• 1-jadval Xorijiy va MDX davlatlarining Respublika tashqi savdosidagi salmog’i, foiz hisobida
  • Kapital eksport qilish
  • Reeksport bilan reimport uzviy bog’liq.
  • O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi




    Download 1,26 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet15/72
    Sana15.12.2023
    Hajmi1,26 Mb.
    #119750
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   72
    Bog'liq
    jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar

    Xizmatlar eksporti tovarlar eksportidan farq qiladi. U chet el valyutalari hisobiga chet 
    ellik iste`molchilarga xizmat ko’rsatish, bilan bog’liq bo’lib, uning bir qismi milliy chegarada 
    amalga oshiriladi (masalan, chet el kompaniyasi vakillariga pochta, telegraf xizmati ko’rsatish, 
    chet el fuqarolariga sayyohlik xizmati ko’rsatish va x.k.). 
    O’zbekistonning tashqi savdosida xorijiy davlatlarning salmog’i quyidagi ma`lumotlar 
    bilan tavsiflanadi: 
    1-jadval 
    Xorijiy va MDX davlatlarining Respublika tashqi savdosidagi salmog’i, foiz hisobida 
    Tashqi savdo 
    aylanmasi 
    Shu jumladan: 
    Eksport 
    Import 
    1998 
    1999 
    2000 
    1998 
    1999 
    2000 
    1998 
    1999 
    2000 
    MDX davlatlari 
    26,9 
    28,2 
    37,0 
    26,0 
    30,4 
    35,9 
    27,8 
    26,0 
    38,2 
    Boshqa xorijiy 
    davlatlar 
    73,1 
    71,8 
    63,0 
    74,0 
    69,6 
    64,1 
    72,2 
    74,0 
    61,8 
    Respublikamizning asosiy eksport mahsulotlariga Jahoh bozorida noqulay narx 
    kon’yunkturasi vujudga kelganiga qaramay, 2001 yakunlari bo’yicha ham, tashqi savdo savdo 
    aylanmasining 3,1 foizga o’sishi ta`minlandi. Tashqi savdo operatsiyalarida 128 mln. AKSH 
    dollari miqdoridagi ijobiy saldoga erishildi, oltin valyuta zaxiralarimiz avvalgi darajada saqlab 
    qolindi.
    1
    Kapital eksport qilish ham o’ziga xos xususyaitlarga ega bo’ladi. Kapital eksporti kredit 
    berish yoki chet el korxonalari aktsiyalarni sotib olishga maqsadli qo’yilmalar kabi shakllarda 
    amalga oshirilib, kapital chiqarilgan vaqtda eksport qiluvchi mamlakatdan mablag’lar oqimini 
    taqozo qiladi va shu orqali tasarrufida bo’lgan resurslar hajmini qisqartiradi. Boshqa tomondan, 
    kapital eksporti chet davlatlarning mazkur mamlakatdan bo’lgan qarzlarini ko’paytiradi. U Jahoh 
    bozoriga tovarlarning keyingi eksporti uchun qulay sharoit yaratadi va chet el valyutasida foiz 
    yoki dividend shaklida barqaror daromad olish omili hisoblanadi.
    Import eksportdan farq qilib, chet ellik mijozlardan tovarlar (xizmatlar) sotib olib, ularni 
    mamlakatga keltirishni bildiradi. Tovarlar eksporti va importi so’mmasi tashqi savdo aylanmasi 
    yoki tovar aylanmasi deyiladi. Qandaydir mamlakat ishlab chiqaruvchi mamlakatdan tovarni o’z 
    iste’moli uchun emas, balki uchinchi mamlakatga qayta sotish uchun olgan taqdirda reeksport 
    ro’y beradi. Reeksport bilan reimport uzviy bog’liq. reimport iste`molchi mamlakatdan 
    reeksport tovarni sotib olishni bildiradi.

    Download 1,26 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   72




    Download 1,26 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi

    Download 1,26 Mb.
    Pdf ko'rish