• Qat’iy tartiblashtirilgan mashqlar metodi.
  • O`zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi




    Download 6,68 Mb.
    bet52/114
    Sana10.06.2024
    Hajmi6,68 Mb.
    #262162
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   114
    Bog'liq
    Taza JMN OMK 2 kurs UZB 2021

    Musobaqa metodi. Jismoniy tarbiya jarayonida musobaqa metodi mashg’ulot o’tkazish davomida (mazkur mashg’ulotga kiritilgan alohida mashq bilan birgalikda) mustaqil o’yin shaklida (mo’ljal, nazorat va sport musobaqalari) qo’llaniladi.
    Musobaqa metodi birmuncha ravshan xarakterlovchi xususiy birinchilik yoki yuqori natijaga erishish uchun kurashda kuchlarni sinashdir. Musobaqa jarayonida, shuningdek, ularni tashkil qilish va o’tkazish sharoitlarida (g’oliblarni aniqlash, yutuqlarga erishganlarni rag’batlantirish va h.k.) rahbarlik qilish omili muhim fiziologik va emotsional kayfiyat yaratadi, bu hol jismoniy imkoniyatlarini maksimal ishga solishga yordam beradi.
    Musobaqa vaqtida, asosan sport musobaqalarida raqiblarning o’zaro to’qnashuvlari o’yindagiga qaraganda ancha ko’proq namoyon bo’ladi. Tashabbuskorlik, qa’tiylik, sabotlilik, dadillik, jasurlik, oliy janoblik, o’rtoqlik kabi irodaviy hamda ahloqiy hislatlarni tarbiyalashda musobaqa metodining ahamiyati g’oyat kattadir. Lekin, shuni unutmaslik kerakki, birinchilik uchun raqobat qilish, kurashish salbiy xususiyatlarning (hudbinlik, o’ziga o’ta bino qo’yish, dag’allik va h.k.) tarkib topishiga ham imkon berishi mumkin. SHu sababli musobaqa metodiga mohirona pedogogik rahbarlik qilingan taqdirdagina u ma’naviy tarbiya sohasidagi o’z rolini oqlay oladi.
    Qat’iy tartiblashtirilgan mashqlar metodi. Bu metodda shug’ullanuvchilar faoliyati qat’iy tartiblashtirilgan holda tashkil etilib quyidagilardan iborat bo’ladi:
    - Qat’iy belgilangan harakat rejasi (harakat tarkibi ularning o’zgarishi, takrorlanish va bir - biri bilan o’zaro bog’liqligi).
    -Jismoniy yuklanishni qat’iy normallashtirish, mashq jarayonida uning dinamikasini to’la boshqarish, shuningdek dam olish intervalini qat’iy tartibga solish va ularning belgilangan tartibda jismoniy yuklamabilan almashtirish.
    SHug’ullanuvchilarning faoliyatini boshqarishni yengillashtiruvchi tashqi sharoitlarni yaratish yoki ulardan foydalanish mashg’ulot joylarida guruxlarni tuzish va taqsimlash, o’quv vazifalarini bajarishga, jismoniy yuklanishni dozirovka qilishga, ularni ta’sirini nazorat qilishga imkon beruvchi yordamchi snaryadlar, trek-lar va boshqa texnik qurilmalardan foydalanish.
    Harakatlarga o’rgatish jarayonida qo’llaniladigan mashq metodlari 2 xil bo’lib ular quyidagilardan iboratdir. Bo’lingan - konstruktiv mashq metodi (mashqlarni qismlarga bo’lib o’rgatish va keyinchalik butunlay bajarishga erishish); butunlay mashq metodi (vaqtincha ayrim detallarini chiqarib tashlash).
    Bo’lingan konstruktiv mashq metodiga masalan: suvda suzishni o’rgatishni, akrobatik mashqlarni qismlarga bo’lib o’rgatish kiradi. Hammamizga ma’lumki mashqlar musobaqa sharoitida butunligicha bajariladi. Butunlay mashq metodi shug’ullanuvchilarga o’rgatish lozim bo’lgan mashqlar butunligicha o’rgatilib, lekin ayrim detallari vaqtincha chiqarib tashlanadi.
    Ikkala metodlarning ijobiy va salbiy xususiyatlari mavjud bo’lib ular quyidagilardan iborat: bo’lingan konstruktiv mashq metodining ijobiy xususiyati - o’rgatilishi lozim bo’lgan mashqlar oz vaqt ichida shug’ullanuvchilarga o’rgatish mumkin.
    Jismoniy yuklama berishda metodlarni samarasi?
    Bumerang” texnologiyasi orqali muammo hal qilinadi.




    Download 6,68 Mb.
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   114




    Download 6,68 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O`zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

    Download 6,68 Mb.