Tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish istiqbollari




Download 1,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/72
Sana15.12.2023
Hajmi1,26 Mb.
#119750
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72
Bog'liq
jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar

Tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish istiqbollari. 
O’zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy aloqalarida yaqin kelajakda xalqaro 
sayyohlik - turizm muhim o’rin egallaydi. Uning faoliyatini to’g’ri tashkil etish esa
eksportning yuqori rentabelli usulidir. Sayohat xizmati foyda olishning ishonchli manbai bo’lib, 
xorijiy valyutaning kirib kelishiga yordam beradi va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda 
chet el sarmoyalari manbai rolini o’ynaydi. 
Turizmga sarf qilingan mablag’ boshqa sohalarga xarajatlarga qaraganda o’zini tezroq 
oqlaydi. Biroq turizm faqat iqtisodiyotning muhim tarmog’i, biznes va foyda olish manbaiga 
bo’lib qolmay, u tashqi iqtisodiy aloqalarni har tomonlama rivojlantirishga, yaxshi
qo’shnichilikka, turli xalqlarning madaniyati, urf-odatlari, a`analari bilan keng ko’lamda 
tanishishga imkoniyat yaratadi. 
Xalqaro turizm jahon miqyosida tez odamlar bilan rivoj topib borayotgan soha bo’lib 
hisoblanadi. Jahonda shunday mamlakatlar borki, ular asosan, turizmni rivojlantirish evaziga
yashaydilar, ravnaq topadilar va boyiydilar. Ayrim mamlakatlarda turizmni rivojlantirishdan 
hosil bo’ladigan foyda umumiy foydaning qariyb yarmini tashkil etadi. Ushbu sohani 
rivojlantirishda Avstriya, Germaniya, Shveytsariya, Skandinaviya mamlakatlari kabilar katta 
tajribaga ega. Keyingi yillarda bu sohada Malayziya, Isroil, Turkiya va boshqa qator 
mamlakatlar katta yutuqlarga erishmoqdalar. 
Jahonning eng boy mamlakati bo’lgan AQSh turizimdan keladigan daromad hajmi 
bo’yicha jahonda birinchi o’rinni egallaydi. 
O’zbekiston Respublikasi xalqaro va mintaqaviy sayoxatni rivojlantirishda qulay 
geografik joylashuvi, tabiiy iqlim sharoitining turli-tumanligi, g’oyat qulayligi, sivilizatsiya 
tarixida munosib o’ringa egaligi, bebaho tarixiy arxitektura ekzotikasi bilan ajralib turilishi, 
yuqori sifatli shirin-shakar meva va poliz mahsulotlariga mo’lligi va albatta, o’z an`analarini, 
urf-odatlarini saqlab katta imkoniyatlarga ega. Bularning hammasi chet ellik sayyohatlarni 
qiziqtirmoqda. 
Respubliqada sayyohlik to’g’risida gap ketganda, avvalo, tarixiy va qadimiy madaniyat 
markazlari bo’lgan hamda dunyoni qoyil qoldiradigan yodgorliklar jamlangan Samarqand, 
Buxoro, Xiva, Shaxrisabz va boshqa shaharlarni ko’rsatib o’tish o’rinlidir. Er yuzining ko’plab 
aholisi bu shaharlarida bo’lishni orzu qilishadi. Mumtoz arxitektura – qurilish san`ati durdonalari 
kishini qoyil qoldiradi va o’ziga maftun etadi. Serquyosh O’zbekistonning qadimiy shaharlarini 
haqli ravishda Sharqning durdonalari deyish mumkin. Ajoyib arxitektura ko’rinishiga ega 
yodgorliklarning o’zida uzoq asrlar qa`rida qolib ketgan tarix bamisoli jonlanib turgandek. 
Shoirlar, olimlar, tarixchilar va sayyohlar o’lmas asarlar yaratib, ulug’ iste`dod sohiblarini asrlar 
davomida mujassamlashtirib kelgan xalq xunarmandlari, moxir shahar quruvchilari-yu, 
yodgorliklarning betakror go’zalligi xususida yozishgan. 
Sharqda samarqand er yuzining sayqali, Buxoro esa islom dinining o’chog’i hisoblanadi. 
Samarqanddagi Shohizinda ansambli, guri Amir maqbarasi, Bibixonim masjidi, Registon 
ansambli, Ulugbek Rasadxonasi, Sherdor madrasasi, Buxorodagi kalon minorasi, Chorminor, 


 
71 
Ismoil Samoniy maqbarasi, Devonbegi va Mir Arab madrasalari, Xivadagi Ichankala, 
Dishankala har bir sayyohni o’ziga mahliyo qiladigan go’zalligi bilan ajralib turadi. 
Samarqandning go’zalligiga mahliyo bo’lgan Aleksandr Makedonskiy shunday yozadi: 
«Samarqand go’zalligi to’g’risida nima yoritgan bo’lsam, hammasi haqiqat, istisnosi shundaki, 
u men tasavvur qilganimdan ham ajoyibdir». 
Turizm sohasidagi faoliyat samarasini oshirish va zamon talablariga ko’tarishni ko’zlab 
mamlakat Prezidenti 1992 yil 27 iyulda «O’zbekturizm» milliy kompaniyasini tashkil etish 
to’g’risida Farmon qabul qiladi. 
Respublikamizda sayyohlik industriyasini rivojlantirishning muhimligini hisobga olgan 
yurtboshimiz I.Karimov bir qator hujjatlarga imzo chekdi. Jumladan, «Respublikada xalqaro 
sayyohlikni rivojlantirish va buyuk ipak yo’lini tiklashda O’zbekiston Respublikasi 
qatnashuvini faollashtirish choralari to’g’risida», «2005 yilgacha O’zbekistonda tizimni 
rivojlantirish davlat dasturi to’g’risida»gi Farmonlar va Vazirlar Mahkamasining «O’zbekiston 
Respublikasida xalqaro turizmning zamonaviy infratuzilmasini tuzish choralari to’g’risida»gi
qarori shulardan hisoblanadi. 
Iqtisodiyotning bu sohasini rivojlantirishda 1999 yil 20 avgustda qabul qilingan «Turizm 
to’g’risida»gi qonun asosiy o’rinni egallaydi. 
O’zbekiston Respublikasining «Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risida» gi qonun va tashqi 
iqtisodiy munosabatlarni yanada rivojlantirish, chuqurlashtirish, erkinlashtirish, xo’jalik 
yurituvchi sub`ektlar mustaqilligini kuchaytirish, marketing tizimini takomillashtirish hamda
mamlakatimizda chiqariladigan mahsulotlarni jahon bozoriga ko’proq chiqarish maqsadida 2002 
yil 21 oktyabrida Prezident «Tashqi iqtisodiy aloqalar sohasida boshqarish tizimini yanada 
erkinlashtirish va takomillashtirish to’g’risida»gi farmonni imzoladi. 
Ushbu Farmon bilan Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi O’zbekiston tashqi iqtisodiy 
aloqalar Agentligiga aylantirildi va ushbu Agentlikning tashqi iqtisodiy aloqalarni yana 
rivojlantirishga qaratilgan asosiy vazifalarni belgilab berdi. 
Farmonda ilgari surilgan maqsad va vazifalarning samarali bajarilishi, mamlakatda 
mavjud bo’lgan boy salohiyatdan unumli foydalanish mamlakatimiz taraqqiytini yana bir 
bosqichga ko’tarishiga, uning jahondagi ham iqtisodiy, ham ijtimoiy jihatdan rivojlangan
mamlakatlar qatoridan o’ziga munosib o’rin olishiga ishonchimiz komil. Bunday olijanob 
maqsadga erishishi uchun qadimiy zaminimizda mavjud bo’lgan ijtimoiy-siyosiy barqarorlik, 
tinchlik va xotirjamlik muhim garovdir. 

Download 1,26 Mb.
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72




Download 1,26 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish istiqbollari

Download 1,26 Mb.
Pdf ko'rish