55
Valyuta kurslariga bevosita ta`sir ko’rsatuvchi omillar ichidan quyidagilarni ajratib
ko’rsatish mumkin:
milliy daromad va ishlab chiqarish xarajatlari darajasi;
milliy iste`molchilarning real xarid qilish layoqati va mamlakatdagi inflyatsiya darajasi;
to’lov balansi holati;
mamlakatdagi foiz stavkasi darajasi;
valyutaga jahon bozoridagi ishonch va h.k.
Nazariy jihatdan valyuta kurslarining
tebranishini tushuntirish, xarid qilish layoqatining
paritet (turli mamlakatlar pul birliklari qiymatining bir-biriga nisbati)
nazariyasi yordamida
beriladi. Bu nazariyaga ko’ra, kurslar nisbatlarini aniqlash uchun, ikki mamlakat iste`molchilik
tovarlari «savati» narxlarini taqqoslash talab qilinadi. Masalan, agar O’zbekistonda
bunday
«savat», aytaylik 25 ming so’m, AQShda esa 100 dol. tursa, 25 mingni yuzga bo’lib, 1 dol. ning
bahosini hosil qilamiz, bu 250 so’mga teng.
Agar O’zbekistonda muomaladagi pul massasining ko’payishi oqibatida, tovarlar bahosi
ikki marta oshsa va barcha sharoitlar teng bo’lganda dollarning so’mga ayirboshlash kursi ikki
marta oshadi.
Tarixan, pul rolini qimmatli metallar-oltin va kumush o’ynagan,
keyinchalik esa u
"oltin standarti" deb nom oldi.
1914 yilgacha valyuta kursi o’zgarmagan. Oltin standarti-eng barqaror valyuta kursi
hisoblanadi.
Birinchi jahon Urushidan so’ng qog’oz pullarni ishlab chiqish keng yo’lga qo’yildi. Bu
esa o’z navbatida inflyatsiyani kuchaytirdi.
Londonning valyuta bozoridagi mavqei tushdi. Endi N’yu-York
va Parij eng yirik
bankir davlatlarga aylandi.
Ikkinchi jahon Urushi davrida xalqaro hisob-kitoblar "kliring" ko’rinishini oldi.
Kliring - o’zaro talablar va shartnomalarni savdo hisob-kitoblarida hisobga olishdir.
1944 yil Bretton-Vudsda barqaror valyuta kurslari tizimi ishlab chiqildi.
1976 yil Yamayqada bo’lib o’tgan Xalqaro Valyuta Fondi davlatlari vakillarining
yig’ilishida yangi jahon valyuta tizimi ishlab chiqildi.
1978 yildan bu ustav o’z ishini boshladi. Bu ustavga ko’ra:
1) oltin funksiyasi o’z kuchini yuqotdi.
2) banklar o’zlarida yigilib qolgan oltin
miqdorini bemalol
sotish va sotib olishlari mumkin
3) valyuta munosabatlari suzuvchi kurslarda amalga oshiriladi.
1972 yil Evropa Ittifoqiga a`zo davlatlar "valyuta iloni" deb nomlangan limitlar tizimini
belgiladilar. 1979 yilda esa Evropa valyuta tizimi to’g’risida kelishuvni imzoladilar. Kelishuvga
binoan EKYU deb nomlanuvchi umumiy pul birligi qabul qilindi. Bundan tashqari Evropa
Ittifoqiga a`zo davlatlarning milliy pul birliklari o’rtasidagi to’lqinlanishlar, ya`ni farqlar 2-
2,5 foizni tashkil etishi kerak edi.
1999 yil 1 yanvardan boshlab esa EKYU ning o’rniga "evro" pul birligi keldi va uning
nisbati EKYU ga nisbatan 1:1 qilib belgilandi. Shu bilan birga bu pul birligining to’la
amalda qo’llanish strategik rejalari ishlab chiqildi. Unga ko’ra, 2000 yilda zarur pul kupyuralari
va tangalari zarb etish boshlanadi, ammo amalda 2002 yil 1 yanvardan milliy pul birliklari bilan
parallel qo’llanila boshlaydi.2002 yil 1 iyuldan esa milliy pul birliklari yo’qotilib, to’la holda
"evro" da hisob-kitob ishlarini amalga oshirish yo’lga qo’yiladi.