Tezkorlikni tarbiyalash jarayonida oddiy reaktsiyaning mavjudligi, uning maqsadi, vazifalari va tarbiyalash metodikasi




Download 6,68 Mb.
bet65/114
Sana10.06.2024
Hajmi6,68 Mb.
#262162
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   114
Bog'liq
Taza JMN OMK 2 kurs UZB 2021

Tezkorlikni tarbiyalash jarayonida oddiy reaktsiyaning mavjudligi, uning maqsadi, vazifalari va tarbiyalash metodikasi.
Tezkorlikni tarbiyalash jarayonida oddiy va murakkab reaktsiyalar mavjud: Oddiy reaktsiya - bu oldindan ma’lum bo’lgan signallarga ma’lum bo’lgan harakat bilan javob berishlar va ongli ravishda avtomatlashmagan holda bajarilishi. Masalan: komandaga binoan start olish.
Murakkab reaktsiya - bu oldindan ma’lum bo’lmagan signalga ma’lum harakat bilan javob berish va avtomatlashgan holda bajarish. Oddiy reaktsiyani tarbiyalashda quyidagi metodlar qo’llaniladi:
1. Ko’proq qo’llaniladigan metodlardan biri - bu takroriy metod. Masalan: startdan takroriy yugirish, o’qituvchining signali bo’yicha harakat yo’nalishini o’zgartirish; boksda - sherigining oldindan ma’lum zarbasiga himoya harakatlari. 2. Qismlab o’rgatish metodi - bu metodda reaktsiya tezligini yengillashtirilgan sharoitlarda va keyingi harakatlar tezligini ayrim-ayrim takomillashtiriladi. Masalan: pastki startdan yugirishdagi reaktsiya vaqti, boshlangich harakatni bajarish qiyinchilik sababliri ancha cho’zilib ketadi. CHunki "sprint" qo’liga anchagina tana og’irligi bosadi. Uni tayanchdan tez olish qiyin. Bunday hollarda start signaliga tezlik reaktsiyasini oshirish uchun alohida ishlar olib boriladi. Masalan: startdan biror buyumlarga tayangan holda chiqiladi. 3. Sensor metodi - bu metod mikro masofalarga yugurish uchun ketgan vaqtni sezish va shu asosda harakat reaktsiyasini tarbiyalash. Bu mashqlar 3 bosqichda o’tkaziladi:
I-bosqichda shug’ullanuvchi signalga maksimal tezlik bilan javob berishga intilib harakat bajaradi. Har qaysi sinovdan so’ng o’qituvchi unga ko’rsatgan vaqtini aytadi.
II- bosqichda - harakat oldindagiga o’xshab maksimal tezlik bilan bajariladi. Bu yerda o’qituvchi o’kuvchidan masofani qancha vaqtda o’tganligini so’raydi, so’ng haqiqiy vaqtini aytadi.
III- bosqichda - endi o’quvchidan oldindan kelishilgan vaqtda yugirish talab etiladi.
SHunday qilib o’quvchi reaktsiya tezligini boshqarishni o’rganadi. Murakkab reaktsiyani tarbiyalash metodikasi.



Download 6,68 Mb.
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   114




Download 6,68 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tezkorlikni tarbiyalash jarayonida oddiy reaktsiyaning mavjudligi, uning maqsadi, vazifalari va tarbiyalash metodikasi

Download 6,68 Mb.