O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’limi vazirligi qo’qon davlat pedagogika instituti




Download 357,23 Kb.
bet4/6
Sana27.11.2023
Hajmi357,23 Kb.
#106344
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mavzu Fonema-fayllar.org
7-mavzu, PYTHON dasturlash tilida oyin yaratish (2), shabalin (1), Darsni interfaol metodlarda tashkil etish, 12695 2 1F78141C8FE347CF075407B8659ABEF4B14CF9DE (1), 6-sinf-barcha-chorak-uchun-matematika-test-4, Anushteginiylar davlati, 0198002, ANKETA SOʻROVI TUSHUNCHASI, USLUBIY AFZALLIKLARI VA KAMCHILIKLARINI (2), 2 course reading and writing lesson 4, 8-sinf answers (2)-Copy, 3-sinf answers (2)-Copy, EA (amaliy uslubiy). , Buxoro davlat universiteti evolutsiya nazariyasi fanidan mustaqi(1)
2.2. Korrelyatsiya haqida tushuncha
Korrelatsiya - ikki va undan ortiq oppozitsiyalarning bir farqlanish belgisi asosida uyushib kelishidan tarkib topgan tagsistema (mikrosistema). Masalan,o'zbek tili undoshlari «labial — til oldi» farqlanish belgisi asosida (p-t) + (b-d) + (m-n) + (f-s) + (v-z) + (f-sh) + (v-l) + (v-r) korrelatsiyasiga, «labial-til orqa» farqlanish belgisi asosida;
(p-k) + (b-g) + (f-x) + (v-g‘) korrelatsiyasiga,
«til oldi - til orqa» farqlanish belgisi asosida;
(t-k) + (t-q) + (d-g) + (s-x) + (z-g‘) + (n-ng) korrelatsiyasiga,
«portlovchi — sirg'aluvchi» farqlanish belgisi asosida;
(p-f) + (b-v) + (t-s) + (d-z) + (t-sh) + (d-j) + (k-x) + (g-g') + (q-x) + (k-h) + (g-h) korrelatsiyasiga uyushadi;
(korrelatsiyalar miqdori va turlari yuqoridagilar bilan cheklanmavdi).
Odatda, oppozitsiyadagi differensial (farqlovchi) belgi korrelatsiyada integral (farqlanmaydigan, birlashtiruvchi) belgiga, oppozitsiyadagi integral belgi esa korrelatsiyada differensial belgiga aylanadi. Masalan, (p-b) oppozitsiyasidagi jarangsizlik (p) va jaranglilik (b) farqlovchi belgisi korrelatsiyadagi (p-b) + (t-d) + (s-z) + (f-v) + (k-g) + (sh-j) + (ch-dj) + + (х-g') oppozitsiyalarining barchasi uchun umumiydir, ayni paytda (pb) dagi integral belgilar (lab-lab, portlovchi) bu oppozitsiyani korrelatsiyadagi boshqa oppozitsiyalardan farqlaydi (demak, differensial belgi vazifasini bajaradi). Qiyos qiling: p-b (lab-lab) + t-d (til oldi-tish) + k-g (sayoz til orqa) + p-b (portlovchi) + f-v (sirg'aluvchi) kabi.
Tilshunoslikda fonologik oppozitsiyalar tasnifining yana bir necha ko'rinishlari bor. Shulardan biri taniqli fonolog N.S. Trubetskoyga mansubdir. U fonologik oppozitsiyalarni uch asosga ko'ra tasnif qiladi:
Birinchi asos oppozitsiya bilan sistema o'rtasidagi munosabatga ko'ra belgilanadi. Bu belgi asosida oppozitsiyalar quyidagicha tasnif qilinadi:
1. Bir o'lchovli oppozitsiyalar. Bunda bir oppozitsiya a’zolariga xos bo'lgan belgilar yig'indisi shu sistema tarkibidagi boshqa oppozitsiyalarning a’zolarida uchramaydi. Masalan: (p-b)dagi «lab-lab, portlovchi» belgisi (td)da yo'q, (t d)dagi «til oldi, portlovchi» belgisi (k-g)da yo'q, (k-g)dagi «til orqa, portlovchi» belgisi (s-z)da yo'q, (s-z) dagi «til oldi-dental, sirg'aluvchi» belgisi (sh-j)da yo'q, (sh-j)dagi «til oldi-tanglay, sirg'aluvchi» belgisi (ch-dj)da yo'q. Shuning uchun (p-b) oppozitsiyasi tarkibida uchinchi a’zo uchramaydi. Bu xususiyat «jarangli-jarangsiz»lik farqlanish belgisi asosida uyushib kelgan korrelatsiya (tagsistema) tarkibiga kirgan barcha juftliklarga xos.
Bir o'lchovli oppozitsiyalar ba’zan «bilateral oppozitsiyalar» deb ham nomlanadi
2. Ko'p o'lchovli oppozitsiyalar. Bunda bir oppozitsiya a’zolaridagi belgilar shu sistemadagi boshqa oppozitsiya tarkibiga kiruvchi fonemaga ham xos bo'ladi. Masalan: (b-d)dagi «portlovchi-jarangli»lik belgisi (d-g)dagi «g» fonemasida ham bor (b-d-g), (p-t)dagi «portlovchi-jarangsiz»lik belgisi esa (t-k)dagi «к» undoshida ham mavjud (p-t-k).
3. Proporsional oppozitsiyalar. Bunda bir oppozitsiya a’zolaridagi farqlanish belgilari shu sistemadagi (yoki tagsistemadagi) barcha oppozitsiyalarga xos bo'ladi. Masalan; «jarangsiz-jarangli»lik farqlanish belgisi shu belgi asosida tarkib topgan korrelatsiya a’zolarining barchasida bor:
(p-b) + (t-d) + (s-z) + (f-v) + (k-g) + (sh-j) + + (ch-dj) + (х-g') kabi.
4. Yakkalangan oppozitsiya. Bunday oppozitsiya a’zolari o'rtasidagi aloqa boshqa oppozitsiyalarda takrorlanmaydi. Masalan; o'zbek tilidagi
(1-r) oppozitsiyasiga xos «yon sonant» va «titroq sonant» farqlanish belgisi
boshqa biror oppozitsiyada yo'q
Ikkinchi asos oppozitsiya a’zolari o'rtasidagi munosabatga tayanadi.
Bu belgi asosida oppozitsiyalar quyidagicha tasnif qilinadi:
1. Privativ oppozitsiya. Bunday oppozitsiya a’zolaridan birida bor bo'lgan
belgi shu oppozitsiyaning ikkinchi a’zosida bo'lmaydi: «b»dagi «jaranglilik» belgisi «p»da yo'q, «d»dagi «jaranglilik» «t»da yo'q. Demak, bunday oppozitsiya a’zolaridagi belgilar bir-birini inkor etishga (inkorni inkor qonuniga) asoslanadi: b-p (jarangli - jarangsiz), d-t (jarangli-jarangsiz), t-s (portlovchi-sirg'aluvchi) kabi.
2. Gradual (pog'onali) oppozitsiya. Bunday oppozitsiya fonemalardagi
farqlanish belgisining darajalanishiga asoslanadi. Masalan, i-e-a, u-o'-o unlilarida ana shunday darajalanish bor: i (tor) — e (o'rta keng) — a (keng), u (tor) — o' (o'rta keng) — о (keng) kabi. Bularning barchasida til bilan tanglay orasidagi masofa «tor»dan «keng»ga qarab darajalanib
bormoqda.
Darajalanish xususiyati undoshlar oppozitsiyasida ham kuzatiladi:
t (portlovchi) — ch (qorishiq) — sh (sirg'aluvchi).
Bunda qorishiq «ch»dagi «portlash-sirg'alish» belgisi uning portlovchi «t» bilan sirg'aluvchi «sh» o'rtasiga qo'yilishini taqozo qiladi. Gradual xarakterdagi zidlanish (b-d-g), (p-t-k) oppozitsiyalarida ham mavjud:
b (lab-lab) — d (til oldi-dental) — g (til orqa); p (lab-lab) — t (til oldi-dental) — к (til orqa).
Bulardagi gradatsiya artikulatsiya o'rnining iabdan tilning orqa qismiga qarab ko'chib borish darajasi bilan belgilanadi.
3. Ekvipolent oppozitsiya. Bunday oppozitsiya a’zolarida asosiy farqlovchi belgidan tashqari yana bitta qo'shimcha farqlovchi belgi ham mavjud bo'ladi Masalan, o'zbek tilidagi «i» va «и» unlilari «lablanmagan va lablangan» farqlanish belgisi asosida (i-и) oppozitsiyasi ni hosil qiladi, ammo bu oppozitsiya a’zolarida qo'shimcha farqlanish belgisi ham bor: i (lablanmagan, old qator) — и (lablangan, orqa qator) kabi. Bulardagi «lablanmagan, old qator» belgilari «lablangan, orqa qator» belgilariga teng qiymatli belgilar sifatida qarama-qarshi qo'yiladi. Bunday holat (е-o'), (a-о) oppozitsiyalarida ham kuzatiladi. O'zbek tili undoshlari tizimidagi t-sh, d-j zidlanishlari ham ekvipolent oppozitsiyalar sanaladi, chunki ularda ham zidlanish ikki belgiga asoslangan: t (til oldi-tish,
portlovchi) + sh (til oldi-tanglay, sirg'aluvchi) = t-sh oppozitsiyasi; d (til oldi-tish, portlovchi) + j (til oldi-tanglay, sirg'aluvchi) = d-j oppo­
zitsiyasi kabi.
Uchinchi asos oppozitsiya a'zolarining ma’no ajratish kuchiga va shu a'zolarning turli pozitsiyadagi xizmatiga tayanadi. Bunday asosga ko'ra oppozitsiyalarning quyidagi ikki turi farqlanadi:
1. Doimiy oppozitsiyalar. Bunday oppozitsiya a’zolari barcha pozitsiyalarda o'z farqlanish belgilarini yo'qotmaydi. O'zbek tilidagi (p-t), (s-sh) oppozitsiyalarida shunday holat kuzatiladi. Qiyos qiling: paxta- taxta (so'z boshida, unlidan oldin), opa-ota (intervokal holatda), topmoq- totmoq (so'z o'rtasida, sonordan oldin), ip-it (so'z oxirida); sim-shim (so'z boshida, unlidan oldin), asir-ashir (intervokal holatda), osmoq-oshmoq (so'z o'rtasida,sonordan oldin), tus-tush (so'z oxirida) kabi. Bunday doimiylik, barqarorlik oppozitsiyaning har ikkala a’zosi jarangsiz bo'lganda ko'proq uchraydi.
Zidlanishning bu turi ayrim manbalarda «konstant oppozitsiya» deb ham nomlanadi.
2. Neytrallashuvchi (mo'tadillashuvchi) oppozitsiya.Bunday oppozitsiya a’zolari kuchli pozitsiyada (mas., undoshlar so'zning boshida, ikki unli orasida yoki unlidan oldin qo'llanganda) o'zlarining farqlanish belgilarini yo'qotmaydi: bolva pol(b-p), dorva tor(d-t) kabi. Kuchsiz pozitsiyada (mas., so'z oxirida) esa ular neytrallashadi: «tub»dagi «Ь» undoshi jarangsiz «p»tarzida (tub > tup kabi), «qad»dagi «d» esa jarangsiz «t» tarzida (qad > qat kabi) talaffuz qilinadi, natijada, «b-р» va «d-t»ga xos «jarangli-jarangsiz»lik farqlanish belgisi yo'qolib, shu fonemalarga xos umumiy (integral) belgilar — «b-p»dagi «lab-lab, portlovchi»lik, «d-t»dagi «til oldi-dental, portlovchi»lik xususiyatlari saqlanadi. Kuchsiz pozitsiyadagi neytrallashuv tufayli yuzaga kelgan tovush o'zaro zidlanishda bo'lgan ikkala fonemaning bir umumiy vakili — varianti sanaladi, fonemalarning o'zi esa variantga nisbatan arxifonema bo'ladi: b//p arxifonemasining varianti P (tubva tupso'zlarida), d //t arxifonemasining varianti T (qad va qat so'zlarida), z//s arxifonema­ sining varianti S (tuz\ a tusso'zlarida) bo'lgani kabi.
Kuchsiz pozitsiyada neytrallashgan fonemalarning fonetik tabiati farqlanmasa ham, ularning oppozitsiyadagi fonologik qiymati saqlanadi. Bu hoi fonemaning sof fonetik jihati emas, lingvistik-funksional mohiyati til uchun yetakchi omil ekanligidan dalolat beradi.
Fonema ottenkalari fonemalarning talaffuzdagi real ko'rinishlaridir (L.V. Shcherba). Chunonchi, «а» fonemasi old qator unlidir. Bu belgi «а» fonemasi uchun tipik hisoblanadi, biroq shu tipik belgi qaramso'zida orqa qator unli ottenkasiga aylanadi. Demak, «а» fonemasi qaram so'zida («q» bilan yondosh qo'llanganda) orqa qator unli tarzida, karamso'zida («к» bilan yondosh qo'llanganda) esa old qator unli tarzida talaffuz qilinadi.
Bu ikki xil talaffuz «а» fonemasining so'z tarkibidagi real ko'rinishlari — ottenkalari hisoblanadi. Ottenkalar fizik-akustik va artikulatsion jihatdan o'zaro farqlansa-da, bir-biriga qarama-qarshi qo'yilmaydi, chunki shu ikki ottenkaning fonologik funksiyasi bitta (ularning ikkalasi bitta «а» fonemasining vazifasini bajaradi). Demak, fonema bilan uning ottenkalari o'rtasida umumiylik va xususiylik munosabatlari bor.
Fonema ottenkalaridan birining o'mida ikkinchisini qo'llab bo'lmaydi: bunga shu ottenkani shakllantirgan fonetik pozitsiya yo'l qo'ymaydi.
Masalan, ко so'zida faqat old qator «о», go’l so'zida esa faqat orqa qator «о» qo'llanadi. Bir fonemaning turli pozitsiyadagi ko'rinishlari - ottenkalari fonema qatorini hosil qiladi. Masalan, «и» fonemasi kulso'zida old qator «у» tarzida, qulso'zida esa orqa qator «и» tarzida talaffuz etiladi, shunga ko'ra у, и qatorini yuzaga keltiradi.
Fonema ottenkalari tushunchasiga L.V. Shcherba asos solgan. Bu
tushuncha va atama Sankt-Peterburg (sobiq Leningrad) fonetistlari maktabi
vakillari tomonidan ko'proq qo'llanadi.

Download 357,23 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 357,23 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’limi vazirligi qo’qon davlat pedagogika instituti

Download 357,23 Kb.