66
Tashqi iqtisodiy aloqalar tarkibida importga nisbatan eksport hajmi va salmog’ining
yuqori bo’lishi katta ahamiyatga ega. Mamlakat iqtisodiy-ijtimoiy
hayotida bu masalaning
qanchalik e`tiborga molik ekanligini ta`kidlab Vazirlar Mahkamasining 2000 yilda mamlakatni
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2001 yilda iqtisodiyotni erkinlashtirish va
islohotlarni chuqurlashtirishning ustuvor yo’nalishdariga bag’ishlangan majlisida so’zga chiqqan
yurtboshimiz shunday dedi: «Biz eng muhim bir fikrni chuqur anglashimiz zarur – faqat
eksportning o’sishigina
valyuta tushumlari keltiradi, faqat shu asosdagina ishlab chiqarishni
texnik jihatdan yangilash masalasini hal etish mumkin». Tashqi iqtisodiy munosabatlarda
eksport hajmi va salmog’ini ko’tarish uchun jahon andozalariga javob beradigan,
raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish lozim.
Ma`lumki, ko’p yillar respublika tashqi iqtisodiy aloqalar savdosi ijobiy
natijalar bermay
keldi, ya`ni ancha kam edi. Bugun esa bu manzara o’zgarib bormoqda. Eksport hajmi ortib
boryapti. Keyingi yillar davomida ilk bor eksport qilayotgan mahsulotlar hajmini ko’paytirishga
muvoffak bo’lindi. 2000 yil natijalariga ko’ra, tashqi savdo bo’yicha 317,3 million AQSh
dollori hajmidagi ijobiy savdoga erishildi.
Quyida keltirilgan jadvaldan bu borada ro’y bergan ijobiy o’zgarishlar haqida ma`lumot
olish mumkin.
9-jadval
O’zbekiston Respublikasining tashqi savdo hajmi (million AQSh dollari hisobida)
Yillar
Jami
Shundan:
Jamiga nisbatan foiz
hisobida
Eksport
Import
Eksport
Import
1994
5299,4
2689,9
2609,5
50,7
49,3
1995
6612,6
3719,9
2892,7
56,3
43,7
1996
9311,3
4590,2
4721,1
49,3
50,7
1997
8910,5
4387,5
4523,0
49,2
50,8
1998
6816,9
3528,2
3288,7
51,8
48,2
1999
6346,5
3235,8
3110,7
51,0
49,0
2000
6212,1
3264,7
2947,4
52,6
47,4
Endilikda Respubliqada tashqi iqtisodiy savdo aloqalarini kengaytirish istiqbollari
mavjud, yangi tashkiliy-xo’jalik tizimi tuzilishini rag’batlantirish
tufayli korxona, birlashma,
firmalarning mustaqil holda jahon bozoriga chiqishi yanada kengayib bormoqda. O’zbekiston
bilan savdo-iqtisodiy sohalarda bitim tuzayotgan mamlakatlar soni ko’paymoqda. 2000 yilga
kelib respublikamiz jahon ning 140 mamlakati bilan savdo munosabatlarini o’rnatadi. Ular
orasida AQSh, Koreya Respublikasi,
buyuk Britaniya, Shveytsiya, Frantsiya, Germaniya,
Bel’giya, Italiya, Yaponiya, Hindiston, Xitoy, Singapur, Tailand va boshqa davlatlar bor.
Respublika tashqi iqtisodiy aloqalarining katta ulushi yaqin
xorij mamlakatlari hisobiga
to’g’ri keladi. MDX mamlakatlari orasida Rossiya O’zbekistonning asosiy savdo hamkorlari
orasida Rossiya O’zbekistonning asosiy savdo hamkorlaridan biridir. 1998 yil 13 oktyabrda
Toshkentda Rossiya va O’zbekistonning 1998-2007 yillarga mo’ljallangan iqtisodiy hamkorligi
to’g’risidagi shartnoma imzolanadi. 2001 yil 4 may kuni davlat tashrifi bilan Moskvada bo’lgan
Respublikamiz Prezidenti Islom Karimov hamda Rossiya Federatsiyasi
Prezidenti Vladimer
Putin o’rtasida bo’lib o’tgan muzokaralar chog’ida asosiy e`tibor O’zbekiston va Rossiyaning
savdo-iqtisodiy hamkorligi, xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm
hamda qurol va giyohvand
moddalar tarqatilishiga qarshi birlikda kurashishga qaratildi.
Muzokaralarda shu narsa ta`kidlandiki, 2000 yili O’zbekiston va Rossiya o’rtasidagi
savdo hajmi 17 foizga o’sib, bir milliard AQSh dollarini tashkil etgan. O’zbekiston Rossiyaga
eksport qilish 545 dollarga, Rossiyadan O’zbekistonga olib kelingan import hajmi esa 464
million dollarga teng.
Rossiya bilan O’zbekiston o’rtasidagi tashqi iqtisodiy munosabatlarni mavjud
imkoniyatlardan unumli foydalanish evaziga yanada ko’tarish mumkin bo’ladi
va bu ham