• Jismoniy mashqlar shiddatiga ko’ra turkumlarga zonalarga bo’linishi.
  • CHidamlilik harakat sifatiga umumiy xarakteristika




    Download 6,68 Mb.
    bet66/114
    Sana10.06.2024
    Hajmi6,68 Mb.
    #262162
    1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   114
    Bog'liq
    Taza JMN OMK 2 kurs UZB 2021

    CHidamlilik harakat sifatiga umumiy xarakteristika.
    CHidamlilikni tarbiyalash metodikasi. Biror bir faoliyatda charchoqqa qarshilik ko’rsatish qobiliyati chidamlilik deb ataladi. Agar kishi biror bir ishni bajarayotgan bo’lsa, u birmuncha vaqtdan so’ng bu ishni bajarish tobora qiyinlashib borayotganini sezadi. CHetdan qaraganda bu kishining holati ancha o’zgarganligini ko’rish mumkin. Bu o’zgarishni mimika usullari kuchlanishida, ter paydo bo’lishida ko’rish mumkin. Ayni vaqtda uning organizmida birmuncha jiddiy fiziologik o’zgarishlar ham ro’y beradi.
    Qiyinchiliklar ko’payib borishiga qaramasdan, kishi iroda kuchi hisobiga dastlabki ishning shiddatligini birmuncha vaqt saqlab turish mumkin. Bunday holatni kompensatsiyali charchash fazasi deyiladi. Agar iroda kuchi ortganiga qaramay ishning shiddatligi pasaysa, dekompensatsiyali charchash fazasi boshlanadi. Ishlash natijasida kishi ishlash qobiliyatining vaqtinchalik kamayishi charchash deb ataladi. Bu qiyinchilik ortishida yoki ishni avvalgidek samarador bajarish mumkin bo’lmay qolishida ifodalanadi. Agar bir necha kishiga bir xil vazifani bajarish tavsiya etilsa, ular turli vaqtdan so’ng charchaydilar. Bunga sabab shu kishilardagi chidamlilikni xilma-xil bo’lishidir.


    Jismoniy mashqlar shiddatiga ko’ra turkumlarga zonalarga bo’linishi.
    Ko’pincha organizmning aynan shu tizimdagi funktsional imkoniyatlarining yetarlicha bo’lmasligi ish qobiliyatini cheklab quyadi.
    SHuning uchun ma’lum bir lokal mashqlarda ko’rsatadigan chidamlilik barcha muskullarga ta’sir etadigan mashqlardagi yuksak chidamlilikdan dalolat bermaydi. Masalan, bir oyoqda juda ko’p marta (150-200) o’tirib turgan holda nisbatan yomon chang’ichi yoki stayyor bo’lishi mumkin.
    CHidamlilikni tarbiyalash jarayonida organizmning umumiy chidamlilikni va chidamlilikning maxsus turlarini belgilab beradigan funktsional xususiyatlarini har tomonlama o’stirishning bir qator vazifalarini hal etish talab qilinadi.
    Yugurish (kross), suzish sport turlarida deyarli barcha mushaklar qatnashadi. SHuning uchun jismoniy mashqlar shiddatiga ko’ra ham turkumlarga bo’linadi. Hozirgi kunda (V.S. Farfel) 4 nisbiy quvvat zonalari qabul qilingan.
    1. Maksimal quvvat zonasi
    2. Submaksimal quvvat zonasi
    3. Katta quvvat zonasi
    4. O’rta quvvat zonasi
    Ish jarayonida charchoq paydo bo’lganiga qaramay, mashqni davom ettirish, albatta zarur bo’ladigan katta hajmdagi, ancha zerikarli va og’ir ishni bajarmay turib, bu vazifalarni hal qilishni tasavvur etish ham qiyin. SHu munosabat bilan irodaviy fazilatlarga alohida talablar qo’yiladi. CHidamlilikni tarbiyalash mexnatsevarlikni, katta jismoniy yuklanishlarga nihoyatda xorg’inlik xissiga bardosh berishga tayyor turishni tarbiyalash bilan birga olib boriladi. CHidamlilikni tarbiyalashdagi jismoniy yuklanish quyidagi 5 ta asosiy komponent bilan nisbatan to’la xarakterlanadi:
    1. Mashqning absolyut shiddatligi (harakat tezligi)
    2. Mashqning davomiyligi;
    3. Dam olish intervallarining davomiyligi;
    4. Dam olish xarakteri
    5. Mashqlarning takrorlanish soni.
    Kishining chidamlilikni talab qiladigan mashqlardagi funktsional imkoniyatlari bir tomondan, tegishli harakat malakalari texnikani egallash darajasi bilan belgilansa, ikkinchi tomondan, organizmning aerob va anaerob imkoniyatlari bilan belgilanadi. Nafas olish imkoniyatlari uncha muxsus emas, ular harakatlarning tashqi shakliga juda ham bog’liq bo’lmaydi. SHuning uchun agar kishi mashqlar yordamida, masalan, yugirishda o’zining aerob imkonitlari darajasini oshirgan bo’lsa, bu boshqa harakatlarni bajarishga - yugurishga yoki chang’ida yug’urishda ham ta’sir etadi.



    Download 6,68 Mb.
    1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   114




    Download 6,68 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    CHidamlilik harakat sifatiga umumiy xarakteristika

    Download 6,68 Mb.