32
investorlar ko’pincha turlicha strategik holatlarni tanlaydilar. Ular foydali ishga pul kiritishlari,
dividend olishlari va bir necha yildan so’ng o’z hissalarini sotishlari mumkin. Yoki o’z
vositalarini uzoq muddatga mo’ljallangan yirik masshtabli ishlarga jalb etishlari mumkin.
Bunga misol qilib AMRO Bank ni olish mumkin. Umuman investitsiyalarni shakl jihatdan
ikki turga ajratish mumkin: moliyaviy investitsiyalar va asbob-uskunalar
yoki xom ashyo
ko’rinishidagi investitsiyalar. Investorlarni klassifikatsiyalashdan tashqari biznesning o’zini
ham klassifikatsiyalash mumkin. 200 ming dollardan million dollargacha bo’lgan
investitsion vositalar jalb qilingan biznes kichik biznesga taalluqli hisoblanadi va ular guruxiga
kichik va xususiy korxonalar mansub. Bunday investitsion davturlarni ta`minlash bilan asosan
Milliy Bank, Biznes fond, Tadbirkorlar va ishlab chiqaruvchilar palatasi shug’ullanadilar. 5
million dollarga so’mmani tashkil etuvchi investitsiyalar o’rtabiznesga taalluqli hisoblanadi. Bu
investitsiyalarga ko’pincha o’rtacha masshtabdagi korxonalar mansub bo’ladi. Bunday
investorlarni izlashda yordamchilar bo’lib Savdo palatasi va xorijiy investitsiyalar bo’yicha
Agentlik faoliyat yuritadi. 10 million dollar va undan ko’p miqdordagi investitsiyalarnijalb
qiluvchi korxonalar yirik biznesga taalluqli hisoblanadi. Bunday loyihalarni
tasdiqlash bilan
O’zbekiston Vazirlar maxkamasi shug’ullanadi. Bunday masshtabdagi korxonalarga COCA-
COLA, DAEWOO firmalarini mansub deb hisoblash mumkin. To’g’ri investitsiyalarni
foydalanish asosida ko’pincha bir necha davlatlar o’rtasida qo’shma
korxonalar tuziladi va
ular faoliyati qo’shilgan hissa doirasida amal qiladi.