|
Osiyo-Tinch okeani mintaqasi va janubi-SharqiyBog'liq jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlarOsiyo-Tinch okeani mintaqasi va janubi-Sharqiy
osiyo davlatlari iqtisodiyoti.
Osiyo - Tinch Okeani mintaqasida 40 dan ziyod davlatlar bo’lib, shu mintaqa hududida
sayyoramizdagi aholining 50 foizidan ziyodi va jahondagi rivojlanayotgan davlatlar aholisining
70 foizidan ziyodi istiqomat qiladi. Birgina hindilarning o’zi 1 mlrd kishiga etgan bo’lib,
xitoyliklar 1,2 mlrd kishini tashkil etadi,mintaqa aholisining umumiy soni 3,5 mlrd kishiga
etgan.
Yangi sanoatlashgan davlatlarga Osiy va Tinch okeani hududidagi bir qancha
mamlakatlar kiradi. ("Turt ajdaxo":Janubiy Koreya, Singapur, Taivand, Gon-kong)
Klassik yangi sanoatlashgan davlatlarga ham Janubiy Koreya, Singapur, Taivand, Gon-
kong kiradi. Ular uchun harakterli xususiyatlar shuki, ishlab chiqaradigan sanoat eksport uchun
to’la va aniq rivojlangan, iqtisodiyotning o’sish suratlari ancha tez, chet el kapitalini kirib
kelishi kuchli, yuqori texnologik tovarlarni eksport qiladi. Yuqorida sanab o’tilgan mamlakatlar
klassik yangi sanoatlashgan davlatlarni birinchi bosqichini tashkil etadi. Ikkinchi bosqichi esa
Taivand, Malayziya, Mavrikiya kiradi. Ular yangi sanoatlashgan davlatlar modelini qisman
olgan holda, nisbatan oddiy, murakkab bo’lmagan tovarlar ishlab chiqarishga moslashgandir.
"Yangi sanoatlashgan mamlakatlar" deb ataluvchi Janubiy Koreya, Gon-kong, Singapur
va Taivand Osiyo-Tinch okeani mintaqasining rivojlanayotgan qismi hisoblanadi. Ularning
iqtisodiy o’sish sur`atlari yiliga 9-11 foizni tashkil qiladi. Ular sanoatlashgan davlatlarga
aylanib, o’zining mahsulotlari bilan jahon bozorlarida etarli mavqeni egalladilar.
So’nggi yillarda o’ziga xos "Yashil inqilob" ro’y berdi. Xitoy, Hindiston, Malayziya
va boshqa davlatlarda qishloq xo`jaligi rivoji tezlashdi. Buning natijasida oziq-ovqat
mahsulotlari etishtirish jiddiy ravishda ko’paydi.
Pokistonda qishloq xo`jaligining yammdagi hissasi 20,5 % ga ortdi. Qishloq xo`jaligida
iqtisodiy faol aholining 50 % band. Sanoatning yarmidan ko’pi va eksportning 4\5 qismi qishloq
xo`jaligiga tayanadi.
Indoneziya, Malayziya, Filippin va Tayvanda qishloq xo`jaligi YAMM ning 25 foizini
beradi. Ayni paytda milliy sanoat tarmoqlari, metallurgiya, to’qimachilik, qurilish, kiyim tikish
va hokazolar rivoj topa boshladi.
Ushbu mamlakatlar chetga chiqaradigan tovarlar orasida tayyor va yarim tayyor tovarlar
salmog’i o’rtacha 45-50 foizni, Pokistonda 70 %ni, Hindistonda 60% ni, Shri-Lanqada 40% ni
tashkil etadi.
|
| |