• II BOB. FONOLOGIK OPPOZITSIYA VA KORRELYATSIYA 2.1 Fonologik oppozitsiya
  • Fonemalarning differensial belgilari




    Download 357,23 Kb.
    bet3/6
    Sana27.11.2023
    Hajmi357,23 Kb.
    #106344
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Mavzu Fonema-fayllar.org
    7-mavzu, PYTHON dasturlash tilida oyin yaratish (2), shabalin (1), Darsni interfaol metodlarda tashkil etish, 12695 2 1F78141C8FE347CF075407B8659ABEF4B14CF9DE (1), 6-sinf-barcha-chorak-uchun-matematika-test-4, Anushteginiylar davlati, 0198002, ANKETA SOʻROVI TUSHUNCHASI, USLUBIY AFZALLIKLARI VA KAMCHILIKLARINI (2), 2 course reading and writing lesson 4, 8-sinf answers (2)-Copy, 3-sinf answers (2)-Copy, EA (amaliy uslubiy). , Buxoro davlat universiteti evolutsiya nazariyasi fanidan mustaqi(1)
    1.2 Fonemalarning differensial belgilari
    Fonemalarning differensiail belgilari ularni bir-biridan farqlash uchun xizmat qiladigan alomatlaridir. Masalan, «к» undoshi o'zining jarangsizligi bilan jarangli «g» dan ajralib turadi. demak, «k»ning jarangsizligi, «g»ning esa jarangliligi bu ikki fonemaning differensial (farqlanadigan) belgilari sanaladi. Differensial belgilar fonemalarning fonologik xususiyatini belgilaydi — so'zning fonetik qobig'i va shu orqali uning ma’nosini farqlash uchun xizmat qiladi: kul va gul so'zlarining ma’nolari' ayni shu ikki fonemaning differensial belgilari (birining jarangsiz, ikkinchisining esa jarangli ekanligi) tufayli farqlanmoqda. Differensial belgilar faqat jaranglilik va jarangsizlik jihatidangina emas, balki fonemalar artikulatsiyasiga bog'liq holda tarkib topishi ham mumkin: «Ь» — lab-lab undoshi, «d» — til oldi (dental) undoshi. Artikulatsiya o'rnidagi bu tafovutlar borva dorso'zlarining fonetik qiyofasini va ma’nolarini farqlamoqda; «q» — portlovchi, «х» - sirg'aluvchi. Artikulatsiya usulidagi bu tafovutlar qolva xol so'zlarining tovush tarkibi va ma’nolarini farqlash uchun xizmat qilmoqda.
    Fonemalarning integral belgilari ularning o'zaro farqlanmaydigan alomatlaridir. Masalan, «к» va «g» undoshlarining har ikkalasi portlovchi, har ikkalasi sayoz til orqa fonemalardir. Demak, bu ikki fonema artikulatsiya usuli va artikulatsiya o'rniga ko'ra farqlanmaydi.


    II BOB. FONOLOGIK OPPOZITSIYA VA KORRELYATSIYA
    2.1 Fonologik oppozitsiya
    Fonologik oppozitsiya ikki fonemaning bitta farqlanish helgisi asosida o'zaro zidlanish hosil qilishidir. Masalan: «р» (jarangsiz) va «b» (jarangli) undoshlari jarangsiz-jarangli belgisi asosida bir oppozitsiyaga birlashadi: p-b kabi. Bu ikki fonemaning boshqa belgilari farqlanmaydi: p (lab-lab) — b (lab-lab): p (portlovchi) — b (portlovchi) kabi.
    Demak, undosh fonemalarga xos bo'lgan uchta fonologik belgidan - artikulatsiya o'mi, artikulatsiya usuli va jarangsizlik-jaranglilik belgilaridan faqat bittasi (so'nggisi) p-b oppozitsiyasiga asos bo'lgan. Shuning uchun u «birlik oppozitsiya» sanaladi
    Prof. A. Abduazizovning ta'kidlashicha hozirgi o‘zbek adabiy tili konsonantizmi tarkibida quyidagi birlik oppozitsiyalar bor
    1. Talaffuzda ishtirok etuvchi asosiy nutq a’zosi va to'siqning hosil
    bo'lish o'rniga ko'ra:
    a) labial-til oldi (dental, alveolyar) undoshlar oppozitsiyasi:
    (p-t) + (b-d) + (m-n) + (f-s) + (v-z) + (f-sh) + + (v-I) + (v-r);
    b) labial-til o'rta undoshlari oppozitsiyasi:(f-y) + (v-y);
    d) labial-til orqa undoshlari oppozitsiyasi: (p-k) + (b-g) + (f-x) + + (v-g');
    e) labial- bo'g'iz undoshlari oppozitsiyasi: (f-h) + (v-h);
    d) til oldi-til orqa undoshlari oppozitsiyalari: (t-k) + (t-q) + (d-g) + (s-x) + (z-g‘) + (n- ng);
    e)til oldi- bo'g'iz undoshlari oppozitsiyalari: (s-h) + (z-h) + (sh-h) + (j-h) + (ch-h) + (dj-h);
    Bunda ch-h va dj-h zidlanishlari «ikkilik oppozitsiya bo'ladi», chunki ularda «til oldi-bo'g'iz undoshi» belgisidan tashqari, ikkinchi differensial belgi ham bor: ch (qorishiq portlovchi) — h (sirg'a- luvchi), dj (qorishiq portlovchi) — h (sirg'aluvchi) kabi.
    2. Artikulatsiya usuli va to'siqning qanday hosil bo'lishiga ko'ra:
    a) portlovchi-sirg'aluvchi undoshlar oppozitsiyasi: (p-f) + (b-v) + (t-s) +
    + (d-z) + (t-sh) + (d-j) + (k-x) + (g-g‘) + (q-x) + (k-h) + (g-h);
    b) portlovchi- affrikatalar oppozitsiyasi: (t-ch) + (d-dj);
    d) sirg'aluvchi-affrikatalar oppozitsiyasi (sh-ch) + (j-dj); e) portlovchi-burun sonanti oppozitsiyasi: (b-m) + (d-n) + (g-r|);
    e) sirg'aluvchi-sonantlar oppozitsiyasi: (z-1) + (j-r);
    g) shovqinli sonant-burun sonanti oppozitsiyasi: (v-m) + (1-n) + (r-n);
    j) yon sonant-titroq sonant oppozitsiyasi: (l-r).
    3. Jarangsiz-jaranglilik belgilariga ko'ra: (p-b) + (t-d) + (s-z) + + (f-v) + (k-g) + (sh-j) + (ch-dj) + (х-g').
    Hozirgi o‘zbek adabiy tili vokalizmi tarkibida quyidagi oppozitsiyalar
    bor:
    1. Tilning uch darajali ko'tarilish belgisiga ko'ra:
    a) i (yuqori tor unli) — e (o'rta keng unli) = i-e oppozitsiyasi ;
    b) e ( o'rta keng unli) — a (quyi keng unli) = e-a oppozitsiyasi ;
    d ) i ( yuqori tor unli) — a (quyi keng unli) = i- a oppozitsiyasi;
    e) u (yuqori tor unli) — o' (o'rta keng unli) = u-o‘ oppozitsiyasi;
    f) o' (o'rta keng unli) — о (quyi keng unli ) = o‘-o oppozitsiyasi;
    g) u (yuqori tor unli) — о (quyi keng unli ) = u-o oppozitsiyasi.
    2. Lablanish-lablanmaslik belgisiga ko'ra;
    a) i (lablanmagan) — u (lablangan) = i-u oppozitsiyasi;
    b) e (lablanmagan) — o' (lablangan) = e-o‘ oppozitsiyasi;
    d) a (lablanmagan) - о (lablangan) = a-о oppozitsiyasi3.
    Eslatma: prof. A.Abduazizov va prof. A.Nurmonovning ta’kidlashicha, tilning yotiq (gorizontal) harakatiga asoslangan belgilar (unlilarning so'z shakllari tarkibidagi pozitsiyasiga bog'liq bo'lgan old va orqa qator ko'rinishlari) fonologik jihatdan ahamiyatsiz bo'lib, fonemaning asosiy belgilari qatoriga kirmaydi.
    Shuni alohida ta'kidlash kerakki, fonologik oppozitsiya turli til tovushlarini qarama-qarshi qo'yishga asoslanmaydi, chunki u muayyan bir tilning struktural birligidir va shu tilning o'zigagina xizmat qiladi. qolaversa, fonologik oppozitsiyalar hozirgi (amaldagi) tilning strukturaviv birliklari sanaladi,ular tarixan o'zgarib turishi ham mumkin. Masalan. turkiy va eski turkiy tillarda unli fonemalar tilning yotiq (gorizontal)
    harakatiga ko'ra old qator va orqa qator zidlanishlariga ega bo'lgan: (i-ы) +(y-u) + (e-o) + (э-а) kabi. Hozirgi o'zbek adabiy tilida esa bunday zidlanish o'zining fonologik xususiyatini yo'qotgan — fonemalar konvergensiyasi natijasida i-ы unlilari bitta «i» ga, y-u unlilari bitta «и» ga.
    e-o unlilari bitta «o'»ga, э-а unlilari esa bitta «a»ga birlashgan. Demak. fonologik oppozitsiyalar til taraqqiyotining muayyan bosqichiga nisbatan belgilanadi, ayni shu bosqichda bir fonema boshqa fonemaga bir xil pozitsiyada qarama-qarshi qo'yiladi: hozirgi o'zbek adabiy tilidagi «i» va «и» unlilari so'z boshida (ichva uch)yoki bir xil fonetik qurshovda (bir v-л bur, qish va qush) bir-biriga qarama-qarshi qo'yilgani kabi. Demak. «oppozitsiya» tushunchasi «fonema» va «pozitsiya» tushunchalari bilan uzviy bog'liqdir: fonemaning bo'lishi oppozitsiyaning bo'lishini. oppozitsiyaning bo'lishi esa pozitsiyaning bo'lishini taqozo qiladi.
    Eslatma: «pozitsiya» kategoriyasini birinchi bo'lib hamyurtimiz Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (780—850) kashf etgan. U o'zining «Hind arifmetikasi haqida kitob» («Hisob al-hind») asarida o'nlik sistemasi raqamlaridan (0, I, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9) foydalanib, katta sonlarni yozish tizimini ishlab chiqqan.Bu tizimga ko'ra raqam birinchi pozitsiyada birlikni, ikkinchi pozitsiyada o'nlikni, uchinchi pozitsiyada yuzlikni (to'rtinchi, beshinchi, ... pozitsiyalarda yanada kattaroq sonlarni) ifodalaydi: 0 (nol), 1 (bir), 10 (o'n), 100 (yuz); 2 (ikki), 20 (yigirma). 200 (ikki yuz)4 kabi.
    Keyinchalik «pozitsiya» tushunchasi til tizimiga ham tatbiq etilgan va fonologik oppozitsiya tushunchasining yuzaga kelishiga sabab bo'lgan.
    Fonologik oppozitsiyalar dialektikaning qarama-qarshiliklar birligi va kurashi, inkorni inkor qonunlariga tayangan holda shakllanadi, ularning strukturaviv birlik sifatidagi mohiyati ham shu qonunlarga asoslanadi.

    Download 357,23 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 357,23 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Fonemalarning differensial belgilari

    Download 357,23 Kb.