Hozirgi jahoh bozorining o’ziga xos xususiyatlari




Download 1,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/72
Sana15.12.2023
Hajmi1,26 Mb.
#119750
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   72
Bog'liq
jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar

Hozirgi jahoh bozorining o’ziga xos xususiyatlari. 
Bozor munosabatlari hududiy jihatdan 3 guruxga ajratiladi: 


 
17 
1. mahalliy bozor
2. milliy bozor 
3. jahon bozori 
Jahon bozori - bu bir necha davlatlar o’rtasida oldi-sotdi munosabatlari o’rnatiladigan 
bozor bo’lib,o’ziga xos xususiyatlari bilan milliy va mahalliy bozorlardan farq qiladi. 
Jahon bozori o’z tovarlari assortimenti jihatidan ham boshqa bozorlardan farq 
qiladi.Jahon bozori xalqaro savdo-sitiq asosiga quriladi. 
Jahon bozorining milliy bozordan farqlantiruvchi xususiyatlaridan biri-bu tovarlar 
harakati hisoblanadi. Agar milliy bozorda tovarlar harakati ishlab chiqarish aloqalari, transport, 
xom ashyoning, mehnat resurslarining joylashuvi kabi iqtisodiy faktorlar bilan bog’liq bo’lsa, 
jahon bozorida bu jarayonga alohida davlatlarning tashqi iqtisodiy siyosati asosiy ta`sir etuvchi 
omil bo’lib xizmat qiladi. 
Bundan tashqari yana bir o’ziga xos xususiyat mavjudki, bu jahon bozori narxlarining 
tashkil topishida o’z aksini topadi. Bu erda o’zaro munosabatlar qiymat qonuni asosida quriladi. 
Ayirboshlovda turli darajada rivojlangan ishlab chiqaruvchi kuchlarga, turlicha shakldagi 
ijtimoiy tashkilotlarga ega bo’lgan davlatlarda ishlab chiqariladigan tovarlarlar ishtirok etadi va 
qiymat qonuni bu sharoitlar uchun farqsiz hisoblanadi. Xalqaro savdoda qiymat bo’yicha 
ayirboshlash tovar ishlab chiqaruvchilardan xalqaro miqyosda amal qiluvchi ijtimoiy mehnat 
sarflariga yo’naltirilishni talab qiladi. Bu ishtirokchilarni mehnat sarflarini tejashga 
rag’batlantiradi.Tovarlar jahon bozorida realizatsiya qilinganda alohida davlatlarga tegishli 
milliy mehnat Jahon xo`jaligidagi yalpi mehnatning bir qismi sifatida tan olinadi. Natijada
xalqaro mehnat taqsimotida davlatning ishtiroki kuchayadi. 
Xalqaro savdoning ob`ekti - bu alohida davlatlarning barcha mahsulotlari emas, balki, 
ancha kuchli raqobatbardoshlik xususiyatiga ega, past ishlab chiqarish xarajatlari va yuqori 
iste`mol xususiyalariga ega bo’lgan mahsulot va xizmatlar hisoblanadi. eksport uchun 
mo’ljallangan mahsulotlar ishlab chiqarish ilg’or ishlab chiqarish texnologik jarayonlarni va 
alohida tabiiy yoki geografik sharoitlarni talab etadi.
Jahon bozorida ancha murakkab ko’rinishga ega bo’lgan raqobat kurashi kechadi, u
tashqi iqtisodiy aloqalarni kengaytirishga qaratiladi. 
Bundan tashqari foyda normalari o’rtasida ham farq bo’lib, xalqaro munosabatlarda 
ko’pincha o’rtacha foyda taqsimoti amalga oshiriladi. 
Ya`ni, jahon bozorida teng kapital uchun teng foyda belgilanishi shart emas, bu holat 
milliy bozorda aksincha ko’rinishda bo’ladi. 
Hozirgi zamon jahon xo`jaligi quyidagi tarkibdan iboratdir: 

Tovarlar va xizmatlar jahon bozori 

Kapitallar jahon bozori 

Jahon mehnat bozori 

Jahon xom ashyo, yoqilg’i-energetika mahsulotlari bozori 

Jahon mashina-uskunalar bozori 
Har bir jahon bozori tarkibi o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, ma`lum shart-
sharoitlar va omillar asosida rivojlanadi yoki aksincha yo’qolib ketadi. 
Hozirgi zamon jahon xo`jaligining asosiy ajralmas qismlaridan biri - bu jahon mehnat 
bozoridir
JAHON xo`jaligidagi mehnat bozori xalqaro mehnat taqsimoti asosida tashkil topadi. 
Aholi yuqori darajada ma`lum faoliyat turlariga jalb qilishgina davlat iqtisodiyotining samarali 
ishlashiga sharoit yaratadi. Shu orqali, davlat JAHON xo`jaligi sub`ekti bo’lar ekan, xalqaro 
iqtisodiy munosabatlarning ham shakllanishiga o’z ta`sirini o’tkaza oladi. 

Download 1,26 Mb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   72




Download 1,26 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Hozirgi jahoh bozorining o’ziga xos xususiyatlari

Download 1,26 Mb.
Pdf ko'rish