61
O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga qo’shilishining shart-sharoitlari va tashqi iqtisodiy
faoliyatini amalga oshirish imkoniyatlari Respublika davlat mustaqilligini qo`lga
kiritishi bilan
vujudga kela boshladi. Bunday vaziyatda tashqi iqtisodiy majmuani boshqarishning o’ziga xos
tizimini shakllantirish, tashqi aloqalarni yo’lga qo’yish borasida qonun va tamoyillarning ishlab
chiqish, respublikaning jahon iqtisodiy tizimiga qushilish yo’llarini belgilash taqozo etiladi.
Respublika tashqi siyosatini amalga oshirishning asosiy tamoyillari teng huquqlilik va
o’zaro manfaatdorlik negizida qurilsa, uning qoidalari ikki tomonlama va ko’p tomonlama
shartnoma munosabatlarida o’zaro manfaatli aloqalar o’rnatish, xalqaro
iqtisodiy ittifoqlar
doirasidagi hamkorlikni chuqurlashtirishga asoslanadi.
O’zbekistonning xalqaro mehnat taqsimoti va jahon xo’jalik aloqalarida ishtirok
etishining asosi ochiq turdagi iqtisodiyotni vujudga keltirishdir. Shu sababli Respublikamiz
mustaqillikka erishgandan keyin qisqa davr ichida 80 dan ko’p davlat bilan diplomatiya
munosabatlarini o’rnatdi, dunyoning 20 dan ortiq davlatida diplomatiya elchixonalarni ochdi,
ko’pgina xalqaro tashkilotlar – BMT iqtisodiy muassasalari, jahon banki, xalqaro bank, xalqaro
valyuta fondi, xalqaro moliya korporatsiyasi, iqtisodiy taraqqiyotga ko’maklashuvchi
tashkilot
kabi boshqa xalqaro moliyaviy-iqtisodiy tashkilotlarga a`zo bo’lib kirdi. Respublika a`zo bo’lib
kirgan dastlabki ittifoq – Mustaqil davlatlar hamdustligi (191 yil tuzilgan) xada Markaziy Osiyo
davlatlari bilan birgalikda Turkiya, eron va Pokiston tomonidan tuzilgan Iqtisodiy hamkorlik
tashkiloti (IXT) dir.
O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga qo’shilish talablaridan kelib chiqib, tashqi
iqtisodiy faoliyat bilan shug’ullanishi zarur bo’lgan barcha muassasalar (tashqi iqtisodiy aloqa
vazirligi, tashqi iqtisodiy
faoliyat Milliy banki, bojxonalar xizmati va boshqalar) amalda
yangidan tashqi etildi. Vazirlar Mahkamasidan tortib, boshqaruvning mahalliy darajasi va
korxonalargacha bo’lgan xo’jalik sub`ektlarida tegishli tashqi iqtisodiy bulimlar tuzildi.
Dunyoning bir kancha mamlakatlarida savdo uylari ochildi va savdo-sanoat palatalari barpo
etildi.
Tashqi savdo bilan birga iqtisodiy hamkorlikning boshqa shakllari ham sezilarli darajada
rivojlandi. Respublika hududida ro’yxatdan o’tgan xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalar soni
3445 tadan oshdi, (faoliyat ko’rsatatayotganlari 1795 ta) ularning
eksporti hajmi mamlakat
umumiy eksportining 13,8 foizini tashkil qiladi (2000 yil). Bunday korxonalarning asosiy qismi
sanoat taroklari (50,1 foiz) savdo va umumiy ovqatlanish (29,9 foiz) sohalarida to’plangan.
Davtlabki davrlarda Respublikamizda tashqi savdo ikki yo’nalish bo’yicha: MDX
mamlakatlari bilan hukumatlararo bitimlar va xorijiy mamlakatlar bilan erkin muomaladagi
valyutada hisob-kitob qilish asosida amalga oshirildi.
2000 yil respublikamiz tashqi savdo aylanmasi 6212,1 mln. AQSh dollarining tashkil
etib, uning 37,0 foizi MDX mamlakatlari, 63,0 foizi uzoq xorijiy mamlakatlar hissasiga to’g’ri
keladi. Xorijiy mamlakatlarda mahsulot eksporti tuxtovsiz ko’payib bordi 2000 yilda 3264,7
mln. dollarni tashkil qildi, uning asosiy qismi (64,1 foiz) uzoq chet el davlatlari hissasiga to’g’ri
keladi.
Tashqi iqtisodiy faoliyatda Markaziy Osiyo davlatlarining ko’p tomonlama aloqalariva
hamkorligini rivojlantirishga birinchi darajali ahamiyat berilmokda. O’zbekiston, Qozogiston va
Qirgiziston o’rtasidagi
yagona iqtisodiy makon to’g’risida tuzilgan
shartnoma samara bera
boshladi. Ularning sanoatini integratsiyalashtirishga qaratilgan dastur ishlab chiqildi.
MDX mamlakatlari bilan bevosita va ko’p toonlama munosabatlarni rivojlantirish tashqi
siyosatning asosiy yo’nalishlaridan biridir. O’zbekiston hamdustlik davlatlari muassasalari –
Davlatlararo iqtisodiy kumita, Davlatlararo bank va boshqa muassasalarni tashkil etishda faol
qatnashoqda. MDXdagi mamlakatlar (Rossiya, Ukraina, Belorus’, Moldova va boshqalar) bilan
ikki tomonlama tashqi siyosiy, savdo-iqtisodiy va boshqa shartnoma hamda bitimlar izolanib,
ular kuchga kirdi.
Respubliqada iqtisodiyotni erkinlashtirishning hozirgi sharoitida «… mamlakat eksport
saloxiyatini oshirish, uning xalqaro mehnat taqsimotida teng xuquqli va o’zaro manfaatli shartlar
62
asosida
ishtirok etishi, iqtisodiyotimizning jahon iqtisodiy tiziiga keng ko`lamda
integratsiyalashuvini yanada kuchaytiradi»
3
.
Respublika tashqi iqtisodiy aloqalarini rivojlantirishda iqtisodiyotga xorijiy sarmoyalarni
jalb etish uchun qulay sharoit yaratishga xada zarur bo’lgan tashkilot va muassasalar tuzishga
katta ahamiyat berilmokda. Bular jumlasiga tavakkalchilik xatarlar keltiriladigan zararni
koplaydigan
«O’zbyokinvest» milliy sug’urta kompaniyasini, turli kusha sug’urta
kompaniyalarini, Vazirlar Maxkamasi xo’zurida BMT bilan birgalikda tashkil qilingan
investitsiyalarga ko’maklashuvchi xizmatni, Davlat mulk qo’mitasi xo’zuridagi ko’chmas mulk
va xorijiy investitsiyalar agentligi kabilarni kiritish mumkin. Bu muassasa va tashkilotlar hamda
Respubliqada vujudga keltirilgan xuquqiy me`yorlar xorijiy investitsiya
faoliyati uchun qulay
sharoitlarni yaratib, ularning xuquqlarini himoya qiladi va sarflangan sarmoyasini kafolatlaydi.
Shu sababli Respublikamiz iqtisodiyotiga faqat 2000 yil davomida «qariyb 810 ln. AQSh dollari
miqdoridagi sarmoya kiritildi. Jami sarmoyalarning 55 foizidan ziyodi ishlab chiqarish
tarmoqlarini rivojlanishga yo’naltirildi». Shu yili Respubliqada asosiy kapitalni ko’paytirishga
kiritilgan chet el investitsiyalari va kreditlari hajmining 150,8 mlrd. so’mi o’zlashtirildi.
O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga kirib borishi BMTning Respubliqada amalga
oshirayotgan iqtisodiy, ta`lim, sog’liqni saqlash, madaniyat, fan sohalarida amalga oshirilayotgan
loyihalarida ham namoyon bo’ladi.
Evropa Ittifoqiga a`zo bo’lgan mamlakatlar bilan iqtisodiy va savdo sohasidagi
hamkorlik, NATOning «Tinchlik yo’lidagi sheriklik» dasturida mamlakatimiz ishtiroki uning
jahon xo`jaligiga qo’shilishning navbatdagi yo’nalishidir. Jumladan,
Evropa Ittifoqi bilan
Respublikamiz o’rtasida imzolangan
sheriklik va hamkorlik to’g’risidagi bitim (1996 yil
iyo’n) tashqi iqtisodiy faoliyatining ustuvor yo’nalishidir.
Respublika iqtisodiyotining alohida tarmoqlarida chet el investitsiyalari va kreditlaridan
foydalanish quyidagi ma`lumotlar bilan tavsiflanadi (umumiy hajmiga nisbatan foiz hisobida).
Keyingi ikki yilda litsey va kollejlarni o’quv-laboratori qurollari, ta`limning texnik
vositalari, mashina va mexanizmlar bilan jixozlash maqsadida Koreya Respublikasi va Osiyo
taraqqiyot bankining kreditlari jalb qilindi. Yaponiya hukumati bilan
kredit ajratish masalasida
kelishuvga erishildi.
Umuman, shu maqsadlar uchun jalb qilingan chet el investitsiyalarining miqdori 2000
yilda 150 million AQSh dollarini tashkil qildi.
Xorijiy sheriklar bilan qo’shma korxonalar barpo etish dasturi doirasida faqat 2001 yil
mobaynida mamlakatmizning barcha mintaqalarida chet el sarmoyasi ishtirokida 90 ta yangi
korxona tashkil etildi.
O’zbekistoning
Xalqaro valyuta fondi va jahon banki bilan hamkorligi tashqi iqtisodiy
faoliyatini amalga oshirishdagi navbatdagi yo’nalishdir. Bu yo’nalishda XVF bilan tizimli qayta
qurilishlarni mablag’ bilan ta`minlash, tizimli va makroiqtisodiy siyosat sohasidagi
tadbirkorlarni qo’llab-quvvatlash Dasturlari ma`qo’llandi.
Jahon bank tashkilotlari –
Xalqaro ta`mirlash va rivojlanish banki (XRRB), Xalqaro