50
Eng yirik korxonalar chet el, birinchi navbatda, Yaponiya mablag’iga qurilgan.
Hindiston respublikasi iqtisodiyoti
Jahonda aholisi soni jihatdan 2-o’rinni egallaydi. Britaniyaning deyarli 200 yillik
mustamlakasi bo’ldi va 1947 yil 15 avgustda mustaqilligini e`lon qildi.
Angliya tomonidan shu yili Hindiston ikkiga - Hindiston va Pokistonga ajratib yuborildi.
Hozirgi paytda Sharqiy Pokiston o’rnida Bangladesh davlati vujudga keldi. Demak, bir
davlat o’rnida 3 tasi paydo bo’ldi. Hindiston hududiga 22 ta shtat kiradi. Davlatni Prezident
boshqaradi.
Mustaqillikni qo`lga kiritgach, Hindiston kapitalistik rivojlanish yo’liga o`tdi, darhol
iqtisodiyotning davlat sektori vujudga keltirildi. Qator yirik sanoat banklari, Amerikaning "Esso"
neft’ kompaniyasi, yuzta to’qimachilik fabrikasi davlat mulkiga aylantirildi.
Milliy davlat tuzilishi sanoat bilan rivojlantirishga katta e`tibor bera boshladi.
Mustaqillik yillari respublikaning sanoat ishlab chiqarish 3 barobar o`sdi. Mamlakatda sanoat
mahsulotlarining barcha turlarini: ko’mir, qora va rangli metall, dizel, metall qirqish stanoklari,
elektr motorlari, nitrat kislota, qog’oz, ip-kalava va hokazolarni ishlab chiqarish ko’paydi.
Hindistonda ilk bor dori-darmon ishlab chiqarish boshlandi. Sanoatning zamonaviy
tarmoqlari-metallurgiya, mashinasozlik, kimyo, stanoksozlik va boshqa tarmoqlari yaratilishi
bilan Hindiston agrar mamlakatlardan agrar-industrial davlatga aylandi. Hozirgi paytda
Hindiston sanoat ishlab chiqarish hajmiga ko’ra jahondagi dastlabki o’nta kapitalistik
mamlakatlar orasidan o’rin olmoqda. Bugungi kunda Hindiston kosmosni o’zlashtirish va
yadroviy tadqiqotlar sohasida etakchi 6 davlat jumlasiga kiradi. Hindiston temir yo’lining
uzunligi bo’yicha jahonda 4-o’rinda, elektr energiya chiqarish bo’yicha 12-o’rinda turadi.
Ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqarishga hissasiga sanoat mahsulotining 40%
to’g’ri keladi, davlatning iqtisodiy mustaqillik darajasi shu bilan belgilanadi. Hindiston
aholisining 30 % rasmiy "qashshoqlik" belgisidan quyi darajada yashaydi, aholining ko’payishi
jadal bo’lib, yiliga 14 mln kishiga etgan.
Hindistonda tashqi siyosat bobida qo’shilmaslik, barcha davlatlar bilan tinch-totuv
yashash va hamkorlik qilish yo’lini tutmoqda.