18
1) To’g’ri savdo - eksporter firma to’g’ri savdo variantini marketing va ancha yuqori
foyda olish va uning to’g’ri taqsimlanishi funksiyalarining bajarilishi
ustidan kuchliroq nazorat
o’rnatish maqsadida tanlaydi. Bunday usulda ishlab chiqaruvchi o’z mahsulotini odatda chet el
bozorida bevosita sotadi. U o’z mahsulotini o’z firmasining savdo bo’yicha agentiga,xorijiy
ulgurji savdo tashkilotiga sotishi mumkin.
2) Bilvosita savdo - bunda ishlab chiqaruvchi boshqa firma
vositasida xalqaro bozorga
o’z mahsulotini yo’naltiradi. Vositachi firma komissioner sifatida ishlab chiqaruvchiga nisbatan
ishtirok etadi va tovarga mulkiy egalik huquqini olmaydi. Komissioner odatda xorijiy xaridor
talabiga ko’ra ish yuritadi va arzon bahodagi eksport mahsulotlarini topishga harakat qiladi.
Komissioner xorijiy agentdan "komisson to’lovlar" oladi.
Eksporterlar ishlab chiqaruvchidan
mahsulot sotib olib, chegaradan tashqariga sotishlari
mumkin. Bunday holatda eksporter sifatida odatda eksport faoliyatini
boshqarish kompaniyasi
- efbk (kued) lar qatnashadi.
Uning asosiy funksiyalari quyidagilar:
eksport qilinadigan tovarlar partiyalarini yuklash isharini moliyaviy ta`minlash;
mijozlardan buyurtmalar olish;
kredit axborotlarini yigish, tahlil qilish va to’la tayyor axborot berish;
boshqa davlatlardagi bank hisoblari,to’lov shartlari va muddatlari to’g’risida maslahatlar
berish;
zarur hujjatlarni tayyorlash;
yuk tashish ishlarini tashkil qilish;
boshqa davlatlarda patentlar va savdo markalarini himoya qilishni ta`minlash;
biznesning al’ternativ shakllari, masalan, qo’shma
korxonalar tashkil etish
borasida bevosita yordam ko’rsatish bilan shug’ullanish.
Shuningdek, Efbk-Kuedlar import bilan ham shug’ullanadilar va shartnomalar asosida
2 yildan 5 yilgacha ishlaydilar. Ular odatda raqobati bo’lmagan va to’ldiruvchi tovarlar eksporti
va importiga ixtisoslashadilar.
AQSH da 2000 dan ortiq KUED lar faoliyat yuritadi.
Tovar – eksport kompaniyalari
Tovar-eksport kompaniyalari (TEK) eksport faoliyatini boshqarish kompaniyalari (KUED) lar
singari bo’ladi, ular ancha keng miqyosdagi xizmatlarni ko’rsatadilar
va tovarga nisbatan
mulkiy egalik huquqini oladilar.
TEK lar ko’pincha:
1) mahalliy hukumat organlari tomonidan tuziladi;
2) raqobatchi firmalar tomonidan tuziladi;
3) yirik banklar tomonidan tuziladi;
4) yirik korporatsiyalar tomonidan tuziladi.
Yapon savdo kompaniyalari - "sogo syosya " deb nomlanadi. Yaponiyada 6000 dan
ortiq savdo kompaniyalari mavjud bo’lib, ulardan faqat 16 tasigina yapon eksport va
importiningsh asosiy hissasini nazorat qiladilar.
Dunyoning savdo bo’yicha eng yirik 15 ta kompaniyasidan birinchi o’ntaligiga
Yaponiyaning 6ta savdo kompaniyasi kiradi. Bular quyidagi jadvalda ko’rsatilgan:
" MITSUI" 128,0
" MARUBENI" 123,2
" MITSUBISI" 121,5
" K. ITO" 104,7
" SO’MITOMO " 97,3
" TOYOTO MOTOR" 52,6
Ko’pgina firmalar savdo kompaniyalari xizmatidan foydalanishdan voz kechadilar, bunga
asosiy sabablar quyidagilar:
1) bozorning yirikligi. Masalan, "K.Ito" firmasi "Toyota"
avtomobillari marketingini
faqat Saudiya Arabistonining kichik hajmdagi bozorida yo’lga qo’yishni ma’qul ko’rdi.
19
2) texnologiyaning murakkabligi. Chunki texnik masalalarda qiyinchiliklarga duch
kelish mumkin. Bu esa o’z navbatida ishlab chiqaruvchi uchun ham, iste`molchi uchun ham katta
yo’qotishlarga olib kelishi mumkin.
3) marketing va xizmat ko’rsatishga nisbatan talablar spetsifik ko’rinishga ega bo’lishi.