|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligiBog'liq jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlarXalqaro valyuta tizimi – xalqaro valyuta munosabatlarining davlatlararo bitilarda
huquqiy jihatdan mustaxkamlangan shakli.
Uning tarkibiy elementlar quyidagilar hisoblanadi: asosiy xalqaro to’lov vositalari
(milliy valyutalar, oltin, xalqaro valyuta birliklari – SDR, Evro), valyuta kurslarini belgilash va
ushlab
turish
mexanizmi,
xalqaro
to’lovlarini balanslashtirish tartibi, valyutaning
qaytaruvchanlik sharoiti, xalqaro valyuta bozori va oltin bozori tartibi, valyuta munosabatlarini
tartibga soluvchi davlatlararo muassasalar tizimi.
Keng ma`noda valyuta kategoriyasiga quyidagilarni kiritiladi: 1) turli muomala
vositalari - tangalar, banknotlar, xazina biletlari 2) to’lov hujjatlari - chek, veksel,
akkreditivlar 3) qimmatbaho qog’ozlar - aktsiyalar, obligatsiyalar, 4) qimmatbaho metallar
va boshqa qimmatbaho buyumlar.
Jahon valyuta tizimi o’zining rivojlanishida uchta bosqichdan o’tdi va ularning har
biriga xalqaro valyuta munosabatlarini tashkil qilishning o’z turlari mos keladi. Birinchi
bosqich 1879-1934 yillar davrni o’z chiga olib, bunda oltin andoza sifatidagi pul tizimi
ustunlikka ega bo’lgan. Ikkinchi jahon urushi oxiri (1944 y.) dan 1971 yilgacha oltin-devizli
(Breton-Vuds tizimi deb nomlanuvchi) tizim ustunlikka ega bo’lgan. Bu ikki tizim qayd
qilinadigan valyuta kurslariga asoslangan. Hozirgi davrda amal qiluvchi jahon valyuta tizimi
1971 yilda tashkil topgan bo’lib, bu tizim boshqariladigan suzib yuruvchi valyuta tizimi
nomini oldi. Chunki davlat ko’pincha o’z valyutalarining xalqaro qiymatini o’zgartirish uchun
valyuta bozorining faoliyat qilishig aralashadi.
Oltin andoza tizimi qayd qilingan valyuta kursining mavjud bo’lishini ko’zda tutadi.
Banklar
o’zlari chiqargan banknotlarni oltinga almashtirgan. Xalqaro to’lovlarni
muvofiqlashtirish vositasi bo’lib, oltinni erkin chiqarish va kiritish xizmat qilgan. Mamlakat
uchta shartni bajarsa oltin andoza qabul qilingan deb hisoblangan: a) o’z pul birligining ma`lum
oltin mazmunini o’rnatadi; b) o’zining oltin zaxirasi va pulning ichki taklif o’rtasidagi qattiq
nisbatni ushlab turadi; v) oltinning erkin eksport va importiga to’sqinlik qilmaydi. Oltin andoza
pul birligining oltin mazmuni nisbatiga asoslanadi. Oltin andoza sharoitida, turli mamlakatlar pul
birligining nisbati ularning rasmiy oltin mazmuni bo’yicha o’rnatiladi.
Oltin andoza barbod bo’lgandan keyin, valyuta sohasini tartibga solishning o’zaro
maqbul yo’lini topishga harakat qilindi. Yangi jahon valyuta tizimi asoslarini ishlab chiqish
maqsadida, 1944 yil Bretton-Vudsda (AQSh) ittifoqchi davlatlarning xalqaro konferentsiyasi
chaqirildi. Bu konferentsiyada o’zaro bog’liq valyuta kurslarini tartibga solish tiziini yaratish
haqidagi kelishuvga erishildi va bu ko’pincha Bretton-Vuds tizimi deb ataladi. Mazkur tizim
oldingi oltin andozadan keskin farq qilaydi. Uning asosida oltin-valyuta andoza (AQSh dollar)
yotadi va bu erda rezervlari sifatida oltin va dollar chiqadi.
Dollarning oltinga almashinishi rasman to’xtagandan keyin, valyutaning qayd qilingan
kursi, suzib yuruvchi kursiga o’rin bo’shatadi. Xalqaro valyuta tizimidagi bu o’zgarish 1976 yil
Kingston (Yamayka) dagi kelishuvga binoan huquqiy jihatdan mustaxkamlanadi. Qog’oz pul
tizimiga o’tish bilan Qog’oz pullar oltinga almashtirilmaydi. Beqaror kurslar sharoitida valyuta
kursi ham har qanday boshqa baho kabi talab va taklifning bozor kuchlari bilan belgilanadi.
Har qanday valyuta tizimining eng muhim tarkibiy qismlaridan biri valyuta kursi
hisoblanadi. Valyuta kursi - bu bir davlat pul birligining ikkinchi davlat pul birligida
ifodalanish qiymati hisoblanadi.
|
| |