O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’limi vazirligi qo’qon davlat pedagogika instituti




Download 357,23 Kb.
bet5/6
Sana27.11.2023
Hajmi357,23 Kb.
#106344
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mavzu Fonema-fayllar.org
7-mavzu, PYTHON dasturlash tilida oyin yaratish (2), shabalin (1), Darsni interfaol metodlarda tashkil etish, 12695 2 1F78141C8FE347CF075407B8659ABEF4B14CF9DE (1), 6-sinf-barcha-chorak-uchun-matematika-test-4, Anushteginiylar davlati, 0198002, ANKETA SOʻROVI TUSHUNCHASI, USLUBIY AFZALLIKLARI VA KAMCHILIKLARINI (2), 2 course reading and writing lesson 4, 8-sinf answers (2)-Copy, 3-sinf answers (2)-Copy, EA (amaliy uslubiy). , Buxoro davlat universiteti evolutsiya nazariyasi fanidan mustaqi(1)
2.3. Ottenkalar tasnifi
Ottenkalar tilshunoslikda majburiy va individual turlarga ajratiladi.
1. Majburiy ottenkalar fonemaning so'z tarkibidagi yoki nutq oqimidagi fonetik qurshov ta'sirida yoki ma’lum fonetik pozitsiya talabi bilan o'zgargan ko'rinishlaridir. Ular o'z navbatida kombinator ottenkalar va pozitsion ottenkalarga bo'linadi: a) kombinator ottenkalar so'z tarkibidagi tovushlarning bir-biriga ta’siri natijasida yuzaga keladi. Masalan Jarangli «z» fonemasi mazkurso'zi tarkibida jarangsiz «к» undoshi ta'siriga uchraydi va jarangsiz «s» tarzida (maskur deb) talaffuz qilinadi;
b) pozitsion ottenkalar undosh fonemalarning so'z oxirida kelgan, unli fonemalarning urg'uli yoki urg'usiz, ochiq yoki yopiq bo'g'inlarda qo'llangan ko'rinishlaridir. Masalan, jarangli «Ь» va «d» fonemalari so'z oxirida jarangsiz «р» va «t» tarzida talaffuz qilinadi: tartib> tartip, omad > omat kabi.Bundagi «р» va «t» tovushlari jarangli «Ь» va «d» fonemalarining pozitsion ottenkalari sanaladi, «i» unlisi bilan so'zida qisqa va kuchsiz (urg'usiz bo'g'inda bo'lganligi uchun), o'rik so'zida kuchliroq (urg'uli bo'g'inda bo'lganligi uchun), bir so'zida tor (to'la yopiq bo'g'inda bo'lganligi uchun), endiso'zida esa biroz kengaygan holatda - endeshaklida (so'z oxiridagi ochiq bo'g'inda bo'lganligi uchun) talaffuz etiladi. Bu ko'rinish- laming barchasi bitta «i» fonemasining turli pozitsion ottenkalari hisoblanadi;
d) fonema ottenkalarining yuzaga kelishida ba’zan kombinator va pozitsion omillar birga qatnashadi, natijada fonemaning kombinatorpozitsion ottenkasi(aralash ko'rinishi) shakllanadi. Masalan, old qator «i» fonemasi qitichso'zining birinchi bo'g'inida «q» ning ta’siriga duch kelib, «ы» ga moyil talaffuz etiladi(kombinator ottenka), ayni paytda urg'usiz bo'g'inda bo'lganligi uchun bu fonema kuchsizlanadi (pozitsion ottenka).
Fonemalarning kombinator va pozitsion ottenkalari tilshunoslikda shu fonemalarning allofonlari deb ham yuritiladi.
Har bir fonema nutq oqimida o'zining yuqoridagi ottenkalaridan biri shaklida namoyon bo'ladi, bunday ottenkalar ichida bittasi shu fonema uchun tipik bo'ladi — kam o'zgaradi yoki butunlay o'zgarmaydi: fonema­ larning kuchli pozitsiyadagi ko'rinishlari bunga misol bo'ladi. Masalan, daraxtso'zi boshida yoki bodomso'zi o'rtasida qo'llangan «d» fonemasining akustik-artikulatsion belgilari shu fonemaning alohida (nutqdan tashqarida) olingan belgilaridan deyarli farq qilmaydi. Fonemaning bunday ko'rinishi shu fonemaning asosiy ottenkasi yoki fonema qatoridagi dominanta deb qaraladi. Qolgan barcha ko'rinishlar esa asosiy bo'lmagan (notipik) ottenkalar sanaladi. Notipik ottenkalar fonetik qurshovdagi tovushlarga ko'proq darajada qaram bo'ladi;
e) majburiy ottenkalarning adabiy so'zlashuvga va jonli so'zlashuvga xoslangan uslubiy ottenkalari ham uchraydi: ko'ylak («1» — adabiy so'zlashuvga xos) > ko'ynak («п» — jonli so'zlashuvga xos), qarmoq («г» — adabiy so'zlashuvga xos) > qalmoq («1» - jonli so'zlashuvga xos) kabi. Fonemalarning uslubiy ottenkalaridan uslubiy (stilistik) maqsadlarda
foydalaniladi. So'zlovchi va tinglovchining xotirasida, odatda, fonemaning asosiy ottenkasi «o'rnashib qolgan» bo'ladi, shu bois inson nutq oqimida fonemaning o'zga^gan ottenkasi qo'llanganligini sezmaydi, uni asosiy ottenka sifatida qabul qiladi: fonemaning lingvistik-funksional (fonologik) xususiyati shuni taqozo etadi. Masalan, tub va tup so'zlari oxiridagi «Ь» va «р» fonemalari bir xil talaffuz etiladi: tup (1) va tup (2) kabi, ammo inson bu ikki so'zning ma’nolarini farqlashda qiynalmaydi, chunki tub sokzining oxiridagi fonemaning aslida «р» emas, «Ь» ekanligi uning xotirasida mustahkam o'rnashib qolgan. Demak, fonemalarning til va nutqdagi tanituvchi funksiyalari realizatsiyasida ularning fizik-akustik belgilari emas, lingvistik- funksional belgilari muhim rol o'ynaydi. Bularni o'rganish fonologiyaning vazifasi hisoblanadi.
2. Individual ottenkalar ayrim kishilaming talaffuzidagi o'ziga xosliklar (masalan, erkak va ayollardagi ovoz tafovutlari) tufayli yoki nutq a’zolaridagi nuqsonlar sababli yuzaga keladigan tovush ko'rinishlaridir. Bunday ottenkalarning lingvistik qiymati yokq, shunga ko'ra ular tilshunoslikda o'rganilmaydi.
3. Fakultativ variantlar fonemaning bir xil fonetik pozitsiyadagi ikki xil ko'rinishidir. Chunonchi, shohiso'zidagi «h» shu pozitsiyada (intervokal holatda) «у» ko'rinishida ham, «h» ko'rinishida ham namoyon bo'ladi; shohi — shoyi, Tohir— kabi. Shuningdek, sirg'aluvchi «s» fonemasi jonli so'zlashuvda so'z boshida «ch» ko'rinishida ham qo'llanadi5: soch- choch, sochiq - chochiq, sachratmoq - chachratmoq kabi.
XULOSA
a) fonemalar til mexanizmida muhim ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan mustaqil birliklardir: ular so'z va morfemalaming tovush qobig'ini (ifoda planini) farqlash bilan birga, shu so'z yoki morfemalaming ma’nolarini farqlash vazifasini ham bajaradi; b) fonemalarda differensial (farqlanadigan) va integral (farqlanmaydigan) belgilar mavjud bo'lib, ulardan birinchisi (differensial belgi) fonologik jihatdan relevant belgi, ikkinchisi (integral belgi) esa fonologik jihatdan norelevant belgihisoblanadi;

d) ikki fonemaning qarama-qarshi qo'yilayotgan differensial belgilari shu fonemalarni bitta oppozitsiyaga birlashtiradi, bir farqlanish belgisiga asoslangan ikki va undan ortiq oppozitsiyalar esa korrelatsiyalarga uyushadi. Demak, oppozitsiyalardagi farqlovchi belgilar korrelyatsiyada birlashtiruvchi belgiga aylanadi;


e) korrelatsiyalar o'z navbatida bir-biri bilan ulanib, bir butun tizimni- fonologik sistemani hosil qiladi, bunda oppozitsiya sistemaning quyi pog'onasi (yadrosi). Korrelatsiya esa uning yuqori pog'onasi bo'ladi


Download 357,23 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 357,23 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’limi vazirligi qo’qon davlat pedagogika instituti

Download 357,23 Kb.