• Yagona umumevropa fuqaroligi
  • Siyosiy Ittifoq
  • Evropa Hamjamiyati Komissiyasi
  • Evropa iqtisodiy hamkorlik tashkiloti xalqaro iqtisodiy integratsiyaning oliy shakli




    Download 1,26 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet61/72
    Sana15.12.2023
    Hajmi1,26 Mb.
    #119750
    1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   72
    Bog'liq
    jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar

    Evropa iqtisodiy hamkorlik tashkiloti xalqaro iqtisodiy integratsiyaning oliy shakli. 
     
     
    Yagona bozorning vujudga keltirilishi 1957 yildayoq Evropa Iqtisodiy Ittifoqining eng 
    muhim masalalaridan biri sifatida baholangan edi. Lekin bu sohadagi taraqqiyot uncha sezilarli 
    bo’la olmadi.1987 yil 1 iyulda Yagona Evropa Akti kuchga kirgachgina ahvol o’zgardi, bu 
    hujjatda tovarlar, xizmatlar, sarmoyalar va odamlar hamjamiyat doirasida erkin harakat qiladigan 
    bozorga o’tish muddati 1992 yil 31 dekabr’ deb belgilangan edi. 
    Bu hujjat Vazirlar Kengashi qarorlarini qabul qilish tartibiga muhim o’zgartirishlar 
    kiritdi. Yagona Evropa Akti bilan yagona bozorni bunyod etishga taalluqli barcha muammolar 
    bo’yicha ko’pchilik ovoz bilan qaror qabul qilishga ruxsat etiladi. 
    Yangi shartnomaga muvofik quyidagilar ta`sis etildi: 
    1) Yagona umumevropa fuqaroligi: qatnashuvchi mamlakatlarning fuqarolari o’z-o’zidan 
    Evropa Ittifoqining fuqaroligini oladi. 
    2) Iqtisodiy va valyuta ittifoqi: qatnashuvchi mamlakatlar va umuman hamjamiyat iqtisodiy 
    siyosatining asosiy yo’nalishlari Vazirlar Kengashi tomonidan qabul qilinadi, u shuningdek, har 
    bir mamlakat va umuman hamjamiyat iqtisodiy rivojlanish jarayoni qanday borayotganligini 
    kuzatadi. Evropa Valyuta Ittifoqining umumiy pul birligi ekyu joriy etilgan 1999 yil 1 yanvardan 
    boshlab ekyuning o’rnini bosa oladigan "evro" deb nomlanuvchi pul birligi amalda yuritila 
    boshlandi. 2000 yil 1yanvardan boshlab umumiy pul kupyuralari chiqarish yo’lga qo’yildi. 2002 
    yil 1yanvardan boshlab bu pul birliklari Evropa Ittifoqiga a`zo davlatlar milliy pul birliklari bilan 
    parallel ravishda qo’llaniladi va 2002 yil 1iyuldan boshlab esa milliy pul birliklari yuqotilib , 
    to’la holda hisob-kitoblar "evro"da amalga oshirila boshlaydi. 
    3) Siyosiy Ittifoq. U quyidagi tarkibiy qismlarni o’z ichiga oladi: 

    tashqi ishlar va xavfsizlik sohalarida yagona siyosat, umumiy mudofaa siyosatini ishlab 
    chiqish, Evropada qurolsizlanish va qurol-yaroqlarni nazorat qilish,yadro qurolini 
    tarqatmaslik va xavfsizlikning iqtisodiy jihatlari ustida ish olib borish 

    Evroparlament mohiyatini kuchaytirish 

    Hamjamiyat vakolatlarini kengaytirish 

    Ichki ishlar va odil sudlov sohalarida, xususan boshpana berish, immigratsiya va viza tartibi 
    kabi masalalarda yagona siyosat yuritish. 
    Evropa Ittifoqi muvaffaqiyatlariga va uning yangi a`zolarini jalb qilish qobiliyatiga 
    quyidagi uchta omil sababchi bo’lmoqda: 

    o’zaro bir-biriga bog’liqlikni va hamkorlikni taqozo qiluvchi iqtisodiy asos; 

    huquqiy qoidalar tantanasi; 

    kelishuvlar va yon berishlarga asoslangan qarorlar qabul qilish jarayonining demokratik 
    xususiyati. 
    Evropa hamjamiyatini ta`sis etish to’g’risidagi shartnomalarda belgilangan vazifalarni 
    bajarish uchun bir qator Evropa muassasalari tuzilgan. 


     
    60 
    Ulardan birinchisi - Evropa Hamjamiyati Komissiyasi Evropa Ittifoqining ijroiya 
    organidir. Uning 17 a`zosini milliy hukumatlar tayinlaydi. Vakillar to’rt yilga tayinlanadi. 
    Komissiyaning asosiy ishchi tillari fransuz, ingliz va nemis tillari bo’lsada, barcha rasmiy 
    hujjatlar qolgan 9 tilga albatta tarjima qilinadi. Komissiya Hamjamiyatning turli fondlari va 
    dasturlarini, jumladan, Evropa Ittifoqida qatnashmaydigan mamlakatlarga yordam ko’rsatishga 
    qaratilgan fondlar va dasturlarni ham boshqaradi. 

    Download 1,26 Mb.
    1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   72




    Download 1,26 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Evropa iqtisodiy hamkorlik tashkiloti xalqaro iqtisodiy integratsiyaning oliy shakli

    Download 1,26 Mb.
    Pdf ko'rish