|
O’zbekiston respublikasining tashqi iqtisodiyBog'liq jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlarO’zbekiston respublikasining tashqi iqtisodiy
faoliyat strategiyasi.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikni o’z qo’liga kiritgunicha mamlakatdagi tashqi
iqtisodiy faoliyat sobiq Sovet Ittifoqining tegishli vazirliklari ixtiyorida edi, bunday faoliyat
aynan shu vazirliklar tomonidan rejalashtirilar va nazorat qilinar edi.
Mustaqil deb e`lon qilingandan keyin davlatning iqtisodiy rivojlanish yo’li sifatida bozor
iqtisodiyoti tizimi tanlandi. Bozor iqtisodiyotiga o’tishni esa bozor islohotlarisiz amalga oshirib
bo’lmaydi. Bozor islohotlarining asosiy byoshta yo’nalishi mavjud. Bular:
1.Mulkiy munosabatlar islohoti;
2.Agrar munosabatlar islohoti;
3.Moliya-kredit munosabatlari islohoti;
4.Ijtimoiy islohotlar;
5.Tashqi iqtisodiy faoliyat islohoti.
Bozor islohotlarining asosiy yo’nalishlaridan biri sifatida tashqi iqtisodiy faoliyat
islohotlarini amalga oshirishning strategiyasi ishlab chiqildi. O’zbekiston bir qancha xorijiy
mamlakatlar bilan bevosita iqtisodiy hamkorlikni yo’lga qo’yishga kirishdi.
Bunday yo’nalishda dastlab O’zbekiston SSR Tashqi savdo va xorijiy aloqalar davlat
komiteti 1992 yil 12 fevralda tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga aylantirildi.
1991 yil 14 iyunda "O’zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyati to’g’risidagi
Qonuni" qabul qilindi.
Tashqi iqtsiodiy aloqalarni rivojlantirish va tartibga solishda Respublika Vazirlar
Mahkamasining 1994 yil 17 noyabridagi "O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy
faoliyatining asosiy yo’nalishlari va yangi strategiyasi" qaroriga muvofiq tashqi iqtisodiy
aloqalar vazirligi ishi qayta tashkil etildi.
1998 yil mart oyida 2000-yilgacha bo’lgan davrda O’zbekiston Respublikasining eksport
imkoniyatlarini rivojlantirish Davlat dasturi qabul qilindi. Mavjud resurslar va ishlab chiqarish
imkoniyatlaridan eng ko’p darajada foydalanish va ularni yanada rivojlantirish asosida eksport
hajmlari barqaror o’sishi uchun shart-sharoitlarni ta`minlash va uning tarkibini takomillashtirish.
Dasturning asosiy maqsadi hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy aloqalar
sohasidagi yangi strategiyasi quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- eksport-import operatsiyalarini markazlashtirmaslik;
- davlat ehtiyojlari uchun zarur tovarlarning eksport va importi ustidan nazoratni kuchaytirish;
- davlat uchun strategik muhim bo’lmagan tovarlar eksportini osonlashtirish;
- eksportning xom ashyoga ixtisoslashuv yo’nalishini bartaraf etish
- xorijiy investitsiyalar oqimining kengayishiga ko’maklashish.
O’zbekiston Respublikasining xalqaro bozorga kirib borishida eng katta ta`sir etuvchi va
hisobga olinishi lozim bo’lgan iqtisodiy potentsial ko’rsatkichlari quyidagilardir:
- er, mineral-xom ashyo va o’simlik resurslarining katta zaxiralari, shuningdek, qayta ishlash
sanoatining xom ashyo bazasi sifatida qishloq xo`jaligini rivojlantirish uchun qulay noyobtuprok
va iqlim sharoitlarining mavjudligi;
- respublikaning nisbatan rivojlangan ishlab chiqarish infrastrukturasiga, to’plangan ilmiy-
texnikaviy salohiyat, mutaxassislarning etarli darajada yuksak tayyorgarlikka egaligi;
- aholining va mehnat resurslarining yuqori va barqaror sur`atlar bilan ta`minlanishini
o’sishiga hamda ishchi va xizmatchilar tayyorlash kengayib borgan sari eksport salohiyatining
tez va samarali ortib borishi uchun katta imkoniyatlar ochilishiga olib kelishi;
- xalqaro turizmni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlarning mavjudligi;
- qadimgi yodgorliklar, noyob xordiq chiqarish sharoitlari, an`anaviy badiiy
xunarmandchilikning keng yoyilganligi.
|
| |