58
Kushni davlatlar integratsiyaga kirishishiga intilishlariga asosiy sabablar quyidagilar:
1) tovar oqimlari o’tishi lozim bo’lgan masofa boshqa davlatlar uchun kichik bo’ladi;
2) taqsimot kanallarini tashkil etish oson, chunki, didlarning mosligi ehtimoli kuchliroq;
3) Bozor iqtisodiyoti - biriga yaqin qo’shni davlatlar tarixi va qiziqishlari miqyosida ancha
umumiylikka ega, shuning uchun ular siyosiy moslashuvchanlikda ancha tayyorgarlikni
o’zlarida aks ettiradilar.
4) Iqtisodiy hamkorlikning yana bir shakli - tovar kelishuvlari hisoblanadi. Tovar kelishuvlari
asosan ma`lum tovar turlarini etkazish va uning bahosini barqarorlashtirishga yo’naltiriladi.
Deyarli barcha rivojlanayotgan davlatlar an`anaviy tarzda bir yoki ikki tovar eksportiga
asoslanadi va valyuta oqimi shu orqali amalga oshadi.
Afsuski, ko’p faktorlar eksportdan keladigan daromad hajmining har xil bo’lishiga olib
keluvchi baholar barqarorligining yuz berishiga sabab bo’ladi. Bunday
omillardan asosiylari
quyidagilar:
1) tabiiy sabablar, masalan, suv bosishi, qurg’oqchilik, ob-havoning va tabiiy iqlim
sharoitining noqulay kelishi;
2) baholarga nisbatan sezgir bo’lmagan talab;
3) baholarga nisbatan sezgir bo’lmagan taklif;
4) sanoati rivojlangan davlatlarda tadbirkorlik faoliyati aktivligining siklliligi.
Bunday kelishuvlarga quyidagilarni misol qilish mumkin:
1) Xalqaro tekstil mahsulotlari savdosi kelishuvi. Asosan, tekstil mahsulotlari bo’yicha ko’p
tarmoqli kelishuv deb ham yuritiladi. Unga 40 dan ortiq davlatlar a`zo.
2) Neft eksport qiluvchi davlatlar tashkiloti - OPEK. Saudiya Arabistoni, Kuvayt, Katar,
Birlashgan
Arab Amirliklari, Irok, Livan, Aljir, eron, Indoneziya, Nigeriya, Gabon, Venesuela,
ekvador davlatlar a`zo. OPEKka a`zo davlatlar hissasiga dunyo bo’yicha neft qazib
chiqarishning 55,5 % i to’g’ri keladi.
Xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonini ob`ektiv
xususiyatdagi bir qator omillar