16
Xizmatlar
8,8
13,7
Import, jami:
100,0
100,0
Shu jumladan,
Tovarlar
95,0
91,5
Xizmatlar
5,0
8,5
Xalqaro savdo bir qator o’ziga xos xususiyatlarga ega:
1. Iqtisodiy resurslarning harakatchanligi mamlakatlar o’rtasida,
mamlakat ichidagiga
qaraganda ancha past bo’ladi. Masalan, ishchilar mamlakat
ichida viloyatdan viloyatga,
hududdan hududga erkin o’tishi mumkin. Mamlakatlar o’rtasidagi til va madaniy to’siqlar haqida
gapirganda ham, immigratsion qonunlar ishchi kuchining mamlakatlar o’rtasidagi migratsiyasiga
qattiq cheklashlar qo’yadi.
Soliq qonunchiligidagi, davlat tomonidan tartibga
solishning boshqa
tadbirlaridagi farqlar va boshqa qator muassasaviy to’siqlar real kapitalning milliy chegara orqali
migratsiyasini cheklaydi.
2. Har bir mamlakat har xil valyutadan foydalanadi. Bu mamlakatlar o’rtasida
xalqaro
savdoni amalga oshirishda muayyan qiyinchiliklar tug’diradi.
3. Xalqaro savdo siyosiy aralashuv va nazoratga mahkum bo’lib,
bu ichki savdoga
nisbatan qo’llaniladigan tadbirlardan xususiyati va darajasi bo’yicha sezilarli farqlanadi.
Qiyosiy xarajatlar nazariyasiga ko’ra
erkin savdo tufayli, jahoh xo`jaligi
resurslarni
samarali joylashtirishga va moddiy farovonlikning yuqori darajasiga erishishi mumkin.