59
O’tkazilgan tadqiqotlarda nafaqat tarmoqlararo, balki tarmoqlar ichida va mintaqa o’rtasidagi
ixtisoslashuvning
qonuniyatlari, mamlakatning material, kapital, mehnat va fan sig’imli
tovarlarga ixtisoslashuv sabablari ochib berildi. Ixtisoslashuvga fan va texnika taraqqiyoti hamda
texnologik o’zgarishlar sur`ati va tavsifi ta`sirining xususiyatdari aniqlanadi.
Xalqaro tajriba shundan dalolat beradiki, integratsiya uning qatnashchilari uchun o’zaro
foydali va samarali bo’lishi ta`minlashda quyidagi shartlarga rioya qilinishi zarur:
1) iqtisodiyot rivoji darajasida katta tafovutlar bo’lmasligi;
2) iqtisodiy siyosatning o’xshashligi;
3) valyuta tizimining yaqinligi va valyuta kurslarining barqarorligi;
4)
iqtisodiy tizim, ijtimoiy tarkibiy tuzilishi va siyosiy tuzilmaning o’xshashligi.
Integratsiya turli mamlakatlardagi ixtiyoriy, teng huquqli, o’zaro
foydali asosda ish olib
boruvchi xo’jalik sub`ektlarining o’zaro ta`sir ko’rsatish va bir-birining ichiga kirib borishidan
iborat ob`ektiv jarayon sifatida rivojlanishi kerak.