Relyasion ma’lumotlar modeli




Download 399,08 Kb.
bet6/8
Sana27.01.2024
Hajmi399,08 Kb.
#146882
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta\'lim vazirligi-fayllar.org

Relyasion ma’lumotlar modeli

Tushunchalar. Munosabatlar


Ma‟lumotlarning relyasion modeli3 1970 yil IBM firmasining xodimi Edgar Kodd tomonidan taklif etilgan. Relyasion ma‟lumotlar bazasining asosiy g„oyasi ma‟lumotlar bazasi strukturasini soddalashtirishga qaratilgan. Unda ierarxik modeldagi kabi avlod va ajdodlarga yaqqol ko„rsatgichlar yo„q, barcha ma‟lumotlar star va ustunlarga bo„lingan oddiy jadvallarda tasvirlanadi. Relyasion modeldagi asosiy tushuncha “munosabat” (relation) xisoblanadi..


Relyasion modelda o„ziga xos atamalar ishlatiladi, biroq bu model moxiyatini o„zgartirmaydi. Masalan, mantiqiy darajada element atribut deb ataladi. Bundan tashqari u uchun “kolonka”, “ustun” va “maydon” atamalari ham ishlatiladi. Atributlar to„plami kortejni (qator, yozuv, satr) xosil qiladi. Kortejlar to„plami munosabatni (MB jadvali yoki faylini) xosil qiladi.
Relyasion modelda fayllar o„rtasidagi bog„lanishlar yaqqol tarzda tavsiflanmasligi ham mumkin. Bu bog„lanishlar ma‟lumotlarni qayta ishlash vaqtida dinamik ravishda mos maydonlarning qiymatlari bo„yicha o„rnatiladi. Relyasion MB da yozuvlar chiziqli strukturaga ega.
Har bir munosabat kalitga, ya‟ni kortejni bir qiymatli identifikatsiyalovchi atributga
(oddiy kalit) yoki atributlar to„plamiga (tarkibiy kalit) ega.
Qaralayotgan munosabatda kalit bo„lmagan atribut yoki atributlar guruxi boshqa munosabatda kalit bo„lsa, bu atribut yoki atributlar guruxi tashqi kalit deb ataladi.
Agar biror jadval tashqi kalitga ega bo„lsau xolda u: a) mos birlamchi kalitga ega bo„lgan jadval bilan mantiqan bog„langan; b) bu bog„lanish birga ko„p xarakterga bo„ladi.



Xodimlar” ob‟ekti xaqidagi jadval.
SHunday qilib relyasion model 1969 – 70 yillarda Kodd tomonidan munosabatlarning matematik nazariyasi asosida yaratilgan bo„lib, quyidagi asosiy tushunchalarga asoslanadi jadval, munosabat, satr, ustun, birlamchi kalit, tashqi kalit.
Ma‟lumotlarning shunday modeliga relyasion model deyiladi, unda barcha ma‟lumotlar foydalanuvchiga jadval shaklida xavola etiladi va ma‟lumotlar bazasi ustidagi barcha amallar jadvalllar ustiga amallarga olib kelinadi. Har bir jadval ma‟lumotlar bazasi tarkibida o„z nomiga ega bo„ladi, hamda satr va ustunlardan iborat bo„ladi. Har bir jadval real dunyodagi ob‟ektlar (mohiyat) tipini aks ettiradi, har bir satri esa ob‟ektning konkret nusxasini bildiradi. Relyasion modelning har bir tushunchasini “Xodim” – mohiyati (ob‟ekti) misolida ko„rib chiqamiz:
Har bir ustun o„z nomiga ega bo„ladi va ustun nomi odatda jadvalning ustki qismida ko„rsatiladi. Uning nomi joriy jadvalda boshqa ustun uchun takrorlanmasligi kerak, biroq bu nom boshqa jadvalning ustun nomi sifatida ishlatilishi mumkin. YA‟ni turli jadvallar bir xil nomli ustunga ega bo„lishi mumkin.
Ixtiyoriy jadval kamida bitta ustunga ega bo„ladi; ustunlar jadvalda ularni yaratish tartibida joylashadi. Satrlar ustunlardan (atributlar) farqli ravishda nomga va joylashish tartibiga ega emas. Ularning miqdori chegaralanmagan.
Ixtiyoriy jadval shunday ustunga yoki ustunlarga (kalitga) ega bo„ladi, undagi qiymatlar har bir satrni takrorlanmas qiymat bilan identifikatsiyalaydi. Rasmda keltirilgan misolda kalit bu “tabel nomeri” ustunidir.
Atributlar qiymati eng kichik axborot birligi – domen yordamida ko„rsatiladi. Boshqacha aytganda domen – bu ob‟ekt atributining mumkin bo„lgan barcha qiymatlar to„plamidir. YAna ikkita tushunchani ko„rib o„tamiz. Bu “daraja” va “Kardinal son” tushunchalari. Munosabatlarning kardinal soni deganda kortejlar soni tushuniladi, munosabat darajasi – bu joriy munosabatning atributlar sonidir.
Jadvallar o„rtasidagi aloqa relyasion ma‟lumotlar modelining asosiy elementi xisoblanadi. Bu aloqa tashqi kalitlar yordamida qo„llab – quvvatlanadi. Misol sifatida biror korxonaning MB sida saqlanayotgan xodimlar (“xodimlar” jadvali) va boshliqlar (“boshliqlar” jadvali) haqidagi ma‟lumotlarni ko„rib chiqamiz. (rasm. 2).
“Boshliqlar” jadvalida birlamchi kalit “nomer” ustini. “Familiya” ustunining qiymatlari takrorlanuvchi bo„lganligi uchun birlamchi kalit sifatida qo„llash mumkin emas. “Xodimlar” jadvalida “Boshliq nomeri” ustuni tashqi kalit xisoblanadi.
MB da ma‟lumotlar bilan birga ma‟lumotlar lug„ati va boshqa ob‟ektlar, masalan, ekran formalari, xisobotlar, tasvirlovchi formalar (views) va amaliy dasturlar joylashadi.
Relyasion MB ni butunlik cheklanishi ba‟zi talablarni, masalan, atribut qiymati faqat mos domen ichidan olinishini yoki tashqi kalit jadvaldagi mavjud bo„lmagan satrni ko„rsatmasligi kerak (ko„rsatgich bo„yicha yaxlitlik).
“Munosabat” tushunchasini batafsil ko„rib chiqamiz.
Relyasion modellarda o„zgaruvchi munosabatlar va munosabat qiymatini farqlash kerak. O„zgaruvchi munosabat – bu xuddi dasturlash tilidagi kabi oddiy o„zgaruvchilar, ya‟ni qiymati vaqt o„tishi bilan o„zgaruvchi nomlangan ob‟ekt. Ushbu o„zgaruvchining ixtiyoriy vaqt momentidagi qiymati munosabat qiymati xisoblanadi.

Бирламчи калит




Download 399,08 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 399,08 Kb.