O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi




Download 466.35 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/40
Sana18.08.2023
Hajmi466.35 Kb.
#78882
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   40
Bog'liq
Kitob 5990 uzsmart.uz

 
 
 
 
 


14 
1.2. Bo’lajak o’qituvchilarning kasbiy mahoratini shakllantirish omillari. 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda Prezidentimiz tomonidan 
qabul qilinayotgan har bir Qarorda barkamol avlod tarbiyasi va ulaming kasbiy 
mahoratini awalo ta’lim muassasalarida oshirib borishga jiddiy e’tibor 
qaratilmoqda. Xususan 2010 yilning “Barkamol avlod yili” deb e’lon qilinishi ham 
pedagoglar va tarbiyachilar zimma- siga ulkan mas’uliyatlar yukladi. Jumladan, 
Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimovning “Barkamol avlod yili” Davlat dasturi 
to’g‘risidagi Qarorida “Mamlakatimizda sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash, 
yoshlarning o’z ijodiy va intellektual salohiyatini ro’yobga chiqarishi, mamlakatimiz 
yigit-qizlarini XXI asr talablariga to’liq javob beradigan har tomonlama rivojlangan 
shaxslar etib voyaga yetkazish uchun zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlami yaratish 
bo’yicha keng ko’lamli aniq yo’naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish”
2
muhim 
vazifa sifatida belgilangan. Ushbu vazifalami bekamu ko’st amalga oshirilishi uchun 
bugungi kunda awalo, bo’lajak o’qituvchilaming saviyasini va bilimini uzluksiz 
takomillashtirib borishga mustahkam zamin yaratilishi kerak. Oliy pedagogik ta’lim 
muassasalarida ushbu muammolaming echimini topishda “Pedagogik mahorat” fanini 
chuqur o’rganish muhim ahamiyat kasb etadi. 
Pedagogik mahorat nirna? Uning mohiyati nimalardan iborat? Ularni egallash 
uchun nimalami bilish kerak? Hozirgi zamon pedagogikasi va psixologiyasi 
«pedagogik mahorat» tushunchasiga turlicha izoh beradi. Jumiadan, “Pedagogik 
ensiklopediya”da ta’rif quyidagicha izohlangan: “O’z kasbining mohir ustasi bo’lgan, 
yuksak darajada madaniyatli, o’z fanini chuqur biladigan, yondash fanlar sohalarini 
yaxshi tahlil eta ola- digan, tarbiyalash va o’qitish uslubiyatini mukammal egallagan 
muta- xassis”. Ushbu ta’rifning mohiyatidan kelib chiqib o’qituvchining pedagogik 
mahorati tushunchasi mazmunini shunday izohlash mumkin: 
1. Madaniyatning yuqori darajasi, bilimdonlik va aql-zakovatning yuksak 
ko’rsatkichi. 
2
"ADOLAT’ ijtimoiy siyosiy gazelasi. - Toshkent, 2010. 
№ 4, 29 yanvar.


15 
2. O’z faniga doir bilimlaming mukammal sohibi. 
3. Pedagogika va psixologiya kabi fanlar sohasidagi bilimlarni puxta 
egallaganligi, ulardan kasbiy faoliyatida foydalana olishi. 
4. O'quv - tarbiyaviy ishlar metodikasini mukammal bilishi. 
Pedagogik mahorat tizimi quyidagi o’zaro bir-biri bilan bog‘liq 
bo'lgan asosiy komponentlardan iborat: 
1. Pedagogik insonparvarlik talablariga bo’ysunishi. 
2. Kasbga oid bilimlarni boshqa fanlar bilan aloqadorlikda mukammal bilish. 
3. Pedagogik qobiliyatga ega boTish. 
4. Pedagogik texnika sirlarini puxta egallash, 
Barcha kasblar orasida o’qituvchi]ik kasbi o’zgacha va muhim ijti- moiy ahamiyat 
kasb etadi. Zero, o’qituvchi yosh avlod qalbi kamoloti- ning me’mori, yoshlarga 
ta’lim-tarbiya beruvchi insondir. Bugungi kunda u yoshlami g‘oyaviy - siyosiy 
jihatdan chiniqtirib tabiat, jamiyat, ijtimoiy hayot, tafakkur taraqqiyoti 
qonuniyatlarini o’rgatadi, yoshlarni mehnat faoliyatiga tayyorlab, kasb- hunar 
sirlarini puxta egallashlarida ko’maklashadi va jamiyat uchun muhim bo’lgan 
ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatlarni hal etadi. Ana shu mas’uliyat o’qituvchidan o’z 
kasbining mohir ustasi bo’lishni, o’quvchilarga tarbiyaviy ta’sir ko'rsatib, ulaming 
qiziqishi, qobiliyati, iste’dodi, e’tiqodi va amaliy ko'nikmalarini har tomonlama 
rivojlantirish yo'llarini izlab topadigan kasb egasi bo'lishni talab etadi. Buning uchun 
doimo o'qituvchilarning kasbiy mahoratini, ko’nikma va malakalarini oshirib borish, 
ularga har tomonlama g‘am- xo’rlik qilish, zarur shart - sharoitlar yaratish, kerakli 
moddiy va ilmiy - metodik hamda texnik yordam ko’rsatish, 
о‘qituvchilaming ijodiy 
tashabbuskorligini muntazam oshirib borishga ko’maklashish lozim. 
Shunga asosan, «Pedagogik mahorat» fani, mahoratli 
о‘ qituvchilami tayyorlashga 
xizmat qiladi, o’qituvchilar va tarbiyachilarning kasbiy faoliyati sirlarini, mohirligini 
o’rgatuvchi va uni takomillashtirish to’g‘- risida ma’lumotlar berib boruvchi fan 
bo’lib, o’qituvchilarda pedagogik mahoratning mohiyat mazmunini, hozirgi zamon 
talablari doirasida kasbiy faoliyatini rivojlantirishning yoilarini, vositalarini, 
shakllarini o’rganadi. 


16 
Pedagogik mahorat o’qituvchilar va tarbiyachilarga pedagogik ijodkorlik, 
pedagogik texnika, ta’lim - tarbiya jarayonida qituvchi va o’quvchilaming o’zaro 
hamkorligi, muloqot olib borish taktikasi, nutq madaniyati, tafakkuri, tarbiyachining 
ma’naviy - ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarini tashkil etish va amalga oshirish, bu 
jarayonda xulq - atvorni va hissiyotni jilovlay olish xususiyatlarini o’rgatadi va o’z 
kasbini rivoj- lantirib boruvchi pedagogik faoliyatlar dzimi to’g‘risida ma’lumotlar 
beradi. Pedagogik mahorat o’qituvchilaming pedagogik faoliyati zami- rida 
takomillashib boradi. 
Pedagogik faoliyat yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash uchun jamiyat 
oldida, davlat oldida javob beradigan, ta’lim-tarbiya beri- shda maxsus tayyorlangan 
o’qituvchilar mehnati faoliyatidir. Bo'lajak o’qituvchilar o’z pedagogik faoliyati 
jarayonida faoliyatning quyidagi tarkibiy qismlarini bilishi lozim: 

Download 466.35 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   40




Download 466.35 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi

Download 466.35 Kb.
Pdf ko'rish