35
bilan birga respublika investitsiyalariga extiyoj sezadi, chunki
kreditdan farqli ravishda
investitsiyalar
qarzdor
qilib
kuymaydi,
balki
ishlab
chiqarishni
kengaytirish
va
zamonaviylashtirishga, milliy ishlab chiqaruvchi kuchlarni rivojlantirishga bevosita yordam
beradi.
By tabiiy resurslar, arzon ishchi kuchi, nisbatan rivojlangan infrastruktura va har
tomonlama barqaror vaziyat xorijiy qo’yilmalar uchun respublikani qiziqarli qilib qo’yadi.
Ularni rag’batlantirish maqsadida 1994 yilda O’zbekistonda chet el
investitsiyalar va chet el
investorlar faoliyatini kafolatlari haqida qonun qabul qilindi. Bu qonun respublika hududida chet
el investitsiyalarni amalga oshirish tartibi va tashkiliy – iqtisodiy asoslarni aniqladi. Chet el
investitsiyalari sug’urtasini amalga oshiruvchi «O’zbyokinvest» tashkiloti tuzildi.
Shunday qilib, chet el qo’yilmalarini mamlakatlarga olib ketishni va o’zlashtirishni
ta`minlash uchun zarur bo’lgan asoslar yaratildi. Shu bilan birga, tadbirkorlik kapitali olib
kelinishini kechiqtiruvchi bir qator ob`ektiv holatlar mavjud. Bu avvalo iqtisodiyotni xususiy
bo’g’inini
va
umuman
bozor
munosabatlarini
rivojlanmaganligi,
so’mning
past
konvertirlanganligi, xalqaro iqtisodiy munosabatlar bo’yicha
malakali xodimlarning va
respublika imkoniyatlari hamda uning sheriklari haqidagi axborotlarning etishmasligidir.
Iqtisodiy iloxotlarni amalga oshirish va bozor munosabatlariga o’tish davrida tashqi
iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishning muhim va samarali yo’llaridan biri xorijiy davlatlar bilan
qo’shma korxonalar tashkil etishdir. Ishlab chiqarishning bu turi er yuzining qator
mamlakatlarida yaxshi yo’lga qo’yilgan. Bu yo’l O’zbekistonda ham ommalashib bormoqda.
Alohida qayd etish mumkinki, yuqori iqtisodiy o’sish sur`atiga aynan ana shunday qo’shma
korxonalarda erishilyapti. Ularning eksport hajmi respublika umumiy eksport hajmining deyarli
undan bir qismiga to’g’ri kelmoqda.
O’zbekiston qo’shma korxonalar tashkil etishda dunyoning o’nlab
etakchi firmalari,
jumladan, AQSh, Buyuk Britaniya, Italiya, Koreya Respublikasi, Xitoy, Turkiya, Birlashgan
Arab Amirliklari, Isroil, Pokiston va boshqa mamlakatlar ishtirok etishmokda. «Zarafshon-
N’yumont, «O’zbekeystraktor», «O’zBAT», «Koka-kolo», «Spekta», «O’ztexsanoat»,
«O’zsamso’ng-elektroniks», «Qabul-O’zbek. Ko» kabi qo’shma korxonalar respubliqada yaxshi
tanish. Qo’shma korxonalar tashkil etish borasida asosiy o’rinni Rossiya egallaydi.
O’zbekistonda Rossiya Federatsiyasining 500 dan ortiq firma va kompaniyalari ro’yxatdan
o’tkazilgan. Rossiyada ham O’zbekistonning qator qo’shma korxonalari faoliyat ko’rsatmoqda.
Italiyaning «Alma-Roza» firmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan «Sovplastital»
qo’shma korxonasi haqida bir necha ogiz so’z aytish o’rinlidir. «Sovplastital» hozir qariyb 7000
nomda mahsulot chiqarilmoqda. Ular
orasida gullar kompozitsiyasi, shisha va chinnidan
yasalgan bejirim buyumlar, plastiqadan tayyorlangan rangli mebellar, maishiy asbob-anjomlar,
turli
rangdagi vannalar, barchaning didiga to’g’ri keladigan takinchoklar va boshqalar bor.
Respubliqadagi eng yaxshi sport komplekslari mazkur korxona asbob-uskunalari bilan
jihozlangan.
Korxona ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmi tobora ortib bormoqda. 2001 yili
«Sovpalatital» 3 milliard so’mga yaqin mahsulot chiqargan bo’lsa, 2002 yili bu raqam 4,5
millard so’mga yaqinlashdi. «Sovplastital» dunyoning turli mamlakatlaridan ko’plab buyumlar
olmoqda. Uning mahsulotlaridan Buyuk Britaniya, Germaniya, pol’sha,
Vengriya, Gollandiya,
Ispaniya, Italiya, AQSh va boshqa qator davlatlar baxramand bo’lishayotir. Korxona 11 marta
xalqaro sovrinlarga sazovor bo’lgan. Birgina 1998 yili korxona uchta xalqaro mukofotga loyiq
topiladi. Shular qatorida Amerikaning «Sifat uchun» oltin mukofoti ham bor.
Sobiq SSSR texnologiyasi ojizlik qilib O’zbekistonning oltin markazi bo’lgan Muruntov
konida to’planib qolgan chiqindilar uyumidan mavjud bo’lgan oltinni ajratib ololmagan edi.
1995 yili bu erda AQSh bilan hamkorlikda qad ko’targan «Zarafshon-N’yumont» qo’shma
korxonasi ana shunday chiqindilardan tonnalab oltin chiqarmoqda.
AQSh bilan birgalikda 1992 yili Zarafshon shaxrida tashkil topgan yana bir qo’shma
korxona «Zarispark» oltindan zargarlik mahsulotlari ishlab chiqarish bilan katta foyda
keltirmoqda.
Jumladan, 2001 yili ushbu korxona 6,5 million AQSh dollari miqdorida foyda
ko’rdi.