O`zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi




Download 6,68 Mb.
bet56/114
Sana10.06.2024
Hajmi6,68 Mb.
#262162
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   114
Bog'liq
Taza JMN OMK 2 kurs UZB 2021

Harakat malakalari. Harakatli mashqlarni ko’p marotaba stereotip tarzda takrorlash malaka hosil qilishga olib keladi. Harakat malakasi bu bir butun harkat aktida harakatlarni avtomatlashgan usulida olib borishni aytiladi.
Harakat akti stereotip ravishda takrorlanaversa, uning bajarilishi asta sekin odatga aylanib qoladi: harakat aktining biror bir qismi qanday bajarilish ustida tobora kamroq fikr yuritiladi: yetarli darajada o’ylab sinab ko’rilgan va odat bo’lib qolgan harakatlarga fikrni qaratishga endilikda zaruriyat kolmaydi va asta-sekin harakat avtomatlashib boradi. SHunday qilib ko’nikma reflektorli harakat aktlari tizimi bilan mustaxkamlangan malakaga aylanadi. Avtomatlashgan bilan umuman harakat aktini ongli ravishda bajarishga ongning ishtirokiga extiyoj qolmaydi. Malaka hosil bo’lish davrida ong yo’q bo’lib ketmaydi, balki o’z rolini almashtiradi.
Malakaning hosil bo’lishi jarayonida alohida harakatlarining avtomatlashishi bilan birga bu harakatlar tuzilishning nisbatan doimiy fazoviyligi, vaqtligigi va kuchliligi bilan bir butun aktga harakatlarga birlashishi yuzaga keladi. Bu harakatlarning yengil, ritmik, tejamli bo’lishini ta’minlaydi.
Malaka o’sishining eng yuqori bosqichida suzishda suvni xis etish, o’yinda o’yinni xis etish, konki bilan figurali uchish belni xis etish singari ixtisoslashgan sohaga hos tassavurlar paydo bo’ladi.
Harakat malakasining barqarorligini, haraqat amalining o’zgaruvchanligini ajratib bo’lmaydi. Malakaning mustaxkamlanib borishi bilan harakat aktini uni texnika asosini saqlagan holda har xil varianti imkoniyati ko’rish imkoniyati paydo bo’ladi. (Masalan: gimnastik to’singa egilib ko’tarilish mashqini har xil holda bajara oladi. CHang’ichilar va yugiruvchilar joyning relefiga muvofiq holda yugirish texnikasini o’zgartira oladi). Harakatni gavdani har xil holatida ham boshlash ham tugallash oson bo’lib qoladi va bu o’zgarilgan harakatni boshqa harakatlar bilan qo’shib bajarishga imkon beradi: tashqi noqulay sharoitlarda (tashqi kuch qarshiligi) samarali harakat qilish imkoniyatini beradi. Bu o’zgaruvchanlikka harakat aktining tayyorlanish, to’ldirish va yakunlash vazifasini o’zgarishlar natijasida erishiladi.

Download 6,68 Mb.
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   114




Download 6,68 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O`zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

Download 6,68 Mb.