-o’quv topshiriq «Zanjir» metodi




Download 6,68 Mb.
bet55/114
Sana10.06.2024
Hajmi6,68 Mb.
#262162
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   114
Bog'liq
Taza JMN OMK 2 kurs UZB 2021

1-o’quv topshiriq «Zanjir» metodi
«Mashq bajarishda harakat ko’nikma va malakalari haqida»

Harakat – tayyorgarlik – kerilish – shoshish …………… 100 ta so’zga qadar (10-15 daqiqa vaqt beriladi)


2. Malaka, ko’nikma va ularga tavsif hamda o’zaro ijobiy va salbiy aloqasi.
Harakat ko’nikmalari va malakalari.
Har xil mashqlarni harakat ko’nikmasi va harakat malakasi bo’lgan taqdirdagina bajarish mumkin. Bu ko’nikma va malakalar harakatlarni bajarishning muayyan usullarni ifoda etadi.
Harakat ko’nikmalari. Kishida harakat tajribasi va bilimlari to’planib, jismoniy jihatdan zarur darajada rivoj topgach, kishida biror bir harakat vazifasi hal qilish imkoniyati yaratiladi. Biror harakat faoliyatida (uy ishida, yakkama-yakka kurashishda va x.k.). Qatnashishni amalga oshirish uchun ilgari hosil qilgan ko’nikmalar va malakalardan jismoniy va ma’naviy sifatlarda ijodiy foydalana oladi. Keyinchalik esa, yangi ilgari tanish bo’lmagan harakat faoliyatini bajarishga imkon yaratadi. Bunda hamisha butun faoliyat davomida ma’lum darajada aqliy mehnat bilan ish ko’rish talab qilinadi.
Bilim, tajribalar va ong asosida egallangan harakat ko’nikmalari harakat faoliyati jarayonida harakatlarni avtomatlashmagan holda boshqarish qobiliyatidir.
Jismoniy tarbiya jarayonida 2 xil ko’rinishda bo’lgan harakat ko’nikmalar:
a) Yaxlit harakat faoliyatini amalga oshirish.
b) Har xil murakkablikda bo’lgan alohida harakatlarni bajara olish ko’nikmalari hosil qilinadi.
a) Birinchi ko’rinishdagi ko’nikma murakkab, o’zgaruvchan sharoitlarda (o’yin vaziyatda, raqib harakatida) to’satdan bo’ladigan vazifalarni hal qilish zarurligi bilan bog’liqdir. Bunday harakat faoliyati har doim ongli ravishda bajariladi, lekin avtomatlashmagan ravishda bajariladi va standart xarakterida bo’la olmaydi. Bu ko’nikmalar umumiy malakaga aylanmaydi. O’rganilgan harakat va jismoniy sifatlarni chaqqon va ijodiy ravishda qo’llanish bu xil ko’nikmalarga hos xususiyat bo’lib qoladi.
b) Alohida harakatlarni bajara olish ko’nikmalari, odatda malaka hosil qilishga olib keladi. O’rgatish jarayonida bu ko’nikmalar harakat texnikasini dastlabki umumiy tarzda egallashdan tortib, mukammal ravishda egallagunga qadar rivojlanadi. Oddiy yoki murakkab harakatlarni bajara olish qobiliyati bu harakatlarni bajarish uchun diqqatini to’la talab qilingunga qadar qo’nikma doirasi bo’ladi.

Download 6,68 Mb.
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   114




Download 6,68 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-o’quv topshiriq «Zanjir» metodi

Download 6,68 Mb.