|
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi
|
bet | 3/8 | Sana | 27.01.2024 | Hajmi | 399,08 Kb. | | #146882 |
Bog'liq O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta\'lim vazirligi-fayllar.orgUnikal maydon-bu qiymatlari takrorlanmaydigan maydondir.
Misol sifatida talabalar xakidagi ma‟lumotlarni saklovchi ma‟lumotlar omborining bir qismini keltiramiz.
Maydon nomi
|
Maydon xususiyati
|
Maydon xajmi
|
Talabaning bazadagi o`rni
|
Hisoblagich maydoni
|
4 bayt
|
Talaba F.I.SH.
|
Oddiy matnli maydon
|
255 belgi
|
Talabaning tug‟ilgan joyi xaqida
|
Oddiy matnli maydon
|
255 belgi
|
Talabaning tug‟ilgan kuni
|
Sana va vaqt maydoni
|
8 bayt
|
……………………….
|
………………………
|
|
Talabaning kursi
|
Qiymatlar ruyxatidan iborat bulgan maydon
|
|
Talabaning rasmi
|
OLE-nomi bilan yuritiluvchi maydon.
|
1G bayt
|
Talaba xaqida qo`shimcha ma‟lumotlar
|
MEMO-katta o`lchamli matn maydoni
|
65535 belgi
|
Ob’ekt – bu ixtiyoriy predmet, xodisa, tushuncha yoki jarayondir.
Ma’lumot – bu uni ma‟nosiga e‟tibor bermay qaraladigan ixtiyoriy simvollar to„plamidir. O„zaro bog„langan ma‟lumotlar ma’lumotlar tizimi deyiladi. Barcha ob‟ektlar atributlari orkali xarakterlanadi. Masalan, ob‟ekt sifatida fakultet, biblioteka, kompyuter va boshqalarni qarash mumkin. Jumladan, kompyuter ob‟ektini atributi sifatida hisoblash tezligini, operativ xotira xajmi, o„lchamlari va boshqalarni ko„rish mumkin. Atributlarda saqlanadigan xabarlar ma’lumotlarni qiymatlari deyiladi. Masalan, operativ xotira xajmi 128 MB, EHM hisoblash tezligi sekundiga 5 mln.ta amal. Atributning qiymatlari mavjudki, ular yordamida ob‟ektlarni identifikatsiyalash mumkin. Bog„langan atributlarni qiymatlarni birlashtirsak ma’lumot yozuvlarini hosil qilamiz. Tartiblangan yozuvlarnig majmuasi ma’lumot fayli deyiladi.
YOzuv
Fayl
Ma‟lumot elementi, maydon,
Ma‟lumotlar agregati
Ma‟lumotlarni nomlangan eng kichik birligi ma’lumot elementidir. U ko„pincha maydon deb aytiladi va bayt va bitlardan tashkil topadi. Ma‟lumotlar agregati ma‟lumot elementini nomlangan to„plamidir.
MB administratori deyilganda birorta shaxs yoki bir necha shaxslardan iborat bo„lgan va MB sini loyihalash, uzatish va samarador ishlashini ta‟minlovchidir.
Ma‟lumotlar bazasi tushunchasi bilan ma‟lumotlar banki tushunchasi ham mavjud (ishlatiladi). Ma’lumotlar banki (MBn) tushunchasi ikki xil talqin etiladi.
1. Hozirgi kunda ma‟lumotlar markazlashmagan holda (ishchi o„rinlarda) SHK yordamida qayta ishlanadi. Ilgari ular alohida xonalarda joylashgan EHM larda (hisoblash markazlarida (HM)) markazlashgan holda qayta ishlangan. XM lariga axborotlar tashqi qurilmalar orqali kelib to„plangan. Ma‟lumotlar bazasi markazlashgani hisobiga ularni ma‟lumotlar banki deb atashgan va shuning uchun ma‟lumotlar banki bilan ma‟lumotlar bazasi tushunchalari o„rtasida farq qilinmaydi (sinonim sifatida ishlatiladi).
Ma‟lumotlar banki - ma‟lumotlar bazasi va uni boshqarish tizimi (MBBT) tushuniladi.
MBBT va uning tarkibiy qismlari
Ob‟ektlarni sinflapga ajratish deyilganda, barcha ob‟ektlar to„plamini birorta norasmiy belgi (alomati) bo„yicha qism to„plamlarga ajratishni tushunamiz. MB ni ko„pligini hisobga olib, uni sinflarga ajratish belgilari xilma – xil. Hozirgi kunda MB ni quyidagi sinflari ko„p ishlatiladi:
MB ma‟lumotlarni tasvirlash shakliga qarab: video, audio, multimedia guruxlariga ajratish mumkin.
Video MB ma‟lumotlarini ko„rinishiga qarab o„z navbatida matnli va grafik tasvirli bo„ladi.
Matnli MB ma‟lumotlarni strukturalashganiga qarab strukturalashgan, qisman strukturalashgan va strukturalashmagan MB ga bo„linadi.
Strukturalashgan MB o„z navbatida ma‟lumotlarni modeliga qarab: ierarxik, tarmoqli, relyasion, ob‟ektli relyasion, ob‟ektga yo„naltirilgan MB ga bo„linadi. Bundan tashqari strukturalashgan MBlari strategik va dinamik shuningdek, markazlashgan va taqsimlangan
MBga bo„linadi. MBni foydalanuvchilar soniga qarab: bitta va ko„p foydalanuvchili MBga bo„lamiz va ular ma‟lumotlarni saqlanishiga qarab operatsion va analitik bo„ladi.
Sanab o„tilgan guruxlardan tashqari iqtisodiy nuqtai nazardan pulli va pulsiz MB ga bo„linadi. SHuningdek, murojaat qilish darajasiga qarab: ommabop va murojaati cheklangan
MB ga bo„linadi.
A. MB ni logik va fizik tasvirlash.
Ma‟lumotlarni tavsiflash va ular orasidagi munosabat aloqalar o„rnatish 2 xil
bo„ladi:
Logik yoki mantiqiy;
Fizik;
Fizik tasvirlashda ma‟lumotlar mashinani tashqi xotirasida saqlashi bilan farqlanadi. Mantiqiy tasvirlashda esa amaliy dasturchi yoki foydalanuvchi tomonidan ma‟lumotlarni tasvirlash ko„rinishi tushuniladi.
B. Ma‟lumotlar bazasini uch bosqichli arxitekturasi
Ma‟lumotlar bazasini boshqarish tizimini qanday bo„lishini (qurilishi) o„rganishdagi ilmiy izlanishlar, ularni amalga oshirishni xilma xil usullarini taklif qildi. Bulardan eng hayotiysi, amerika standartlashtirish kommiteti ANSI (American National Standarts Institute) tomonidan taqdim etilgan MB sini uch bosqichli tashkil qilish bo„lib chiqdi.
Tashqi modellar – eng yuqori bosqich, bunda har bir model o„zini ma‟lumotlar tasvir qabul qiladi. Har bir ilova, o„ziga kerakli zarur bo„lgan ma‟lumotlarni ko„radi va qayta ishlaydi. Masalan, ishchilarni malakasi bo„yicha taqsimlash tizimi, xizmatchi malakasi haqidagi ma‟lumotlarni ishlatadi, uni oklad, manzili, telefoni haqidagi axborotlar qiziqtirmaydi va aksincha, oxirgi ma‟lumotlar xodimlar bo„limi qism tizimida ishlatiladi.
|
| |