Xalqaro hisob - kitob turlari




Download 1,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/72
Sana15.12.2023
Hajmi1,26 Mb.
#119750
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   72
Bog'liq
jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar

Xalqaro hisob - kitob turlari. 
Xalqaro valyuta - moliya tizimining asosiy elementlaridan biri. Bu xalqaro hisob-
kitoblar va ularni amalga oshirish ususllari va ularning samarali qo’llashdir. 
Tashqi savdo operatsiyalariga jalb qilinadigan xo’jalik yurituvchi sub`ektlar bitimlarni
imzolash borasida valyuta-moliyaviy shartlarni kelishib oladi. Bu shartlar ushbu tarkibiy 
unsurlarni o’z ichiga oladi:narx valyutasi, to’lov valyutasi,narx valyutasini to’lov valyutasiga 


 
56 
qayta hisoblash kursi, hisob-kitob sharti,to’lov shakli, to’lov vositalari va mablag’lari. Narx 
valyutasi deganda bitimda tovarlarning narxi ifodalangan valyuta tushuniladi. To’lov valyutasi-
bitim bo’yicha tovarga haq to’lanadigan valyuta. To’lov vositalari va hisob-kitob shakllarini 
tanlash qaror topgan odatlar va an`analar, valyuta moliyaviy shartlarini belgilaydigan amaldagi
me`yorlar hamda qoidalarga, shuningdek, boshqa omillarga binoan aniqlanadi. 
Xalqaro savdoda eksportchi bilan importchi o’rtasidagi hisob-kitobning ikki toifasi 
farqlanadi: 
1) naqd pul bilan hisob-kitob qilish; 
2) kreditga hisob-kitob qilish. 
Naqd pulga hisob-kitob qilish deganda tovarlar yoki tovarlarni tasarruf qilish hujjatlari
importchi ixtiyoriga o’tganda u ularning xaqini naqd pul bilan to’liq to’lashi tushuniladi. 
Kreditga hisob-kitob qilish yoki to’lov muddatini kechirib hisob-kitob qilish 
eksportchining importchiga tijorat krediti yoki importchining eksportchiga avans berishi 
hisoblanadi. Ammo majburiyatlarni bank kreditlari va bank qarz majburiyatlari hisobiga to’liq 
to’lash, odatda, kreditga hisob-kitob qilish sharti hisoblanmaydi, chunki xaridor tovar etqazib 
beruvchi bilan kredit munosabatlariga kirishmay turib tovarlarga haq to’laydi. 
Naqd pul bilan hisob-kitob qilish eksportchi uchun nisbatan foydali, chunki, u eksport
tushumini xo’jalik, savdo yoki moliyaviy muomalaga darhol kiritishi mumkin. Aksincha
importchi uchun ko’pincha eksportchiga kreditga hisob-kitob qilish yoki to’lov muddatini 
kechiktirib hisob-kitob qilish shartini taklif etishi qulayroqdir. Kreditga hisob-kitob qilish sharti
tijorat krediti yoki ochiq kredit hisob-kitobi bo’yicha kredit shaklida amalga oshiriladi. Hisob-
kitoblarga xizmat qilishda xalqaro banklarning roli katta. Ular xalqaro moliya tarmog’ini hosil 
qilib, vakil banklaridagi ulkan vakillik hisob varaqalari tizimi orqali istalgan mamlakatga katta 
pul summalarini osongina o’tkazadi. 
Milliy va xalqaro banklar turli moliya hisob-kitob vositalari asosida xalqaro hisob-
kitoblarni amalga oshiradilar. Bunda xalqaro banklar tratta, ya`ni o’tkazma veksellarni chiqaradi 
va to’lovga qabul qiladi. Eksportchilar xorijiy importchilarga beradigan tijorat veksellarini 
milliy yoki xalqaro banklardan sotib olib, o’z qarz majburiyatlarini o’zish uchun 
eksportchilarga o’tkaztiradi. 
Xalqaro hisob-kitoblarning yana bir vositasi bank schoti hisoblanadi. Bank schoti - bu 
uni yozib beruvchi bankning o’z vakillik bankiga uning joriy hisob varag’idan chek egasiga 
muayyan summani o’tkazish haqidagi yozma buyrug’i hisoblanadi. 
Eng asosiy hisob-kitob hujjati - bu xalqaro hisob-kitoblar balansi bo’lib, u 
quyidagilardan tashkil topgan: 
1) tovarlar savdo balansi 
2) xizmatlar savdo balansi 
3) kapitallar harakati va kreditlar balansi 
4) qarzlar 
5) joriy hisoblar 
6) to’lov balansi 
7) valyuta va oltin zaxiralari balansi. 

Download 1,26 Mb.
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   72




Download 1,26 Mb.
Pdf ko'rish