Аннотоция: Мазкур маъруза матн тукимачилик ва енгил саноат инсти




Download 1.38 Mb.
bet20/40
Sana10.04.2017
Hajmi1.38 Mb.
#3920
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   40
Foydalanilgan adabiyotlar.

  1. Sh. R. Marasulov «Paxta va ximiyaviy tolalarni yigirish» , Toshkent, 1979 y. 1-qism.

  2. N. N. Milovidov, K.I Badalov «Pryadenie xlopka» M, 1972 y. 1-qism

  3. I. G. Borzunov, K. I Badalov «Pryadenie xlopka i ximicheskix volokon» M, 1986 y.

  4. «RIETER» tizimidagi piltalash mashinasi texnik hujjati.

Karda tarash yoki qayta tarash mashinalaridan olinadigan piltalarning ko’ndalang kesimi 30 minggacha toladan iborat bo’ladi, ipning ko’ndalang kesimida esa uning chiziqli zichligiga bog`liq xolda 100 dan 300 gacha tola bo’ladi. Shuning uchun, ham piltani bir necha o’n yoki 100 martagacha ingichkalashtirish kerak bo’ladi.

Tarash mashinalaridan olingan piltani ingichkalashdan oldin uni to’g’rilash kerak, chunki u uzun kesmalarda yo’g’onligi bo’yicha katta notekislikka egadir. Tarash mashinasidan olingan pilta tolalarining uchlari faqat 55-58% gina to’g’rilangan bo’ladi, bir xil tuzilishga ega emas, shuning uchun ham tolaning uchlarini to’g’rilash va parallell joylashtirish talab etiladi.

Qayta tarash mashinalaridan olingan pilta tolalarning uchlari esa 80-82 % gina to’g’rilangan bo’ladi, ammo yo’g’onligi va tuzilishi bo’yicha muntazam notekislikka ega bo’ladi, shuning uchun ham ularni ingichkalash kerakli bo’ladi.

To’g’rilash, parallellash va mahsulotdagi tolalar tuzilishi bo’ylab joylashishrshi cho’zish jarayonidagi silindrli cho’zish asbobi yordamida hosil qilinadi.

Yo’g’onligi bo’yicha mahsulotni to’g’rilash bir necha mahsulotlarni qo’shish natijasida yoki cho’zish asbobidan chiquvchi, hamda kiruvchi pilta yo’g’onligiga bog`liq xolda, cho’zish asbobida cho’zishni o’zgartiruvchi avtomatik rostlagich yordamida qilinadi. Bu jarayonlar pilta mashinalarida amalga oshiriladi.

Mashinada berilayotgan mahsulotdagi tolalarning old uchlari yaxshi to’g’rilangan bo’lsa, yigiruv mashinasida cho’zish jarayoni optimal bo’ladi. Buning uchun, yigiruv mashinasi bilan tarash mashinasi o’rtasida bitta, ikkita yoki uchta o’tim pilta mashinasi bo’lishi lozim, shunda tarash mashinasidan chiqqan piltadagi ko’pchilik tolalarning old uchlari to’g’rilanib chiqadi. Odatda, kalta tolalar tezroq to’g’rilanadi, shuning uchun yo’g’on ip olish uchun tarash mashinalaridan bir marta o’tkazish kifoya, shunda mahsulotning tannarxi arzonlashadi. Ammo ingichka ip olish uchun esa qayta tarash mashinasidan kelgan piltani kamida ikki yoki uch marta pilta mashinasidan o’tkazishga to’g’ri keladi. Shuning uchun, pilta mashinasining o’timini to’g’ri tanlash katta iqtisodiy ahamiyatga ega. Hozirgi yigiruv fabrikasida to’rt va besh silindrli pilta mashinalari ishlatilmoqda va to’qimachilik mashinasozligi zavodlarida ko’p quvvatli va serunum pilta mashinalari ishlab chiqarmoqda. Bunday pilta mashinalar jumlasiga L2-50-1M, L2-50-220-U, LA-54-500V, LNS-51-2, LAT-50-3 va zamonaviy texnika, texnologiya yutuqlariga asoslangan holda ishlab chiqarilgan "RIETER" tizimidagi komp`yuterlashtirilgan, avtomatlashtirilgan RSV-851 va RSV-951 markali pilta mashinalari kiradi.



Download 1.38 Mb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   40




Download 1.38 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Аннотоция: Мазкур маъруза матн тукимачилик ва енгил саноат инсти

Download 1.38 Mb.