• Evroparlament
  • Evropa kengashi
  • Markaziy osiyo davlatlari o’rtasida integratsiya jarayoni.
  • O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi




    Download 1,26 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet62/72
    Sana15.12.2023
    Hajmi1,26 Mb.
    #119750
    1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   72
    Bog'liq
    jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar

    Vazirlar Kengashi - Bu qarorlar qabul qilish organidir; uning doirasida milliy 
    hukumatlarning a`zolari muzokaralar o’tkazadilar. Vazirlar Kengashining lavozimini barcha 
    qatshashuvchi mamlakatlarning vakillari navbatma-navbat egallaydilar. Ularning har biri bu 
    lavozimda 6 oy turadi, rais vazifasini tashqi ishlar vazirlari bajaradilar. 
    Evroparlament - Evropa xalqlarining demokratik jarchisi hisoblanadi. Unda umumiy 
    ovoz berish yo’li bilan saylanadigan 518 deputat bor. Asosiy vazifasi - Komissiya faoliyatini 
    nazorat qilish, Hamjamiyat byudjeti va qonunlarini ma`qullash va ularga o’zgartirishlar kiritish. 
    Evroparlament a`zolari 5 yilga bir marta saylanadilar. 
    Evropa sudi - Hamjamiyatning boshqa xalqaro tashkilotlaridan farqi sho’ndaki, EI ga 
    a`zo mamlakatlar imzolagan shartnomalarni ijro etish ular uchun majburiy ekanligidir. Evropa 
    sudi 13 sud’yadan, shu jumladan, har bir mamlakatdan bittadan va bosh advokatlardan iborat. 
    Sudyalar 6 yil muddatga saylanadilar. Evropa sudining mavjudligi el qonunchiligining 
    qatnashuvchi mamlakatlar tomonidan noto’g’ri talqin etilishining oldini oladi. 
    Evropa kengashi - 1974 yilda tuzildi. Evropa Kengashi oliy bosqich ahamiyatni kasb 
    etib, murakkab hollarda, Hamjamiyatning boshqa muassasalari bilan kelishuvga erishishning 
    iloji bo’lmagan holatlarda EIK va Vazirlar Kengashi o’nga murojaat etishlari mumkin. 
    Markaziy osiyo davlatlari o’rtasida integratsiya 
    jarayoni. 
     
    1994 yilda O’zbekiston, Qirg’iziston va Qozog’iston yagona iqtisodiy maydon vujudga 
    keltirish to’g’risida shartnoma tuzdilar. Bu shartnomaning ahamiyati juda katta. U integratsiya 
    jarayonlarini muzokaralar sohasidan amaliy harakatlar yo’liga o’tkazishni boshladi, aniq 
    integratsiya rejalarini bosqichma-bosqich amalga oshirish, birgalikda bozor infratuzilmasinini 
    vujudga keltirish va qabul qilingan qarorlar ijrosini ta`sirchan nazorat etish maqsadida xo’jalik - 
    huquqiy hamda tashkiliy tusdagi omillarni ishlab chiqishga kirishish imkonini beradi. 
    Shartnomaga muvofik imzo chekkan davlatlar quyidagilar haqida kelishib olishdi: 
    -iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, huquqiy, harbiy va boshqa 
    sohalarda mustahkam hamkorlik qilish; 
    -atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy ofatlar va falokatlar 
    oqibatlarini tugatish ishida kuch-g’ayratlarni birlashtirish, Orol dengizi havzasida va Orol 
    bo’yida ekologik vaziyatni yaxshilash yuzasidan qo’shimcha tadbirlarni qurish; 
    -tashqi siyosiy faoliyat sohasida mintaqa va xalqaro darajalarda kelishilgan mavkelarda turib 
    harakat qilish. 
    Mazkur maqsadlarni amalga oshirish hamda iqtisodiy siyosiy, mudofaa, insonparvarlik 
    jihatlarida kuch-gayratni muvofiklashtirish uchun tuzilgan Davlatlararo kengash Bosh vazirlar 
    kengashi, Tashqi ishlar vazirlari kengashini, Mudofaa vazirlari kengashini o’z ichiga oladi. 
    Integratsiya to’g’risidagi shartnoma imzolangandan so’ng bojxona tartibotlari 
    ixchamlashtirildi, bu esa Qozogiston Respublikasi, Qirgiziston Respublikasi va O’zbekiston 
    Respublikasi fuqarolarining yuklarini bojxona kurigidan o’tkazishni bekor qilish imkonini berdi, 
    kurol-yarog, giyoxvandlik va psixotropik vositalar, valyuta va madaniy boyliklar olib 
    ketilayotganligi xususida shubxa uchun etarli asos bo’ladigan holar bundan mustasnodir. 

    Download 1,26 Mb.
    1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   72




    Download 1,26 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi

    Download 1,26 Mb.
    Pdf ko'rish