12
Hamkorlikka a’zo bo’lgan 25 davlatda va rivojlangan (OESR) mamlakatlarda ishsizlar soni 32
mln. kishini tashkil etgan bo’lsa 1994 yilning o’rtalariga kelib esa 35 mln.
kishiga yoki
iqtisodiy faol aholining 8 foizini tashkil etadi. Bu mamlakatlar hozirgi kunda ishsizlikning o’sib
borishi bilan bog’liq holda juda katta iqtisodiy zarar ko’rmoqdalar. Evropa hamkorligiga
kiruvchi davlatlarning umumiy ishsizlikdan ko’rgan yillik zarari keyingi yillarda 200 mlr.dan
ko’proqni tashkil etmoqda.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda ishsizlar sonini aniqlash hozirgi kunda eng qiyin
muammolardan biri bo’lib turibdi. Chunki bu davlatlarning ko’pchiligida
birinchidan,
statistika hisobining nihoyatda yomonligi bo’lsa, ikkinchidan, ulardagi ishsizlik o’zlariga xos
xususiyatlari bilan ajralib turadi. Xalqaro mehnatni tashkil qilish tashkilotining bergan
ma’lumotlariga qaraganda 90 yillar boshida sanoat rivojlangan
va rivojlanayotgan
mamlakatlarda ishsizlarning umumiy soni 500 mln. kishidan ham oshib ketgan edi.
Rivojlanayotgan mamlakatlarning ishsizlik ko’lami to’g’risidagi tushunchaga ham ega bo’lish
maqsadga muvofikdir. Chunki bu mamlakatlarning ko’pchiligida umumiy iqtisodiy axvolning
yomonlashib borishi tabiiy ravishda ularning ishsizlar soni kundan kunga kuchayib borishi
holatlariga olib kelmoqda. Bunday sharoitda ayniqsa yoshlari o’tib
qolgan erkak va ayollar,
shuningdek ma`lum bir kasbga doir tayyorgarlik va amaliyotga bo’lgan kishilar qiyin axvolda
qolmoqdalar.
Rossiyada ishsizlik muammosi tobora kuchayib bormoqda. Davlat xizmatiga ish bilan
bandlik to’g’risidagi
qaydnomaga qaraganda, 1994 yilning oxirida Rossiyada ishsizlarning soni
1,6 mln.kishini yoki iqtisodiy faol aholining 2,1 foizini tashkil qiladi,5,3 mln.kishi esa yoki
iqtisodiy faol aholining 7,1 foizini hech qanday mehnat qilish imkoniyatiga ega emas edi.
Bunday munosabatlar quyidagi jarayonlar natijasida tarkib topadi.
- Ko’pchilik sanoati rivojlangan mamlakatlarda qishloq
aholisining tobora qisqarib
borishi;
- Rivojlanayotgan mamlakatlarda qishloq aholisini absolyut miqdori juda kattaligi.
Qishloq aholisi asta-sekin shahar aholisi tarkibiga qo’shilib ketishi, yirik shaharlar
aholi soni o’sishiga va do’ne aholisining madaniy turmush sharoitining yaxshilanishi,
urbanizatsiyaga olib kelmoqda.
XX asrning oxiriga kelib JAHONning etakchi sanoati
rivojlangan mamlakatlarning
ko’pchiligidva shahar aholisining o’sish darajasi qisqarib bormoqda. Bu holat urbanizatsiya
jarayonini sekinlashtirmokda. Ammo bunga qarama-qarshi rivojlanayotgan mamlakatlarning
ko’pchiligi esa shahar aholisi ko’payishi holati keskin davom etmoqda.
Urbanizatsiya ziddiyatlardan iboratdir, so’nggi bu jarayon bir tomondan pozitiv (ijobiy),
hamda negativ (salbiy) tendentsiyaga ega.
Bir
tomondan, u ilg’or fan va texnikaning rivojlangan ishlab chiqarishda namoyon
bo’lsa, iikinchi tomondan (ayniqsa, rivojlangan mamlakatlarda) iqtisodiy sohada,
madaniyatning
rivojlanish darajasi, bilib olish va ijtimoiy ta’minot, sog’liqni saqlash
sohalarida, shahar va qishloq o’rtasidagi farqlarda namoyon bo’lmoqda.
Zamonaviy jahon iqtisodiyotining eng muhim tomonlaridan biri shaharlarning
megapolislashib (megapolis-grekcha so’z bo’lib "katta shahar" demakdir) borayotganligidir.