O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus vazirligi ta'lim vazirligi Navoiy viloyat kasbiy ta'limni rivojlantirish va muvofiqlashtirsh hududiy boshqarmasi Navbahor suv xo’jaligi va melioratsiya kolleji




Download 2.56 Mb.
bet81/88
Sana13.10.2022
Hajmi2.56 Mb.
#27190
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   88
Bog'liq
Suv hisobi yangi
Sherzodbek 2-lab, 1-mustaqil ish.docx Nafisa elektronika, fizika 8 sinf dars ishlanma, Feruza Qosimova Avesto kitobi (1), Elektron biznes, Kompyuterni tashkil etish Mustaqil ish-1 Marjona, 10 ta farq top, AVTOMOBIL VA DVIGITELLARGA TEXNIK XIZMAT KORSATISH, TAMIRLASDH, New Microsoft Word Document, Labaratoriya 4, 63-maktab talabnoma spartakiyada, wepik-sifatning-maieno-turlari-zbek-tilida-taqdim-etis-ucun-sarlava-20231116135432YhQo, Bipolyar tranzistorning, 82907823
YO‘RIQNOMALI TEXNOLOGIK XARITA.
Kasb kodi va nomi: 4.64.02.05– Suv tejovchi texnologiyalarga xizmat ko’rsatish texnigi
O‘quv amaliyoti nomi: Suv hisobini yuritish suv o`lchash qurilmalari va asboblari.
Amaliy mashg‘ulot № 3 Suv sathini aniq o‘lchaydigan asboblar va qurilmalar



Bajariladigan ishlar mazmuni

Rasm ko‘rinishi (chizma, eskiz).

O‘quvchilar bajaradigan ishlar ketma-ketligi

1

Suv sarfi har qanday daryoning gidrologik rejimini o‘rganishda eng asosiy ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi.







Suv sarfini gidrometrik novlar yoki tashlamalar yordamida aniqlash

2

Bu kattaliklar bir nom bilan xarakterli suv sarflari deb ataladi.

Suv o‘lchash suv xisobini yuritish va suv sarfining interpolatsion-gidravlik modeli

3

Birinchi usul hajm usuli deyilib, suv sarfini aniq o‘lchash imkonini beradi. Bu usul ko‘proq daryolar, soylar va kanallarda suv sarfi 5-10 l/s dan oshmaganda ko‘proq qo‘llaniladi.



Suvning oqish tezligini o‘lchash yoki aniqlashda qoMlaniladi-
gan usullari

4 –Mavzu Sug‘orish to‘g‘risida umumiy tushunchalari.


Reja
1 Sug‘orish to‘g‘risida umumiy tushunchalari
2 Sug‘orish turlari
3 Qishloq xo‘jaligi ekinlarining suv iste’moli
Sug‘orish ikki turi ishlab chiqarilgan: membranaturdagi prujinali vakuumetr (AM-20-11); bosim ko‘rsatkichli vakuumetr (IVD«Irrometr», Hydratal-1000). Mazkur tenziometrlar bir joyda ish bajaruvchiqurilmalar bo‘lib, faqat-LOCTRONIK turdagi (Isroilning AM firmasi tenziometrlar ko‘chma ish bajaruvchi qurilmalar hisoblanadi.Rivojlangan xorijiy mamlakatlarda sug‘oriladigan dehqonchilik sharoitida bosim ko‘rsatkichli vakuumetrli IVD-1, IVD-2 UkrGMITI, Isroilning AMJ va AQSH ning «Irrometr» firmasi loyihasi bo‘yicha ishlab chiqarilgan tenziometrlar keng tarqalgan.
Ushbu tenziometrlar majmuida 4 xili mavjud, tuproqqa o‘rnatilish chuqurligiga qarab 30,50,70,100 sm o‘lchamli bo‘lib, havosiz nasos ichiga zararsizlantirilgan suv yashil rangli aralashma bilan to‘ldiriladi. Vakuumetr ko‘rsatkichi santibar birligida o‘lchanadi, tuproq so‘rish bosim oralig‘i 0-85 ga teng 90 santibar yoki 0-8,5(9,0)metr suv hajmida yoki 0,85 (90)kPa).Agar sug‘oriladigan dalaning nishabligi uncha katta bo‘lmasa,(i < 0,005)egatning boshidan boshlab, uning uzunligini 2/3 qismiga o‘rnatiladi.Qishloq xo‘jaligi ekinlarining suv iste’moli o‘simliklarning rivojlanish fazalariga bog‘liq holatda vegetatsiya davrida o‘zgaruvchandir. Shu bilan birga,har bir ekinning biologik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, ularning suv iste’moli grafigi turlicha bo‘ladi. Jumladan, g‘o‘za umumiy suv iste’molidan gullaguncha 10-15%, gullash arafasida 60-70%, hosil etilishi davrida 20-25% ini iste’mol qiladi.
Qishloq xo‘jaligi ekinlarining sug‘orish rejimini belgilashda yuqoridagi
barcha omillar hisobga olinadi. Ularning ichida eng muhimlaridan biri, o‘simlik iste’mol qiladigan suvni o‘zida saqlab, uni o‘simlik talabiga qarab, o‘zining suv–fizik xossalariga ko‘ra, suvni unga beradigan tuproq-grunt shart-sharoitlari hisoblanadi.


Bu qiymat tuproqning g‘ovakligiga, haroratiga, tuproq tarkibidagi eritmalarning tarkibi va konsentratsiyasi, tuproqningo‘zlashtirilganligiga va boshqa omillarga bog‘liq bo‘ladi. Tuproq haroratining va undagi havo miqdorining ortishi, undagi nam sig‘imining kamayishiga olib keladi. Nam sig‘im tuproq qatlamining qiymati va genetik tarkibiga qarab o‘zgaradi.


Qishloq xo‘jaligi ekinlaridan yuqori va barqaror hosil olish uchun tuproqning faol qatlamidagi namlik har doim tuproqda yo‘l qo‘yilgan minimal tuproq namidan (70-85% CHDNS) yuqori bo‘lishi kerak
shu bilan birga,har bir ekinning biologik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, ularning suv iste’moli grafigi turlicha bo‘ladi. Jumladan, g‘o‘za umumiy suv iste’molidan gullaguncha

YO‘RIQNOMALI TEXNOLOGIK XARITA.


Kasb kodi va nomi: 4.64.02.05– Suv tejovchi texnologiyalarga xizmat ko’rsatish texnigi
O‘quv amaliyoti nomi: Suv hisobini yuritish suv o`lchash qurilmalari va asboblari.
Amaliy mashg‘ulot № 4 Sug‘orish to‘g‘risida umumiy tushunchalari.



Bajariladigan ishlar mazmuni

Rasm ko‘rinishi (chizma, eskiz).

O‘quvchilar bajaradigan ishlar ketma-ketligi

1

Sug‘orish ikki turi ishlab chiqarilgan: membranaturdagi prujinali vakuumetr (AM-20-11); bosim ko‘rsatkichli vakuumetr (IVD«Irrometr», Hydratal-1000). Mazkur tenziometrlar bir joyda ish bajaruvchi







Qishloq xo‘jalik ekinlarini sug‘orish muddatlari va me’yorlarini
aniqlashda tenziometrlarning necha turi ishlab chiqiladi
Tenziometrlar o‘rnatish chuqurligiga qarab qanday o‘lchamlari mavjud

2

Qishloq xo‘jaligi ekinlaridan yuqori va barqaror hosil olish uchun tuproqning faol qatlamidagi namlik har doim tuproqda yo‘l qo‘yilgan minimal tuproq namidan (70-85% CHDNS) yuqori bo‘lishi kerak

Tenziometrlar o‘rnatish chuqurligiga qarab qanday o‘lchamlari mavjud

3

Ularning ichida eng muhimlaridan biri, o‘simlik iste’mol qiladigan suvni o‘zida saqlab, uni o‘simlik talabiga xossalariga ko‘ra, suvni unga beradigan tuproq-grunt shart-sharoitlari hi



.O‘simliklarning transpiratsiya koeffitsienti tuproqning qanday ko‘rsatkichigabog‘liq Suv iste’mol qiymati qanday omillarga bog‘liq
Sug‘orma xo‘jaligi ekinlarining suv iste’molini aniqlashning qanday

5 –Mavzu Qishloq xo‘jalik ekinlarni sug‘orish rejimi.


Reja
1 Qishloq xo‘jalik ekinlarni sug‘orish rejimi
2 Qishloq xo‘jalik ekinlarini sug‘orish muddatlari
3 Ekinlarning sug‘orish muddatlari va me’yorlarini aniqlash
Qishloq xo‘jalik ekinlarini sug‘orish rejimi va muddatlari, tuproqlarning mexanik tarkibi, sho‘rlanish darajasi va ekinlarning o‘suv davriga qarab, quyidagi jadvaldan foydalanib aniqlanadi.
Egatlarga suv taralgandan so‘ng, irrometr o‘rnatilgan erga borish va undagi ko‘rsatkichlarni olish ancha qiyinchilik tug‘dirishi mumkin. Buning oldini olish maqsadida, irrometrlar o‘rnatilgan egatlarga qo‘shni bo‘lgan egatlardan biriga suv qo‘yilmaydi. Natijada, irrometr o‘rnatilgan erga bemalol borib-qaytish imkoniyati yaratiladi.Sug‘orish muddati va me’yorini aniqlash. Ekinlarning sug‘orish muddatlari va me’yorlarini aniqlash uchun, tenziometr ko‘rsatkichlarini o‘zgarishini hisobga olish muhim ahamiyatga ega. Sug‘orish muddatlarini belgilash bo‘yicha tenziometr ko‘rsatkichlari ma’lumotlar ishlab chiqarish sharoitida tenziometrlar ko‘proq 30 sm tuproq qatlamiga o‘rnatiladi, bunda tenziometrlarning ishlashi vaqtincha to‘xtab qolish holatlari ro‘y beradi. Chunki, tuproqning yuqori haydov qatlami pastki qatlamlarga nisbatan tez qurib qoladi, natijada ishchi aralashma qurilmaning uchki keramik qismi orqali tuproqqa so‘riladi va tenziometrda razgermitizatsiya jarayoni sodir bo‘ladi. Bunday xo‘jalik ichidagi sabablar natijasida ekinlarni sug‘orish kechiktiriladi. Ushbu holatda tenziometr ishchi aralashmasini darhol almashtirish befoyda hisoblanadi negaki, bunda tuproq so‘rish bosimi kuchli bo‘ladi va qurilmaning ishlab ketishi qiyinlashadi. Ishchi aralashmani almashtirish, faqat sug‘orishdan keyingina amalgaoshiriladi. Shuning uchun tuproq namligini tenziometr orqali nazorat qilish, uni 70 sm qatlamga o‘rnatish yuqori samara beradi. Tuproq namligini qatlamlar bo‘yicha o‘zgarishini statistik usullar yordamida tahlil qilish natijalariga ko‘ra, 1 m tuproq qatlamidagi tuproq namligini 70 sm o‘lchamli tenziometr ko‘rsatkichi yordamida aniqlash mumkin, bunda ishonchlilik 87,9% va o‘rtacha kvadratik xatolik 1,65%ga teng bo‘ldi. Buning uchun 60-80 sm dagi tuproqni namlik xajmini 3 foizga kamaytiramiz va olingan ma’lumotlardan chizma yoki jadvaldan foydalanib,tuproqni so‘ruvchi bosimi ko‘rsatkichi aniqlanadi. Agarda, shunda pastki sug‘orish oldi namligiga to‘g‘ri kelsa, sug‘orishni boshlash kerak.Sug‘orish me’yorlarini o‘lchashni bilish uchun, so‘ruvchi bosimni tuproq namligiga bog‘liqligi chizmasini bilish kerak. PS = f (w) bunday chizmani qurush tuproq namligini dalalarda o‘lchash gravimetrik usul va tuproqni so‘ruvchi bosimini tenziometrlar orqali o‘lchab aniqlanadi. Sug‘orish me’yorini m3/ga olish qulay, tuproq namligini PS = f (w) chizma hajm foizlarida ta’svirlash tavsiya etiladi. Bunda o‘z navbatda, tuproqni xajm massasi nazarga olinadi.
Ko‘rsatilishicha, PS = f (w) bog‘liqligini mexanik tarkibi engil, o‘rtacha va og‘ir bo‘z tuproqlarda ko‘plab o‘tkazilgan o‘lchovlar taqdim etilgan. So‘ruvchi bosimni ( P ) tuproqni xajmiy namligiga bog‘liqligidir.
Ekinlarning sug‘orish muddatlari va me’yorlarini aniqlash uchun, tenziometr ko‘rsatkichlarini o‘zgarishini hisobga olish muhim ahamiyatga ega. Sug‘orish muddatlarini belgilash bo‘yicha tenziometr ko‘rsatkichlari ma’lumotlar ishlab chiqarish sharoitida tenziometrlar ko‘proq 30 sm tuproq qatlamiga o‘rnatiladi, bunda tenziometrlarning ishlashi vaqtincha to‘xtab qolish holatlari ro‘y beradi.

YO‘RIQNOMALI TEXNOLOGIK XARITA.


Kasb kodi va nomi: 4.64.02.05– Suv tejovchi texnologiyalarga xizmat ko’rsatish texnigi
O‘quv amaliyoti nomi: Suv hisobini yuritish suv o`lchash qurilmalari va asboblari.
Amaliy mashg‘ulot № 5 Qishloq xo‘jalik ekinlarni sug‘orish rejimi.



Bajariladigan ishlar mazmuni

Rasm ko‘rinishi (chizma, eskiz).

O‘quvchilar bajaradigan ishlar ketma-ketligi

1

Qishloq xo‘jaligi ekinlaridan yuqori va barqaror hosil olish uchun tuproqning faol qatlamidagi





Qishloq xo‘jalik ekinlarini sug‘orish muddatlari va me’yorlarini
aniqlashda tenziometrlarning necha turi ishlab chiqilad.

2

Qishloq xo‘jaligi ekinlaridan yuqori va barqaror hosil olish

Tenziometrlar o‘rnatish chuqurligiga qarab qanday o‘lchamlari mavjud

3

O‘rnatilganda vodosliv tubidan yoki yonlaridan suv sizib o‘tmasligi kerak.
Vodosliv o‘rnatiladigan devor temirbeton, monolit beton va xokazolardan
quriladi. Ularning o‘lchamlari kanal tubi



Qishloq xo‘jalik ekinlarini sug‘orish muddatlari va me’yorlarini
aniqlashda tenziometrlarning necha turi ishlab chiqiladi

6 –Mavzu Ekinlarni sug‘orish usullari va sug‘orish texnikasi


Reja
1 Ekinlarni sug‘orishda suvni samarasi.
2 Ekinlarni sug‘orish usullari
3 Ekinlarni sug‘orish texnikasi
Ekinlarni sug‘orishda suvni samarali ishlatilishi uchun dalalarni
ekishga tayyorlash alohida ahamiyatga ega. Dalalarni ekishga tayyorlashning asosini ekin ekiladigan erlarni kuzda shudgorlash, bahorda haydash va joriy tekislash ishlari tashkil qiladi.
Ekin maydonini kuzda sifatli shudgorlash dalada ko‘zlangan hosilni etishtirishga zamin yaratadi. Kuzda shudgor qilinmay, bahorda haydalgan dalalarda turli notekisliklar - past - balandliklar yuzaga keladi. Buning oqibatida mavsum davomida dalaning pastqam joylarida suv to‘planib, ko‘llaydi, baland joylariga esa suv yaxshi etib bormay, bunday erlar suvsiz qoladi. Oqibatda sug‘orish sifatsiz bo‘lib, suvdan foydalanish samarasiz bo‘ladi. Ekin maydonlarini kuzgi shudgorlashdan keyin dalaga mahalliy o‘g‘itlar (go‘ng) solinsa samara yaxshi bo‘ladi. Kuzda haydalgan erlarni bahorda yana bir marta engil haydaladi (engil tuproqlarda chizel qilinsa ham kifoya) va mola bostirib tekislanadi. Haydalgan erni mola bostirib tekislash sug‘orish vaqtida suvning egatlarda ravon oqishini va sug‘orishning samarali bo‘lishini ta’minlaydi. Erga urug‘ qadash jarayonida traktorning qatorlarni to‘g‘ri olishi ham juda muhim bo‘lib, keyinchalik egatlarning to‘g‘ri olinishi uchun zamin yaratadi. To‘g‘ri olingan egatlarda suv ravon oqadi, suvning ko‘llab qolishi va behudaga erga singishi kabi salbiy hodisalarning oldi olinadi. Sug‘orish tarmoqlarini mavsumga tayyorlash orqli suv tejash ekinlarni sug‘orish jarayonida suvdan foydalanishni samarali bo‘lishida dalaga suv etkazib beruvchi sug‘orish tarmoqlarini ta’mirlab -tozalab mavsumga tayyorlash tadbirlari ham muhim o‘rin tutadi.
Suv etkazib beruvchi sug‘orish tarmoqlarini ta’mirlab-tozalab mavsumga tayyorlash ekin maydonlari suv ta’minotini ishonchli bo‘lishini ta’minlaydi. Sug‘orish tarmoqlari nosoz (o‘t bosgan, loyqaga to‘lgan, buzilgan) bo‘lsa, suvning behuda isrof bo‘lishiga olib keladi. Sug‘orish tarmoqlarini mavsumga tayyorlashda quyidagi vazifalar bajariladi: suv keladigan ariqlar loyqa va begona o‘tlardan tozalanadi; ariqlarning o‘pirilgan yoki yuvilgan joylarini tuproq bilan to‘ldirib tekislanadi; sug‘orish tarmoqlarining singan, yorilgan va ishdan chiqqan joylari ta’mirlanib, qayta tiklanadi; suv olish quloqlaridagi darvozalarning (zatvor) ko‘tarma mexanizmlari tozalanib moylanadi; suv olish quloqlarida o‘rnatilgan suvni o‘lchash vositalari ta’mirlanadi; Sug‘orish tarmoqlarini loyqa va begona o‘tlardan tozalash suvning ravon oqishini ta’minlab, ekin dalalarida suv ta’minotini yaxshilaydi.
Betonlangan va nov ariqlarni ta’mirlab-tiklash sug‘orish mavsumida
suvni ekin dalasiga uzilishsiz etkazilishini ta’minlaydi va suvning
behuda isrofini kamaytiradi. Suv olish quloqlarini suvni boshqarish va o‘lchash inshootlari bilan jihozlash dalalarga berilayotgan suvni boshqarishni osonlashtirib, uni tejalishiga imkoniyatlar yaratadi.
Kuzda shudgor qilinmay, bahorda haydalgan dalalarda turli notekisliklar - past - balandliklar yuzaga keladi. Buning oqibatida mavsum davomida dalaning pastqam joylarida suv to‘planib, ko‘llaydi, baland joylariga esa suv yaxshi etib bormay, bunday erlar suvsiz qoladi. Oqibatda sug‘orish sifatsiz bo‘lib, suvdan foydalanish samarasiz bo‘ladi. Ekin maydonlarini kuzgi shudgorlashdan keyin dalaga mahalliy o‘g‘itlar (go‘ng) solinsa samara yaxshi bo‘ladi.
YO‘RIQNOMALI TEXNOLOGIK XARITA.
Kasb kodi va nomi: 4.64.02.05– Suv tejovchi texnologiyalarga xizmat ko’rsatish texnigi
O‘quv amaliyoti nomi: Suv hisobini yuritish suv o`lchash qurilmalari va asboblari.
Amaliy mashg‘ulot № 6 Ekinlarni sug‘orish usullari va sug‘orish texnikasi



Bajariladigan ishlar mazmuni

Rasm ko‘rinishi (chizma, eskiz).

O‘quvchilar bajaradigan ishlar ketma-ketligi

1

Suv etkazib beruvchi sug‘orish tarmoqlarini ta’mirlab-tozalab mavsumga tayyorlash ekin maydonlari suv ta’minotini ishonchli bo‘lishini ta’minlaydi.



Egatlab sug‘orishda suv berishni boshqarish orqali suv tejash va
Egat tashlab (oralatib) sug‘orish

2

Sug‘orish tarmoqlari nosoz (o‘t bosgan, loyqaga to‘lgan, buzilgan) bo‘lsa, suvning behuda isrof bo‘lishiga olib keladi



sug‘orish vaqtida suvning egatlarda ravon oqishini va sug‘orishning samarali bo‘lishi



3

suvni o‘zida saqlab, uni o‘simlik talabiga qarab, o‘zining suv–fizik xossalariga ko‘ra, suvni unga beradigan tuproq-grunt shart-sharoitlari hisoblanadi.



Sug‘orish egatlarni oralatib, ya’ni bir egat arig‘iga suv berib, ikkinchi egatni qanday tarzda amalga oshiriladi

7 –Mavzu Sug‘orish uchastkalarini tekislash va suv xisobini yuritish


Reja

  1. Sug‘orish uchastkalarini tekislash.

2. Suv xisobini yuritish
3. Uchastkalarning ommaviy tadqiqotlari
Sug‘orish uchastkalarini tekislash va suv xisobini yuritish biron bir uchastka tuprog‘i va sho‘rlanganligini tezlikda aniqlamoqchibo‘lsak, SANIIRI institutida ishlab chiqilgan elektrokonduktometr asbobini qo‘llash maqul tuproq va suvning sho‘rlanishini aniqlash uchun 1:1 nisbatda tuproq-suv suspenziyasining elektr o‘tkazuvchanligiga asoslanadi. Bu usul xorijda keng foydalaniladi va Markaziy Osiyo mintaqasida muvaffaqiyatli qo‘llash mumkin.
Asbob 0,1 dan 40 dS/m diapazondagi ES ni o‘lchash uchun 3 ta shkalaga ega va qulay bo‘lgan statsionar sharoitlarda kuniga 100 marta o‘lchashga imkon beradi.Tuproqni sho‘rlanish darajasini o‘lchash uchun 1:1 nisbatdagi tuproq va suv suspenziyasi, ya’ni 30 g yaxshi maydalangan tuproq (yoki 3 ta choy qoshiq) 100mg hajmdagi kimyoviy stakanga 30 ml distillangan suvni aralashtirish yo‘li bilan tayyorlanadi.
ES ni o‘lchash elektrokonduktometrni toza elektrodini suspenziyaga taxminan 1 sm botirish bilan o‘tkaziladi. Asbobni tugmasini bosish bilan, tabloda dS/m birlikda ifodalangan birligidagi suspenziyaning elektr o‘tkazuvchanligi yoritib ko‘rsatiladi (SI o‘lchashdagi xalqaro tizim birligida).
Misol:
5-nuqtaning 0-30 sm chuqurlikdagi o‘lchangan o‘tkazuvchanligining
1:1suspenziyasidagi qiymati: ES=3 dS/m.ES=3x3,5=10,5 dS/m
Bu erda 3,5-joydagi tuproq uchun koeffitsient.
Uchastkalarning ommaviy tadqiqotlarida, 1 kun davomida olingan kattamiqdordagi tuproq namunalari etiketkalari bilan xaltachalarga joylanadi va bevosita jo‘shqin ishdan so‘ng otryadning joylashgan joyida aniqlash o‘tkaziladi.Bunda idishlarni tozalash va boshqa muammolar kamroq vujudga keladi.Suvning elektr o‘tkazuvchanligini o‘lchash (sug‘oriladigan, drenaj, er osti suvlari)- bevosita dalada qulayroqdir. Buning uchun suv namunasidan stakanga etarli darajada olish knrak. 1 sm chuqurlikda markaz bo‘yicha elektrodini botirish,knopkani bosib sanoqni chiqarish va uni jurnalga (jadvalga) qayd qilib boriladi.Suvning mineralligini baholash uchun elektr o‘tkazuvchanlikni o‘lchashma’lumotlari bo‘yicha quyidagi bog‘lanishdan foydalanish mumkin:
Suvning mineralligi (g/l)=0,7-0,9 ESw (dS/m)


Download 2.56 Mb.
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   88




Download 2.56 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus vazirligi ta'lim vazirligi Navoiy viloyat kasbiy ta'limni rivojlantirish va muvofiqlashtirsh hududiy boshqarmasi Navbahor suv xo’jaligi va melioratsiya kolleji

Download 2.56 Mb.