• Takrorlash uchun savollar
  • 9-mavzu: Xalqaro valyuta va kredit munosabatlari. Reja
  • Xalqaro valyuta-moliya tizimi va uning taraqqiyoti.
  • Milliy valyuta tizimi
  • Rivojlanayotgan davlatlar




    Download 1,26 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet54/72
    Sana15.12.2023
    Hajmi1,26 Mb.
    #119750
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   72
    Bog'liq
    jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar

    Rivojlanayotgan davlatlar jahon mustamlakachilik tizimi emirilishi, xalqlarning 
    mustamlakachilik hamda yangicha mustamlakachilikka qarshi kurashi avj olishi natijasida 
    yuzaga kelgan davlatlarning katta guruxidir. Ularning soni yuzdan ortiq bo’lib, aholisi va
    hududi juda kattadir. 
    Takrorlash uchun savollar
    1. Rivojlanayotgan davlatlar va ularning jahon xo`jaligida tutgan o’rni haqida ma`lumot 
    bering. 
    2. Rivojlanayotgan davlatlarning asosiy taraqqiyot bosqichlari va ularning o’ziga xos tomonlari 
    haqida to’xtaling. 
    3. Osiyo - Tinch Okeani mintaqasi itisodiyoti to’g’risida ma`lumot bering. 
    4. Yangi industrial davlatlar va ularning iqtisodiy taraqqiyotining asosiy xususiyatlari 
    nimalardan iborat? 
    5. Hindiston iqtisodiyotining xususiyatlari to’g’risida nimalarni bilasiz? 
    6. Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlari iqtisodiyotining asosiy xususiyatlari nimalardan iborat? 
    7. Lotin Amerikasi davlatlari iqtisodiyotining boshqa mintaqalar iqtisodiyotidan farqli 
    tomonlari nimalardan iborat deb hisoblaysiz? 
    8. Lotin Amerikasi davlatlarining tashqi iqtisodiy faoliyatlari to’g’risida ma`lumot bering. 
    9-mavzu: Xalqaro valyuta va kredit munosabatlari. 
     
    Reja: 
    1. Xalqaro valyuta-moliya tizimi va uning taraqqiyoti.
    2. Xalqaro hisob-kitoblar turlari. 
    Foydalaniladigan adabiyotlar: 
    1. V.A.Chjen. "Bozor va ochiq iqtisodiyot" T, "Sharq" 1997 yil
    2. "Yazik biznesa" ekonomicheskiy spravochnik. Tashkent,1997 g.
    3. M. Haqimova va boshqalar. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar. T. «O’qituvchi» 1997 yil 
    4. S.G’ulomov, R.Ubaydullaeva, E.Axmedov «Mustaqil O’zbekiston» «Toshkent islom 
    universiteti» nashriyoti, 2003 yil 
    Xalqaro valyuta-moliya tizimi va uning taraqqiyoti. 
    Tashqi iqtisodiy aloqalar tizimining asosiy kuchi - pul va valyuta munosabatlari 
    hisoblanadi. Jahon valyuta - moliya tizimi - bu tarixan tovar ishlab chiqarishning, pul 
    muomalasining va xalqaro iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishi asosida tashkil topgan tizim 
    hisoblanadi. Valyuta munosabatlari sub`ektlari - tashqi iqtisodiy aloqalarni amalga oshiruvchi 
    davlatlar, jismoniy va yuridik shaxslar hisoblanadi.
    Pulning jahon xo’jaligida amal qilishi va turli xalqaro iqtisodiy aloqalarga (tashqi savdo, 
    ishchi kuchi va kapital migratsiyasi, daromadlar, qarzlar va subsidiyalar oqimi, fan-texnika 
    ayirboshlash, turizm va h.k.) xizmat qilishi bilan bog’liq iqtisodiy munosabatlar – xalqaro 
    valyuta-kredit munosabatlari deb ataladi. U pulning xalqaro to’lov munosabatida amal qilish 
    jarayonida vujudga keladi. Valyuta – bu mamlakatlar pul birligi (masalan, so’m, dollar, funt 
    sterling va h.k.). Har bir milliy bozor o’zining milliy valyuta tizimiga ega bo’ladi. Bunda milliy 
    va xalqaro valyuta tizimini farqlash zarur.
    Valyuta munosabatlarini tashkil etishning davlat - huquqiy shakli valyuta tizimi deb ataladi. 
    Valyuta tizimi 2 qismga ajratiladi: 1) milliy valyuta tizimi 2) Jahon valyuta tizimi Milliy 
    valyuta tizimi davlat ichqarisida milliy qonunchilik asosida amalga oshiriladigan valyuta 
    munosabatlarini aks ettiradi. Milliy valyuta tizimi asosida davlatning milliy pul birligi turadi. 


     
    54 
    Davlatning jahon xo`jaligiga integratsiyalashganligi va boshqa sharoitlar darajasiga qarab 
    valyutaning aylanish rejimi belgilanadi. Milliy valyuta tizimi valyuta munosabatlarining 
    milliy qonunchilik bilan belgilanadigan, mazkur mamlakatda tashkil qilinish shaklini ifodalaydi 
    Valyutaning aylanishi "konvertirlanish" deb nomlanadi.Valyuta bozorida milliy 
    valyutalarning chet el valyutalariga almashinuvi, ya`ni oldi-sotdisi yuz beradi. Almashinuv esa 
    milliy valyuta egalariga davlat ichqarisida va undan tashqarida ham pul resurslariga erkin 
    egalik qilish huquqini beradi va pirovard natijada davlatning jahon xo`jaligiga kirishiga yordam 
    beradi. 

    Download 1,26 Mb.
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   72




    Download 1,26 Mb.
    Pdf ko'rish