52
Dunyoda qazib chiqariladigan boksitning 30 foizi, mis, qalay, qo’rg’oshin, rux, temir,
marganets, volframning 15 foizi Lotin Amerikasiga to’g’ri keladi.
Lotin Amerikasida dunyodagi sanoat mahsulotning 4,5 foizi, elektroenergiyaning 4 %
ishlab chiqariladi.
Aholisining 3\5 qismi qishloq xo`jaligida band. Lotin Amerikasini Tinch okeani bilan
atlantika Okeani o’rab olgan. Rivojlanish asosan AQSh kapitali hisobiga bo’lmoqda. Absolyut
miqdorlar bo’yicha dunyodagi 40 ta yirik davlatlar ichida Braziliya 11-o’rinda, Meksika 20-
o’rinda, Argentina 38 - o’rinda turadi.
Lotin Amerikasidagi asosiy davlatlar ishlab chiqarish bo’yicha o’rta va qoloq
mamlakatlar qatoriga kiradi va yiliga 1-10 ming dollarni tashkil etadi.
Transmilliy korporatsiyalari bo’lgan va xalqaro moliya va bank tizimi kuchli bo’lgan
davlatlar qatoriga Panamani qo’shsa bo’ladi.
Iqtisodiyotning o’sish sur`atlari o’rtacha 2 - 4,2 % atrofida.
2 ta davlat - Venesuela va ekvator OPEK xalqaro tashkilotiga a`zo, chunki bu
davlatlarda neft qazib chiqarish va uni eksport qilish iqtisodiyotda muhim o’rinni egallaydi. Shu
bilan birga, Lotin Amerikasi davlatlarining barchasi 1945 yilda tuzilgan Amerika davlatlari
tashkilotlari, LAAI va LAES iqtisodiy birlashmalarga a`zo.
Region tashqi savdosining 3\4 qismiga yaqini AQSh ga to’g’ri keladi. eksport
yuklarining anchagina qismi Buyuk Britaniya, Frantsiya, Germaniya, shuningdek, Yaponiyaga
jo’natiladi. Lotin Amerikasi davlatlari savdo balansi passivdir, ya`ni import eksportdan ko’p
miqdorni tashkil etadi.