22
3.S.G’ulomov, R.Ubaydullaeva, e.Axmedov «Mustaqil O’zbekiston» «Toshkent
islom
universiteti» nashriyoti, 2003 yil
O’zbekistonning jahon bozoriga chiqish imkoniyatlari.
Davlatning rivojlanish istiqbolini ta`minlash uchun inson va texnologiya zaxiralarining
miqdori va sifati davlat siyosati tomonidan kerakli tuzilmaviy siljishlarni ta`minlash maqsadida
o’zgartirilishi mumkin. Hozirgi vaqtda va kelajakda global iqtisodiyotda nisbiy ustunliklarning
barcha o’zgarishlari asosi sifatida muhim rol o’ynaydi. Xalqaro savdodagi bunday ob`ektiv
siljishlarni oldindan bilish mumkinligi sababli davlat o’z eksportini texnologik va boshqa turdagi
"shok" lardan himoya qilib, tashqi savdoning ustuvorliklarini o’zgarntirish mumkin.
Nisbiy
ustunliklarni rivojlantirishda eksportda keladigan daromadini kafolatlash uchun mavjud bo’lgan
raqobat ustunliklariga suyanishi kerak, chunki eksportni barqaror rivojlantirish murakkabrok
texnologiyalarni doimiy ravishda o’zlashtirish borishni talab qiladi. SHuning uchun,
valyuta
xorijdan ilg’or texnologiyalarni doimiy ravishda olishning asosiy moliyaviy manbai hisoblanadi.
Hozirgi paytda elektr energiyasi, tabiiy gaz, oltin, paxta tolasi, karbamid, selitra, tsement,
paxta yogi, margarin, vino, turli xil sharbatlar raqobatbardosh mahsulotlar hisoblanadi:
- birinchidan, hozirgi vaqtda JAHON iqtisodiyoti yiliga 1,7-1,9% atrofida (shu jumladan
rivojlanayotgan davlatlarda 1,7-1,9%) sekin usmokda. Jahon Bankining fikrichi, 2002-2007
yillarda JAHONda yillik iqtisodiy o’sish darajasi 3,1 foizgacha o’sishi,
rivojlanayotgan
davlatlarda esa 5% dan ortiqcha tashkil qilishi ko’tilmokda.
- ikkinchidan, tashqi savdo rivojlanish sur`atlari bir necha o’n yildan buyon jahon ishlab
chiqarishidan oldindan bormoqda va 2015 yilga kelib, jahon savdo aylanmasining hajmi 4
marta ko’payadi.
2010 yilgacha xalqaro kapital bozorining xalqaro savdoga nisbatan tezrok rivojlanishi
ko’tilmokda. Xalqaro kapital oqimlarining yillik o’sishi yiliga 10-15% atrofida bo’lib,
uning
hajmi 2010 yilda 1995 yilga nisbatan 4,2-8,1 marta ko’payadi.
- uchinchidan, xalqaro tovarlar oqimining ko’payishi iqtisodiyotning real sektoridagi
o’zgarishlar bilan belgilanadi. Sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish qishloq xo’jalik
mahsulotlarini ishlab chiqarishga nisbatan tezrok usadi. Sanoat mahsulotlari eksporti ham tez
sur`atlar bilan usadi.
- to’rtinchidan, istiqbolda jahon narxlari kon’yo’nkturasining dinamikasi beqaror bo’ladi.
Jahon xom-ashyo tovarlari bozorlari barcha segmentlari kon’yo’nkturasining rivodlanish
istiqbollari etqazib beruvchilar uchun salbiy baholanmokda.
Iqtisodiyotni eksportga yo’naltirilishini rivojlantirish O’zbekiston
Respublikasi
Prezidenti tomonidan belgilab berilgan jahon xo`jaligiga integratsiyalashuv, eksportni
kengaytirish va zamonaviy uskunalar va texnologiyalarni sotib olish uchun qattiq valyutada
olinadigan daromadlarni oshirish, yangi
ish joylarini tashkil qilish, aholi daromadlarini oshirish,
barqaror iqtisodiy o’sishga erishish kabi vazifalardan kelib chiqadi.
Iqtisodiyotning eksportga yo’naltirilgan strukturasini shakllantirishning maqsadi
globallashuv va O’zbekistonning jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvi jarayonidan tashk va
ichki bozor talablariga moslashgan raqobatbardosh ishlab chiqarish va faoliyat shakllarini
tashkil qilish ko’zda tutladi.
Demak, bunday maqsad eksportni ko’paytirishga qaratilgan o’zgarishlarni
amalga
oshirishni, bu esa umumiy talabni keskin oshirib, O’zbekiston iqtisodiyotiga ko’proq ishlab
chiqarish, jamgarish, raqobat, texnologik rivojlanish va iqtisodiyotning samaradorligimni
oshirish uchun rag’batlantirishlarni kuchaytirish imkonini beradi.
O’zbekistondagi strukturaviy o’zgarishlarning maqsadi sanoat
rivojlangan davlatlar
strukturasiga yaqinlashishdir. Bu davlatlarning iqtisodiyotida sanoatning ulushi o’rtacha - 32
foizini, qishloq xo`jaligi - 4 foizini, xizmatlar sohasi - 55 foizini tashkil qiladi.
Ammo O’zbekistonda 2010 yilgacha rejalashtirilgan strukturaviy o’zgarishlar faqat
YAIM strukturasiga yaqinlashishni ta`mnlaydi. Bu iqtisodiyotda sanoatning ulushinii - 15
foizdan 25-26 foizgacha, xizmatlar sohasi ulushini - 35 foizdan 38-39 foizgacha,
qurilishning