• Splayn chiziqlar
  • Poligonal ob`ektlar
  • O`zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o`rtа mаxsus tа`lim vаzirligi




    Download 0,49 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/5
    Sana10.06.2024
    Hajmi0,49 Mb.
    #262179
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    3d max asosiy tushunchalar 3d

    Geometrik ob`ektlar. 
    Geometrik ob` ektlarni ko`rishda juda kuchli va keng 
    tarkalgan 3D paket Discreet kompaniyasi 3D Studio Max dasturini tanlab uning 
    misolida ob`ektlarning asosiy turlari va modellashtirish texnologiyasini ko`rib 
    o`tamiz. Bu dastur yordamida geometrik ob`ektlarning quyidagi turlari qurilishi 
    mumkin. 
    Splayn chiziqlar 
    (Spline Curves) - boshqa sirt yoki shakllarni ko`rishda 
    ishlatiladigan va shu tartibda qurilgan (Beze yoki Nurbs) chiziqlar. Ularni harakat 
    troyektoriyalarini ifodalash uchun ham ishlatish mumkin. 
    1-rasm. Chiziq,
    muloqot chiziqlari 
    Masalan, Beze chiziqlari uchun, xususiy holda, boshlang`ich shakl va chiziqlar 
    to`plami aniqlangan bo`lib (masalan, tekst, aylana, ellips) ular keyinchalik aniq 
    shakllar ko`rishda ishlatilishi mumkin. 


    Poligonal ob`ektlar 
    (polugonal objects) — bular o`zgarib turuvchi 
    parametrlar bilan ifodalanuvchi (masalan uzunlik, radius) poligonal boshlang`ich 
    shakllar (polygonal primitives) yoki polugonal turlardir (polugonal meshes). 
    Poligonal turlar juft-jufti bilan uchlarni tutashtiruvchi qirralar sifatida aniqlanadi. 
    Boshlang`ich shakllar (primitiv) ni ishlatish dizaynerga (dasturga ham) 

    ob`ekt 
    shaklini o`zgartirishni ancha osonlashtiradi. Shunda 3D - boshlang`ich (primitiv) 
    shakllarni (masalan sfera yoki silindr) namoyish etishda, ularning shakli qirralar 
    yordamida berilgan aniqlikda almashtiriladi. Poligonal 

    ob`ekt sirti tekis 
    yoqlardan iborat bo`lgani uchun, ularga namoyish silliqligini berishda turli 
    silliqlash algoritmlari foydalaniladi. Bu texnologiya asosan 3D o`yinlarni va virtual 
    borliqni yaratishda keng qo`llanadi. 
    2-rasm. 
    Beze sirti. 
    Beze sirtlari (Bezier patches) - bu Beze cho`qqilarining joylashishi bilan 
    silliq sirtlardir. Bu cho`qqilar sirtga urinma vektorlar (tangent) uchlarida 
    joylashgan qo`shimcha boshqaruvchi nuqtalar (control points) yordamida sirtni 
    egriligini aniqlaydi. 


    Bu sirtlar hisoblash tizimi uchun ma`lum qiyinchiliklarni tug`dirishiga 
    qaramay, ular yordamida murakkab egri chiziqli ob`ektlarni modellashtirish 
    mumkin. 

    Download 0,49 Mb.
    1   2   3   4   5




    Download 0,49 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O`zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o`rtа mаxsus tа`lim vаzirligi

    Download 0,49 Mb.
    Pdf ko'rish