• Foydalanilgan adabiyotlar.
  • Аннотоция: Мазкур маъруза матн тукимачилик ва енгил саноат инсти




    Download 1.38 Mb.
    bet24/40
    Sana10.04.2017
    Hajmi1.38 Mb.
    #3920
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   40
    Tayanch iboralar.
    Pilta mashinasi, to’g’rilash, paralellash, ishchi qism, ta`minlovchi qism, marka, o’tin, tizim, chiviq, chiqaruvchi val.

    M A ` R U Z A 10.
    MAVZU: Turli xil pilta mashinalaridagi cho’zish asboblari konstruksiyalarining taxlili.
    Reja:

    1. Cho’zish asboblarida cho’zishdan maqsad va uning moxiyati.

    2. Pilta mashinalarining asosiy ishchi qismlari. Cho’zish asbobi.

    3. Pilta mashinalarida cho’zish jarayoni.

    4. L2-50-1M pilta mashinasida cho’zish asbobi.

    5. Pilta mashinalari cho’zish asboblari farqlari.


    Foydalanilgan adabiyotlar.

    1. Sh. R. Marasulov «Paxta va ximiyaviy tolalarni yigirish» , Toshkent, 1979 y. 1-qism.

    2. N. N. Milovidov, K.I Badalov «Pryadenie xlopka» M, 1972 y. 1-qism

    3. I. G. Borzunov, K. I Badalov «Pryadenie xlopka i ximicheskix volokon» M, 1986 y.

    4. «RIETER» tizimidagi piltalash mashinasi texnik hujjati.

    Tolali mahsulotni cho’zish turli uslublar yordamida amalga oshiriladi. U yigiruv ishlab chiqarishining barcha texnologik o’timlarida amaliy o’ringa egadir. Endi mahsulotni mexanik silindrli cho’zish asboblarida cho’zish bilan bog`liq savollarni ko’ramiz.

    Cho’zish jarayoni mazmuni cho’zish rejimiga bog`liqdir. Birinchi, ikkinchi va uchinchi tur cho’zishlar mavjud.

    Birinchi tur cho’zish jarayonida tolalar bir-biriga nisbatan siljimaydi, faqatgina to’g’rilanadi, deformasiyalanadi xolos. Bu cho’zilish asosan, mahsulotni tortish uchun qo’llaniladi. Paxta yigirishda bu cho’zish 1,2-1,3 dan yuqori bo’lmaydi.

    Ikkinchi tur cho’zilish jarayonida tolalar butun uzunligi bo’yicha bir-biriga nisbatan siljishi bilan tavsiflanadi. Cho’zilishning ikkinchi turida mahsulotga ta`sir qiluvchi kuch to’xtatilsa ham mahsulot qisqarmaydi (u o’zining dastlabki holatiga qaytmaydi). Hozir ip yigiruv fabrikalarida mahsulotni (pilta, pilikni) yigiruv mashinalarda cho’zib, ingichkalash uchun faqat cho’zishning ikkinchi turi qabul qilinib kelmoqda.

    Cho’zish jarayonida mahsulot bir yoki bir necha juftli cho’zish asbobidan o’tib ingichkalashadi. Shu bilan birga, mahsulot uzunlashadi va ko’ndalang kesimi kichiklashadi. Boshqacha aytganda, tolalarning bir-biriga nisbatan siljishi natijasida mahsulot uzaysa, tolalarning soni kamayshi natijasida mahsulotning ko’ndalang kesimi kichiklashadi. Cho’zish jarayonining yana bir yaxshi tomoni shundaki, cho’zish paytida tolalar bir-biriga nisbatan sirpanib harakatlanib, old va orqa uchlari to’g’rilanadi, bir-biriga parallellashadi. Cho’zish asboblaridagi har bir oldingi juft keyingi juftga nisbatan tezroq aylanadi. Eng oldingi juftning tezligi eng sunggi juftning tezligidan necha marta katta bo’lsa, mahsulot shuncha marta uzayadi. Mahsulot uzayayotgan paytda tolalar o’zaro sirpanadi, o’rni o’zgaradi, ya`ni boshqacharoq joylashadi. Tolalar sirpanganda ishqalanish kuchi hosil bo’ladi, bu kuch tolalarning uchlarini to’g’rilaydi va bir-biriga parallellaydi.

    Cho’zish asbobidagi old silindrlar jufti tezligining orqa silindrlar jufti tezligiga nisbatiga cho’zish deyiladi va cho’zish ko’rsatkichi vazifasini o’taydi. Demak,

    V2

    E 

    V1

    bunda, E - cho’zish; v1 - orqa juftning tezligi, m.min;

    v2 - old juftning tezligi, m.min.

    Cho’zish jarayonida mahsulotning og`irligi o’zgarmaydi, shuning uchun uzunligi qancha marta ko’paysa, yo’g’onligi (nomeri) ham shuncha marta kamayadi, ya`ni



    Download 1.38 Mb.
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   40




    Download 1.38 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Аннотоция: Мазкур маъруза матн тукимачилик ва енгил саноат инсти

    Download 1.38 Mb.