitlarda vujudga kelayotgan 
muammolarni oqilona va samarali hal etish imkonini yaratmoqda. 

Download 1,26 Mb.
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72




Download 1,26 Mb.
Pdf ko'rish