• O’quv mashg’ulotining maqsadi
  • O’quv faoliyati natijalari
  • So’z va ko’rgazmali metodidan foydalanish xususiyatlari. So’z metodi.
  • -Mavzu. Jismoniy tarbiya mashg’ulotlarida qo’llaniladigan jismoniy tarbiya metodlari




    Download 6,68 Mb.
    bet50/114
    Sana10.06.2024
    Hajmi6,68 Mb.
    #262162
    1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   114
    Bog'liq
    Taza JMN OMK 2 kurs UZB 2021

    6-Mavzu. Jismoniy tarbiya mashg’ulotlarida qo’llaniladigan jismoniy tarbiya metodlari
    Mashg’ulotning rejasi:
    1. Jismoniy yuklamani boshqarish usullari.
    2. Ko’rgazmali va so’z metodidan foydalanish xususiyatlari.
    3. O’yin, musobaqa va qatiy tartiblashtirilgan mashqlar metodlariga tavsif va ulardan foydalanish.


    O’quv mashg’ulotining maqsadi: Jismoniy yuklamani boshqarish usullari, ko’rgazmali va so’z metodidan foydalanish xususiyatlari, o’yin, musobaqa va qatiy tartiblashtirilgan mashqlar metodlariga tavsif va ulardan foydalanish haqida ma’lumotlarga ega qilish. Jismoniy yuklamani boshqarish usullari haqida ma’lumotlar berish. Ko’rgazmali va so’z metodidan foydalanish xususiyatlari haqida ma’lumotlar berish.. O’yin, musobaqa va qatiy tartiblashtirilgan mashqlar metodlariga tavsif va ulardan foydalanish haqida ma’lumotlar berish.


    O’quv faoliyati natijalari:
     Jismoniy yuklamani boshqarish usullari haqida ma’lumotlarga ega bo’ladi.
     Ko’rgazmali va so’z metodidan foydalanish xususiyatlari haqida ma’lumotlarga ega bo’ladi.
     O’yin, musobaqa va qatiy tartiblashtirilgan mashqlar metodlariga tavsif va ulardan foydalanish haqida ma’lumotlarga ega bo’ladi.


    Ta’lim berish usullari: Ko’rgazmali, ma’ruza, suhbat
    Ta’lim berish metodlari: “Bumerang”, klaster, yechim daraxti metodi
    Ta’lim berish vositalari: O’quv qo’llanma, proektor, maket, jadval va bannerlar


    So’z va ko’rgazmali metodidan foydalanish xususiyatlari.
    So’z metodi. Jismoniy tarbiya jarayonida o’qituvchining asosiy faoliyati so’z bilan amalga oshiriladi: so’z yordamida bilimlar beriladi, tushunishni faollashtiradi va chuqurlashtiriladi, vazifalar beriladi, ularning bajarilishi boshqariladi, natijalar taxlil qilinadi va baholanadi, bolalarni intizomi boshqariladi. So’z shug’ullanuvchilar faoliyatini tushunishda, baholashda va o’zicha boshqarishda kerakli vazifani hal etadi. SHu bilan bir qatorda so’z o’zining qo’llanilishiga ko’ra u yoki bu dediktiv hikoya, suhbat,muhokama va va hokozolardan iborat.
    So’z metodiga: 1) instruktsiya berish; 2) qo’shimcha tushuntirish; 3) ko’rsatma va buyruqlar; 4) og’zaki baholash; 5) o’z-o’ziga gaprish va o’z-o’ziga buyruq berish; 6) rag’batlantirish, 7) so’z orqali jabrlash; 8) umumiy buyruq; 9) tahlil qilish; 10) so’z orqali o’zaro munosabat va h.k.
    Instruktsiya berish - texnikani o’rganish faoliyatini vazifalarni yoki mashqlarni bajarish qoidalarini so’z orqali konkret va aniq tushunarli shug’ullanuvchilarga yetkazish.
    O’qshimcha tushuntirish - ayrim harakatlar, yoki bajarish usulini sifatini yaxshilash maqsadida chuqurroq bilim berish maqsadida turli ko’rgazmalar orqali izohlash, tushuntirish.
    Ko’rsatma va buyruqlar - bu maxsus so’z shaklida o’quvchilar faoliyatini boshqarish. Ko’rsatma va buyruq orqali dastlabki ko’rsatish vazifalarni aniqlash maqsadida qo’llaniladi hamda samarador usullardan biridir.
    Og’zaki baholash - bu so’z orqali o’quvchilar faolitini maqullash yoki aksincha (yaxshi, yomon va h.k.).
    O’z-o’ziga gapirish va buyruq berish - o’z-o’ziga gapirib mashqni bajarish usullari, o’z faoliyatini bayon etadi. Masalan: o’yin taktikasini, yo’nalishini, uni bajarish usullarini fikran rejalashtiradi. Bu usulning asosi - bu so’zning harakat bilan bog’likligidir va shu kabilir.



    Download 6,68 Mb.
    1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   114




    Download 6,68 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -Mavzu. Jismoniy tarbiya mashg’ulotlarida qo’llaniladigan jismoniy tarbiya metodlari

    Download 6,68 Mb.