O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
OSIYO XALQARO UNIVERSITETI
Qo‘lyozma huquqida
UO‘K:373.3.016:811.111-056.264-053.4
KARIMOVA SHOIRA SHAVKATOVNA
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA CHET TILLARNI O‘RGATISH VOSITASIDA NUTQIDA UCHRAYDIGAN NUQSONLARNI BARTARAF ETISH METODIKASI
Mutaxassislik: 70110102-Pedagogika va psixologiya
Magistr akademik darajasini olish uchun uchun yozilgan
DISSERTATSIYA
Ilmiy rahbar: p.f.d. (DSc), dotsent Akramova G.R.
Buxoro-2024
Dissertatsiya Osiyo xalqaro universiteti “Pedagogika va psixologiya “ kafedrasida bajarilgan.
Ilmiy rahbar: ____________ p.f.d. (DSc), dotsent G.R. Akramova
Kafedra mudiri: f.f.f d.(PhD), dotsent M.Y.Ro‘ziyeva
Fakultet dekani : ______________ p.f.f d.(PhD), dotsent Sh.F.Davronova
“Maktabgacha yoshdagi bolalarga chet tillarni o‘rgatish vositasida nutqida uchraydigan nuqsonlarni bartaraf etish metodikasi” mavzusidagi magistrlik dissertatsiya
ANNOTATSIYASI
Tayanch so‘zlar: bolalar, maktabgacha ta’lim tashkiloti, ingliz tili, o’yin texnologiyasi, muloqot, inklyuziv ta’lim, nutqida nuqsonili bolalar bilan ishlash, logopediya.
Tadqiqot obyekti: Maktabgacha yoshdagi bolalarga chet tillarni o‘rgatish vositasida nutqida uchraydigan nuqsonlarni bartaraf etish jarayoni bo‘lib, Buxoro shahridagi 5 - son "Qandimsha" Eksperimental Davlat maktabgasha ta’lim tashkiloti belgilab olindi.
Ishning maqsadi: Maktabgacha yoshdagi bolalarga chet tillarni o‘rgatish vositasida nutqida uchraydigan nuqsonlarni bartaraf etish metodikasiini takomillashtirish hamda ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqot metodlari: Tadqiqot doirasida falsafiy, tarixiy, pedagogik, psixologik adabiyotlar, pedagogik hujjatlar, dasturlar, o‘quv-metodik qo‘llanmalarni ilmiy-pedagogik jihatdan tahlil etish; pedagogik kuzatuv; suhbat; anketa so‘rovnomalari; pedagogik tajriba-sinov ishlari; tadqiqot natijalarining matematik-statistik tahlili va tadqiqot natijalarini umumlashtirish metodlaridan foydalanildi.
|