KIRISH Mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi




Download 350,15 Kb.
bet5/20
Sana26.06.2024
Hajmi350,15 Kb.
#265837
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
1.Karimova Sh.-DISSERTATSIY A 27.05.2024 (2)00 (2)222211

KIRISH
Mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi: Jahonning rivojlangan mamlakatlarida Angliya, Germaniya, AQSh, Koreya, Yaponiya, Fransiya, Rossiya kabi rivojlangan davlatlarda maktabgacha yoshdagi bolalarda logopedik, inklyuziv ta’limga bo‘lgan ehtiyojning oshishi va bu jarayonni korreksiyalashda qardosh tillarni o‘rgatishga yo‘naltirilgan ilmiy-amaliy tadqiqotlar amalga oshirilmoqda. Bu usul miyaning neyrooplastikligiga tayanadi, bu esa unga yangi til naqshlariga moslashishga imkon beradi. Yangi tilni o'rganayotganda, odamlar ko'pincha talaffuz va artikulyatsiyaga ko'proq e'tibor berishlari nutq nuqsonlarini bartaraf etishga yordam beradi.
Bundan tashqari, chet tilini immersiv muhitda o'rganish amaliyot va ona tilida so'zlashuvchilarning fikr-mulohazalari uchun keng imkoniyatlar yaratadi. To'g'ri talaffuz va nutq shakllariga doimiy ta'sir qilish odamlarga o'z ona tili muhitiga qaraganda nutq nuqsonlarini samaraliroq bartaraf etishga yordam beradi.
Dunyo oliy ta’limlarida, jumladan, Kembrij, Oksford, Aston va York universitetlarida xorijiy til bo‘yicha ta’lim mazmuni, talablari va vositalarini maktabgacha yoshdagi bolalarning ruhiy xususiyatlari, til o‘rganish usullarini hisobga olib takomillashtirish, kichik yoshdan chet tilini madaniyatlararo muloqot vositasi sifatida o‘qitish, bolalarga ingliz tilini tabiiy nutqqa taxminiy yaqinlashish va og‘zaki nutqning ilgarilashi tamoyillari asosida o‘qitish bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlar olib borilayotganligi alohida ahamiyatga molikdir. Shu jihatdan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalarga ingliz tilini muloqot vositasi sifatida kommunikativ yondashuv asosida o‘rgatish masalalari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Mamlakatimizda so‘nggi yillarda barkamol avlodni tarbiyalash, inklyuzi ta’lim masalalariga katta e’tibor qaratilib, bolalar va ularning tarbiyasi masalasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi darajasiga ko‘tarilmoqda. Bu borada maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish va maktabgacha ta’lim sohasidagi me’yoriy-huquqiy bazani yanada takomillashtirish, maktabgacha ta’lim tizimiga innovatsiyalarni, ilg‘or pedagogik va axborotkommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish vazifalariga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Xususan, maktabgacha ta’lim va tarbiyaning o‘quv dasturi, maktabgacha ta’lim konsepsiyasida bolalarnig nutqini rivojlantirish, ularga chet tilini o‘rgatishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF- 4947-son “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni1, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 11 avgustdagi «Ta’lim tashkilotilarida chet tillarni o‘qitish sifatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 610-son Qarori2, 2019 yil 8 maydagi PQ-4312-sonli “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori3, Maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi munosabatlarni tartibga solish maqsadida “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilindi uni ijrosini ta’minlash maqsadida esa, O‘zbekiston Republikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 22 dekabrdagi “Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 802-sonli qarorlari4, 2020 yil 13-oktyabrdagi 4860-son “2020 – 2025 yillarga mo‘ljallangan Xalq ta’limi tizimida inklyuziv ta’limni rivojlantirish konsepsiyasi”5, 2021 yil 19 maydagi «Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»312-sonli qarorlarida hamda ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari va Maktabgacha ta’lim tashkilotining davlat o‘quv dasturi va mazkur sohaga oid boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalar maktabgacha yoshdagi bolalarga chet tillarni o‘rgatish vositasida nutqida uchraydigan nuqsonlarni bartaraf etish metodikasini takomillashtirish zaruriyatini belgilaydi6
Yuqoridagi fikrlar magistrlik tadqiqot ishi uchun tanlangan “Maktabgacha yoshdagi bolalarga chet tillarni o‘rgatish vositasida nutqida uchraydigan nuqsonlarni bartaraf etish metodikasi” mavzusi bugungi kunning dolzarb muammolaridan biriga bag‘ishlanganini ko‘rsatadi.
Respublikamizda maktabgasha ta‘lim tizimini rivojlantirish, bolalarga ingliz tilini o‘rgatish, nutqda uchraydigan nuqsonlarni bartaraf etishga oid tadqiqotlar xorijiy mamlakat (masalan, Rossiya) olimlari A.V. Petrova7, S. Grigorevna tomonidan olib borilgan tadqiqot ishlarida erta taʼlim sohasida chet tilini oʻqitishning ilmiy va uslubiy rivojlanishi hamda tanqidiy oʻrganish masalalariga doir muammolar tadqiq qilingan.
Mamlakatimiz olimlaridan maktabgacha (5-6 yoshdagi) bolalarni chet tilida og‘zaki nutq ko‘nikma va malakalarini shakllantirish (G.T.Maxkamova)8, erta ta‘lim sohasida chet tilini o‘qitishning ilmiy va uslubiy rivojlanishi hamda tanqidiy o‘rganish masalalari (N.N.Ashkasova, O.A.Osiyanova, N.A.Malkina, O.A.Denisenko, B.Shersova va b.), o‘qitish metodlari (N.N.Ashkasova, N.A.Yatsenko va b.), kompyuter multimedia vositalaridan maktabgacha ta’lim mashg‘ulotlarida foydalanish metodikasi A.A.Abduqodirov A.Mullon, Sh.A.Sodiqova, D.R.Babayeva, N.N.Djamilova, Sh.Shodmonova va boshqalar tomonidan atroflicha o‘rganilgan.
Biroq kuzatishlarimiz shuni ko‘rsatdiki, maktabgacha yoshdagi bolalarga chet tillarni o‘rgatish vositasida nutqida uchraydigan nuqsonlarni bartaraf etish metodikasi bo‘yicha tavsiya va takliflar ishlab chiqib, amaliyotga tadbiq etish zaruriyati mavjud.

Download 350,15 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Download 350,15 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



KIRISH Mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi

Download 350,15 Kb.