|
O’zbekistonning tashqi savdo oboroti. Eksport va import tarkibiBog'liq jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar
O’zbekistonning tashqi savdo oboroti. Eksport va import tarkibi.
Mustaqil bo’lgan O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar sohasidagi yangi
siyosati jahondagi juda ko’p mamlakatlar bilan har tomonlama aloqalarni kengaytirishda o’z
ifodasini topmokda. Bu xorijiy davlatlar orasida AQSh, Yaponiya, Germaniya, Buyuk Britaniya,
Frantsiya, Italiya rivojlanayotgan davlatlardan Turkiya, Pokiston, Hindiston, Afg’oniston,
Indoneziya va boshqalar bor. Shuningdek, Xitoy, Bolgariya, Vengriya, Polsha, Ruminiya,
Vetnam kabi mamlakatlar bilan an`anaviy savdo aloqalari kengayib bormoqda. Isroil, Ispaniya,
Gollandiya, Koreya, Singapur, Birlashgan Arab amirliklari bilan ham savdo aloqalari yo’lga
qo’yildi.
O’zbekiston sho’ro hokimiyati hukumronlik qilib kelgan yillarda xorijiy mamlakatlar
bilan mustaqil tarzda tashqi iqtisodiy aloqalarni amalga oshirish imkoniyatidan mahrum edi.
Bevosita jahon savdo-sitiq qatnasha olmas, o’zining tabiiy va iqtisodiy imkoniyatlaridan,
aholining mehnat ko’nikmalari natijasidan to’laqonli darajada foydalana olmas edi.
Respublikamiz mustaqillikka erishganligi tufayli tashqi iqtisodiy aloqalar faoliyati isloh
qilinmoqda, bu faoliyatlarni boshqarish jarayonlari takomillashmoqda, tashqi savdo-iqtisodiy
aloqalar borasidagi ishlar mamlakatimizning asosiy talab-ehtiyojlari va manfaatlarini ko’zlab
olib bormoqda.
Vaqt - soati etib inqirozga uchragan va umri tug’ulgan sobiq Ittifoq davrida xorijga
asosan arzimagan pul evaziga turli xil xom-ashyo, ayniqsa mamlakatimiz boyligi bo’lgan paxtani
chiqarib kelgan. O’zbekiston endilikda qator chet ellarga xom ashyo bilan bir qatorda zamon
talablariga javob beradigan, raqobatbardosh mahsulotlar, jumladan, elektr asbob - uskunalari,
samolyot, avtomobil, televizor, billur va billur buyumlar, zargarlik mahsulotlari kabi turli xildagi
mahsulotlarni chiqarmoqda. Shu bilan birga chetdan sanoat mahsulotlari, turli xil oziq-ovqat
mahsulotlari xarid qilib kelmoqda. Olib kelinadigan bunday mahsulotlar jumlasiga turli xil
mashinalar, asbob - anjomlar, zamonaviy dastgohlar, yo’lovchilarga mo’ljallangan temir yo’l
vagonlari, kiyim-kechak, tamaki mahsulotlari, attorlik mahsulotlari kabilar kiradi.
Mamlakatimiz tashqi iqtisodiy aloqalarida Toshkent shaxri, Toshkent, Andijon, Navoiy,
Qashqadaryo, Fargona va Samarqand viloyatlari o’rinni egallaydi. 1999 yil ma`lumotlari
bo’yicha mamlakat tashqi iqtisodiy aloqalari hajmining 42 foizdan ortig’i Toshkent shaxri bilan
Toshkent viloyatiga to’g’ri kelgan.
Quyida keltirilgan jadvaldan O’zbekistonga xorijdan keltirilgan va chiqarilgan asosiy
mahsulotlar tarkibi to’g’risida ma`lumotlar olish mumkin.
O’zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalarida tovarlar xili bo’yicha eksport va import
tarkibi (jamiga nisbatan foiz hisobida)
|
| |