O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi




Download 1,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/72
Sana15.12.2023
Hajmi1,26 Mb.
#119750
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72
Bog'liq
jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar

 
67 
Rossiya, ham O’zbekistonning tovar aylanma hajmi bo’yicha er kurrasi mintaqalari orasida 
Evropa etkachi o’rinni egallaydi. Hozirgi paytda respublikamiz tovar aylanmasining uchdan 
ikki qism uning zimmasiga to’g’ri keladi. 
Aholini asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta`minlashning xususiy ishlab chiqarishini 
avj oldirish va importdan oqilona foydalanish hisobiga olib borilishi natijasida ko’plab valyuta 
zaxirasi tejab qolindi va don, gusht mahsulotlari, kartoshka olib kelish ancha qisqardi. 
Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va bozor munosabatlariga o’tish davrida tashqi 
iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishning muhim va samarali yo’llaridan biri xorijiy davlatlar bilan 
qo’shma korxonalar tashkil etishdir. Ishlab chiqarishning bu turi er yuzining qator 
mamlakatlarida yaxshi yo’lga quyilgan. Bu yo’l O’zbekistonda ham ommalashib bormoqda. 
Alohida qayd etish mumkinki, yuqori iqtisodiy o’sish sur`atiga aynan ana shunday qo’shma 
korxonalarda erishilyapti. Ularning eksport hajmi resipublika umumiy eksport hajmining deyarli 
undan bir qismiga to’g’ri kelmoqda. 
O’zbekiston qo’shma korxonalar tashkil etishda dunyoning o’nlab etakchi firmalari, 
jumladan, AQSh, Buyuk Britaniya, Italiya, Koreya Respublikasi, Xitoy, Turkiya, Birlashgan 
Arab Amirliklari, Isroil, Pokiston va boshqa mamlakatlar ishtirok etishmoqda. «Zarafshon-
Nyumont, 
«O’zbekeystraktor», «O’zBAT», «Koka-kola», «Spekta», «O’ztexsanoat», 
«O’zsamsung-elektroniks», «Qabul-O’zbek» kabi qo’shma korxonalar respubliqada yaxshi 
tanish. Qo’shma korxonalar tashkil etish borasida asosiy o’rinni Rossiya egallaydi. 
O’zbekistonda Rossiya Federatsiyasining 500 dan ortiq firma va kompaniyalari ro’yxatdan 
o’tkazilgan. Rossiyada ham O’zbekistonning qator qo’shma korxonalari faoliyat ko’rsatmoqda. 
Italiyaning «Alma-Roza» firmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan «Sovplastital» 
qo’shma korxonasi haqida bir necha og’iz so’z aytish o’rinlidir. «Sovplastital» hozir qariyb 7000 
nomda mahsulot chiqarilmoqda. Ular orasida gullar kompozitsiyasi, shisha va chinnidan 
yasalgan bejirim buyumlar, plastikadan tayyorlangan rangli mebellar, maishiy asbob-anjomlar, 
zaharllangan shaxmatlar, turli rangdagi vannalar, barchaning didiga to’g’ri keladigan 
taqinchoqlar va boshqalar bor. Respublikadagi eng yaxshi sport komplekslari mazkur korxona 
asbob-uskunalari bilan jihozlangan. 
Korxona ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmi tobora ortib bormoqda. 2001 yili 
«Sovplastital» 3 milliard sumga yaqin mahsulot chiqargan bo’lsa, 2002 yili bu raqam 4,5 millard 
so’mga yaqinlashdi. «Sovplastital» dunyoning turli mamlakatlaridan ko’plab buyumlar 
olmoqda. Uning mahsulotlaridan Buyuk Britaniya, Germaniya, Pol’sha, Vengriya, Gollandiya, 
Ispaniya, Italiya, AQSh va boshqa qator davlatlar baxramand bo’layapti. Korxona 11 marta 
xalqaro sovrinlarga sazovor bo’lgan. Birgina 1998 yili korxona uchta xalqaro mukofotga loyiq 
topiladi. Shular qatorida Amerikaning «Sifat uchun» oltin mukofoti ham bor. 
Sobiq Ittifoq texnologiyasi ojizlik qilib O’zbekistonning oltin markazi bo’lgan Muruntov 
konida to’planib qolgan chiqindilar uyumidan mavjud bo’lgan oltinni ajratib ololmagan edi. 
1995 yili bu erda AQSh bilan hamkorlikda qad ko’targan «Zarafshon-Nyumont» qo’shma 
korxonasi ana shunday chiqindilardan tonnalab oltin chiqarmoqda. 
AQSh bilan birgalikda 1992 yili Zarafshon shaxrida tashkil topgan yana bir qo’shma
korxona «Zarispark» oltindan zargarlik mahsulotlari ishlab chiqarish bilan katta foyda 
keltirmoqda. Jumladan, 2001 yili ushbu korxona 6,5 million AQSh dollari miqdorida foyda 
ko’rdi. 
Jahonda ko’zga ko’ringan tamaki kompaniyasi 1994 yili Toshkentda ham o’zining 
qo’shma korxonasini ochdi. Ushbu «O’zBAT» korxonasida mehnat qilayotgan ishchilar soni 
1800 dan ortib ketdi. 1994-1995 yillarda kompaniya respublika byudjetiga soliq va boshqa 
yigimlar tarzida 4 million so’m o’tkazgan bo’lsa, 2002 yilga kelib bu raqam 35 milliard so’mni
tashkil etdi. 1997 yili Samarqand shaxrida ulkan korxonaga qarashli sigaret fabrikasi qurildi. 
Ushbu korxona sigaretaga bo’lgan talab-ehtiyojni to’la qondirishi mumkin. 
2000 yil davomida O’zbekistonda qator yangi qo’shma korxonalar yuzaga keldi. 
Toshentdagi «Xobas-TAPO», Andijondagi charm buyumlar ishlab chiqariladigan «Oltin teri»
va boshqa qo’shma korxonalar shular jumlasidandir. 2000 yilning bahorida Germaniya va 
Avstriya hamkorligida Toshkentda qurilib ishga tushirilgan «Xobas-TAPO» qo’shma 


 
68 
korxonalarsi nometall, turli diametrdagi quvurlar ishlab chiqara boshladi. Bu quvurlardan 
foydalanish muddati metall quvurlarga nisbatan 3-4 barobar yuqori. Bunday zavod jahonda 
yigirma to’rtinchi va MDX da yagonadir. Korxona mahsulotiga bo’lgan ehtiyoj O’zbekistonda 
ham, undan tashqarida ham ortib bormoqda. Nemis hamkorlarimiza bunday zavodni qaerda
qurish tanlovi va imkoniyatlari bor edi. Ammo ular O’zbekistonni ma’qul qurishdi. Chunki bizda 
istiqbolli imkoniyatlar etarlidir. 
Ushbu ko’shma korxona ishiga tushirganligiga bor-yo’g’i ikki yil to’lgan bo’lsa-da, shu 
qisqa vaqt ichida uning dovrug’i keng yoyildi va uning mahsulotlariga bo’lgan talab-ehtiyoj 
ortdi. Buning asosiy sababi korxonada tayyorlangan nometall quvurlardan sifat to’la saqlanib 
qoladigan ichimlik suvi etkazib berishdan tashqari, neft va neft mahsulotlarini ham istalgan 
joylarga yuborishda foydalanish mumkin. Bu quvurlar zanglamaydi, chirimaydi va mahsulot 
sifatini buzmaydi. 
O’zbekistonda yuqorida aytib utligan qo’shma korxonalardan tashqari , to’qimachilik, 
oziq-ovqat sanoati va qishloq xo`jaligi tarmoqlarida ham samara bilan faoliyat ko’rsatayotgan 
korxonalar mavjud. 
2002 yili Respublika poytaxtida yana bir qo’shma korxona «Shayxontoxur Tekstil» 
O’zbekiston – Turkiya qo’shma korxonasi ish boshladi. Korxona yiliga 2,5 million trikotaj 
buyumlari ishlab chiqarishga mo’ljallangan. Uning qiymati 8 million AQSh dollariga teng 
bo’ladi. Korxonada 700 ish joyi barpo bo’ldi. «Shaxontoxur Teskstil»da ishlab chiqariladigan
mahsulotlar Evropa mamlakatlari va AQShga ham eksport qilinadi. 

Download 1,26 Mb.
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72




Download 1,26 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi

Download 1,26 Mb.
Pdf ko'rish