• Foydalanilgan adabiyotlar
  • Аннотоция: Мазкур маъруза матн тукимачилик ва енгил саноат инсти




    Download 1.38 Mb.
    bet18/40
    Sana10.04.2017
    Hajmi1.38 Mb.
    #3920
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   40
    M A ` R U Z A 8.
    Mavzu: Bosh barabandan ajratuvchi barabanga tolalarning o`tish jarayoni.
    REJA:

    1. Bosh baraban bilan ajratish barabani orasidagi tarash jarayoni.

    2. Ajratuvchi baraban sirtidan taramni ajratib olish va pilta hosil qilish.

    3. S-50 markali tarash mashinasining afzalliklari.

    4. Tarash mashinasining tarash darajasi.
    Foydalanilgan adabiyotlar :

    1. Sh.R. Marasulov « Paxta va ximiyaviy tolalarni yigirish», Toshkent, 1986y, I-qism.

    2.N.N. Milovidov , K.I.Badalov « Pryadenie xlopka», M,1972 yil, I-qism.

    3.B.A. Azimov « Paxta yigirish fabrikalarini loyixalash»,T,1995 yil.

    4.N.I. Truevcev «Mexanicheskaya texnologiya voloknitiux materialov», M, 1969 yil.

    5.«RIETER» tizimidagi tarash mashinalari pasporti.


    Qabul barabani bosh baraban bilan shlyapkalarning ishlashida tolali material (xolst) yaxshilab taraladi, xas-cho’p va iflosliklardan tozalanadi.

    Bosh baraban tez aylanib, ignalariga qilib olgan tolalarini ajratuvchi baraban-14 ga uzatadi (32 rasm). Bosh baraban ignalarida osilib turgan tolalar ajratuvchi barabanning ignalariga borib uriladi va uning sirtiga o’tadi, chunki ularning orasidagi (razvodka) oraliq juda kichkina (0.18-0.15 mm) Ajratuvchi baraban sirtiga qoplangan qoplama nomeri bosh barabannikiga qaraganda yuqori, ya`ni 1 sm2 sirtiga ko’proq igna to’g’ri keladi, Shuning uchun tolalarni ilashtirib olish qobiliyatiga ega. Ammo tolalarning hammasi ajratuvchi barabanga o’tmaydi, tolalar qisman bosh baraban sirtiga qoladi; bunga qoldiq deyiladi. Ajratuvchi baraban tezligi Vaj ancha kichik bosh barabanning tezligi Vbosh ancha katta, shuning uchun ajratuvchi baraban sirtiga o’tgan tolali material qalinlashadi va ma`lum qatlam hosil qiladi. Bu qatlamning qalinligi:

    V bosh

    -------- ga teng

    aj
    Maxsus tebranib turgan taroq ajratuvchi baraban sirtiga hosil bo’lgan tolalar qatlamini (taramini) ajratib oladi, so’ngra bu qatlam kada (voronka) dan o’tib, piltaga aylanadi va pilta taxlovchi mexanizm yordamida idishga (tosga) taxlanadi. Bosh baraban-shlyapka tugunining tolani o’tkazish qobiliyati, taram sifatining yaxshilanishi, tarash mashinasining ish unumi bu sirtlar qoplamasi orasiga tolalarning to’lib qolish darajasiga bog`liq tarash mashinasi ishga tushirilishi bilanoq, qoplamalarga tola to’la boshlaydi. Bosh baraban ma`lum tolalar tutamini yoki alohida tolalarni ularning sirtida tolalar qatlami hosil bo’ladi. Bu qatlamda hosil bo’lgan elastik kuchlar tolalarning bir qismni qoplama orasiga tikib ularni to’ldiradi. Shunday payt keladiki, mashinaga berilayotgan tolali material bilan bosh baraban shlyapkalar sirtidagi tolalar miqdori o’rtasida muvozanat paydo bo’ladi. Shundan keyingina, bosh baraban ta`minlovchi silindridan kelayotgan tolalarni o’ziga oladi va shuncha tolani ajratuvchi barabanga beradi, hamda shlyapkaga qancha tola bergan bo’lsa, shuncha tolani qaytib oladi.

    Ajratuvchi baraban sirtiga o’tib yigilgan tolalar qatlamini minutiga 1000-1800 marta tebranma harakatlanuvchi taroq urib tushiradi (rasm a) Taroq mexanizmi plastinka -1 va kalonka-2 dan iborat bo’lib, val-3 ga maxkamlangan. Taroq maxus mexanizmdan tebranma harakat olib, taramni ajratuvchi baraban qoplamasi tishlarining orqa tomonidan tushirib oladi. Tolalarni ajratib oluvchi kuchlarni aniqlaymiz. Taroq harakat qilayotgan paytda  g  hosil qilib tebranadi. Taram bilan uchrashganda Q kuch hosil bo’ladi, bu kuch Q1 va Q2 yoyga urinma bo’lib yo’nalgan. Q kuchni ikkita S va N tashkil etuvchi kuchlarga ajratamiz.

    S kuch tish yoki ignalar bo’ylab, N kuch esa unga perpendikulyar yo’nalgan S =Q cos i bo’lib, kuchi T= μN ni yengib, ajratuvchi baraban sirtidan tolalarni tushirib oladi, N=sinβ. Agar S>T bo’lsa, tolalar yaxshi ajratib olinadi,  β = 0 bo’lganda S kuchning miqdori maksimum bo’ladi, u vaqtda ishqalanish kuchi teng bo’ladi. Buning uchun Q kuch taroqning harakat yo’nalishi bilan bir xil yo’nalishi kerak.  i  burchakning qiymati ajratuvchi baraban tishi yoki ignaning qiyalik burchagi  f  qanchalik kichik bo’ladi.  i  ham nuqul metall lenta tishning qiyalik burchagi kichik bo’lsa, taramni tushirib olish oson bo’ladi.

    Tajribalar shuni ko’rsatadiki, ajratuvchi baraban sirtidagi tolalar qatlami (taramni) tushirib oilsh uncha qiyin emas; ammo taramni erkin ravishda ajratib olish lozim. Ajratuvchi taroq ajratuvchi baraban sirtidan hamma tolalarni ajratuvchi baraban tezligiga mos bo’lishi kerak. Ajratuvchi taroqning tebbranishlar soni n quyidagi formuladan aniqlanadi:


    Va

    n >  ------

    m
    bu yerda, Va - ajratuvchi barabanning tezligi, m/min; m - taroqning tebranish chegarasi.

    Agar shu formula yordamida hisoblasak, taroq bir minutda 1800 marta tebransa, tebranish chegarasi 40 mm bo’lsa, taroq 33.6 min-1 tezlik bilan aylanayotgan ajratuvchi baraban sirtidagi tolalarni bemalol ajratib oladi.

    Taramni faliklar yordamida ajratib olish usuli keyingi vaqtda keng tarqalgan. Yangi serunum tarash mashinalarida shunday usul qo’llanilmoqda. Hozirgi vaqtda mamalakatimizda shunday mexanizm bilan jixozlangan tarash mashinalari yigiruv fabrikalarida ishlatilmoqda. (rasm, b).

    Ajratuvchi baraban-1 tolalar katlami valik-2 yordamida tushirib olinadi, bu valikning diametri 152 mm bo’lib, sirtiga nuqul metall lenta qoplangan.

    Rotasion valik o’rnatilgan DK tarash mashinalari (FRG) ham mavjud (rasm v). Rotasion valik ichi bush silindr-1 silindrni to’ppa - to’g’ri kesib o’tgan teshiklar-2 silindrning ichiga o’rnatilgan val-3, bu valga maxkamlangan taroqlar-4 lardan iborat. Silindr bilan val bir tomonga qarab sinxron aylanadi, lekin val o’qi silindr o’qiga nisbatan ekssentrik o’rnatilgan. Shuning uchun taroqlarning har biri navbat bilan silindr teshigidan chiqib, ajratuvchi silindr sirtidagi tolalar qatlami tushirib oladi. Bu mexanizmda hammasi bo’lib 12 ta taroq bor. Tushirib olingan taram bir juft valiklar yordamida bosuvchi vallarga (krosrollarga) beriladi.

    Pnevmatik mexanizmi yordamida ajratuvchi baraban sirtidagi taramni ajratib olish usuli (rasm g da berilgan). Bu mexanizm NR markali tarash mashinalariga o’rnatilgan (Franciya).

    Ajratuvchi baraban-1 sirtidagi taram pnevmatik soplo-2 yordamida tartib olinib, valik-3 ga beriladi; bu valik sirtiga nuqul metall lenta qoplangan. Bundan keyin taram transport valiklari-4 va 5 orasidan chiqarib olinadi. Valik-3 ni tozalab turish uchun uning ustiga tozalovchi valik-6 o’rnatilgan. Vali-3 va transport valiklari-4 va 5 ustiga chang tortib oluvchi, soplo-7 o’rnatilgan.

    Taram transport vallaridan keyin yassilash vallari orqali o’tib, pilta taxlovchi mexanizm yordamida idishga taxlanadi. Elektrostatikoviy mexanizmlar yordamida taramni ajratib olish ustida ham ish olib borilmoqda.

    Tarash mashinalarining markasiga qarab, ularning ish unumi olinayotgan piltaning yo’g’onligi, ish organlarining tezliklari ham har xil bo’ladi. Masalan, tarash mashinalaridan olinayotgan piltaning yo’g’onligi 4.55-2.5 teks (N 0.2-0.40) ish unumi 5-25 kg/soat.

    Shuning uchun mashinada almashtirib turiladigan shkivlar, bloklar va shesternyalar bo’ladi.

    Elektrik dvigatel` va bosh baraban vallariga o’rnatilgan shkivlarni va bloklarni almashtirib, mashina organlarining tezligi va shu orqali mashinaning ish unumi o’zgartiriladi. Odatda, ma`lum yo’g’onlikdagi pilta olish uchun mashina ma`lum ish unumi bilan ishlashi lozim. Shuning uchun bu shkivlar va bloklar shunga mo’ljallanib hisoblanadi.

    Cho’zuvchi shesternya - bu shesternya tarash mashinasidan olinayotgan piltaning yo’g’on - ingichkaligiga ta`sir qiladi. Cho’zuvchi shesternya Zg yetakchi hisoblanib, ta`minlovchi silindrga harakat beradi va mashinadan o’tayotgan xolst necha marta cho’zilib, ingichkalanishini ko’rsatadi. Cho’zuvchi shesternyaning tishi ko’p bo’lsa, mashinada umumiy cho’zish kam bo’ladi, ya`ni xolst kam cho’ziladi, olinayotgan pilta yo’g`on bo’lib chiqadi, ish unumdorligi ortadi. Agar cho’zuvchi shesternyaning tishi oz bo’lsa, umumiy cho’zish ko’p bo’ladi, ya`ni xolst ko’p cho’ziladi, olinayotgan pilta ingichka bo’lib chiqadi.

    Cho’zuvchi shesternya tolalarining taralish darajasiga ham ta`sir ko’rsatadi.

    Tarash darajasi - tarash mashinasining qanday ishlayotganligini xarakterlash uchun tarash darajasi qabul qilinib, u katta baraban sirtidagi tolalar qatlamining yo’g’onligini (nomerini) yoki birta ingichka nechta ignaga qancha tola to’g’ri kelishi (yoki bitta tolaga nechta igna to’g’ri kelishi) ni ko’rsatadi. Cho’zuvchi shesternyaning tarash darajasiga ta`siri shundaki, mashinaga qancha ko’p xolst berilsa, bitta ignaga ko’p tola to’g’ri keladi. Demak, tolalar yaxshi taralmaydi, tarash darajasi yomonlashadi. Aksincha, mashinaga qancha kam xolst berilsa, bitta ignaga kam tola yaxshi taraladi, tarash darajasi yaxshilanadi - sifat yuqori bo’ladi.

    Cho’zuvchi shesternya mashinaning ish unumiga ham ta`sir qiladi, ya`ni pilta kam cho’zilib, yo’g’on bo’lib chiqsa, ish unumi kamayadi. Bu shesternyani hisoblashda piltaning yo’g’onligi, tarash darajasi va mashinaning ish unumi ko’zda tutilishi lozim. Tarash darajasi (S) quyidagi formuladan aniqlanadi:
     π * db * nb * 1000  db  * nb * 1000

    S = ------------------------- = -----------------------

     π * du * nu * T x du  * nu  * Tx

     π * db * nb * Nx  db  * nb * Nx

    S = ------------------------- = -----------------------

     π * du * nu du  * nu 


    bu yerda, Tx - xolstning yo’g’onligi, teks;

    Nx - xolstning nomeri;

    b - bosh barabanning tezoligi, min-1 ;

    u - ta`minlovchi silindrning diametri, mm ;

    u - ta`minlovchi silindrning tezligi, min-1;

    d b - bosh barabanning diametri, mm ;


    Yurgizuvchi shesternya Zyu harakatni ajratuvchi barabanga berib, uning tezligini o’zgartirish orqali mashinaning ish unumiga ta`sir qiladi. Zyu tishi qancha ko’p bo’lsa, ajratuvchi baraban tez aylanadi va ish unumi shuncha yuqori bo’ladi va aksincha. Mashinaning ish unumi rostlanib turishda bu shesternya tishlari sonini to’g’ri hisoblash muxim.

    "Buxoroteks" xissadorlik jamiyatida qarashli №1 YF sining tarash sexiga o’rnatilgan yangi "Rieter" xissadorlik jamiyatiga qarashli Shveycariyadan keltirilgan S-4-A va S-50 markali juda zamonaviy bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatdosh tarash mashinasi bo’lib, bu mashinalarning har ikkalasi ham xolstsiz ishlashga yoki bunkerli (okim o’timiga) xos mashinalardir. Bu mashinalar hozirgi zamon yigiruv fabrikalarida ishlab turgan tarash mashinalaridan har tomonlama farq qilib, mashina avtomatlashtirilgan tayyor to’la toslardagi piltalar avtomatik ravishda piltani maxsus pichoq yordamida tolasiga shikast yetkazilmay uziladi.

    Mashinaning ish unumdorligi 30-80 kg/soatgacha yetkazilgan.

    Mashina komp`yuterlashtirilgan va ogoxlantiruvchi lampalari, inisiator, mikrokomp`yuterlar orqali markaziy komp`yuterga ma`lumotlar berilib turiladi va shu yerdan boshqariladi.

    Mashinaga maxsus vaqti-vaqti bilan ochilib yopiladigan havo bosimi bilan ishlovchi silindrlar yordamida chiqindi, xas-cho’p va iflos kalta tolalar maxsus o’rnatilgan qoplarga quvurlar orqali kelib tushadi.

    Savash mashinasidan kelayotgan aralashma tarash mashinasining ta`minlovchi bunkeri hisoblangan aerofidga kelib tushadi va bu yerdan ta`minlovchi silindrlar yordamida komp`yuterga kiritilgan. Ish unumdorligiga mos ravishda paxta qatlami ta`minlovchi stolchaga qatlam shaklida uzatiladi, qolgan boshqa asosiy ishchi organlari ChM-50 markali tarash mashinasiga o’xshashdir. ChM-50 mashinasining chiqindi bunkeri bo’lsa bu S-50 mashinasida esa maxsus chiqindi bunkeri o’rniga, englar va chiqindi bunkeri mavjud bo’lib, maxsus moslama havoli klapan ochilishi bilan kameradagi chiqindilarni chang ertulasidagi fil`tr surib olib alohida -alohida qoplarga tashlaydi. Buning uchun maxsus fil`tr va kompressorlardan foydalaniladi. Tarash mashinasida 112 ta shlyapka mavjud bo’lib, shundan asosiy tarashga qatnashuvchilari 46 tasi ishchidir. Bundan tashqari S-50 mashinasida umumiy cho’zilish 80-300 martagacha oshirilgan. Eng asosiy ishlab chiqarilayotgan pilta notekisligi va chiziqli zichligini (yo’g’onlik va notekisligini) nazorat qiluvchi manitor yordamida nazorat qilib to’g’rilab turiladi.




    Download 1.38 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   40




    Download 1.38 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Аннотоция: Мазкур маъруза матн тукимачилик ва енгил саноат инсти

    Download 1.38 Mb.