-BOB. BIOLOGIK FAOL MODDALAR VA ULARNING TASNIFI




Download 283.45 Kb.
bet2/13
Sana15.06.2022
Hajmi283.45 Kb.
#23746
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Ismoilova Mohina davomi
HMTT(BOBUR), Alisherov Aminjon diskret, 2023-yil Yo\'l xaritasi 11-DMTT, kreativ fikir, Komila Kurs ishi TO\'MA 222, 3 kriptografiya xaqida, Tashkiliy tuzilma, portal.guldu.uz-Shaxsiy sug‘urtaning mazmuni va turlari, Python dasturlash tili, 1701370462, bernulli tenglamasi, KUNLIK CHEKLIST, Rostlagichlarni tanlash, Jarayonlarni loyihalash uchun asosiy meyoriy hujjatlar
1-BOB. BIOLOGIK FAOL MODDALAR VA ULARNING TASNIFI

    1. O`simliklarda ucraydigan biologik faol moddalar

O’simliklarning kimyoviy tarkibi murakkab va turlicha bo’ladi. Ular tarkibida uglevod, oqsil va moylardan tashqari, inson organizmi uchun foydali va muhim ahamiyatga ega bo’lgan vitaminlar, fermentlar, organik kislotalar, fenollar va ularning xosilalari, efir moyi, turli glikozidlar, alkoloidlar, oshlovchi moddalar, minerallar kabi biologik faol moddalar mavjud.Bu moddalar hayot faoliyatimizda juda muhim jarayonlarning borishida ishtirok etadi.
Biologik faol moddalar o’simliklar hujayrasida to’xtovsiz ravishda biokimyoviy o’zgarishlar yuz berib turishi natijasida yuzaga keladi. Ular ma’lum vaqt va sharoitda turli o’zgarishlarga uchraydi. Buning natijasida ular boshqa birikmalarga aylanadi, murakkab molekulali moddalar sintezida ishtirok etadi yoki o’zidan energiya chiqarib, oddiy birikmalarga parchalanib ketadi.
Bunday birikmalar yengil hazm bo’ladi, yurak-qon tomirlari, asab sistemasi, me’da–ichak yo’li, jigar, buyrak, nafas yo’llari, modda almashinuvining buzilishi va boshqa kasalliklarning oldini olish hamda davolashda keng qo’llaniladi. Biologik faol moddalar hayot uchun zarur birikmalardir. Ularning asosiy manbai o’simliklar hisoblanadi. Biologik faol moddalarning inson organizmiga ta’siri turlicha. Ular yosh bolalarning to’g’ri o’sishi va rivojlanishi hamda keksalarning organizmida borayotgan moddalar almashinuvi jarayonining faoliyatini kuchaytirish uchun foydali va ahamiyatlidir. Yuqorida ko’rsatib o’tilgan birikmalarning barchasi inson hayotida ma’lum ahmiyat kasb etadi. Bu birikmalar inson organizmiga faqat ovqat tarkibida kiradi. Ovqat tarkibida ushbu birikmalarning yetarli bo’lmasligi yoki butunlay bo’lmasligi turli kasalliklar kelib chiqishiga sabab bo’ladi.
Balansli ovqatlanish – sog’lig’imizning asosidir. Biologik faol ozuqaviy qo’shimchalar sizning parhezingiz me’yorida bo’lishini ta’minlash uchun lozim bo’lgan birikmalar majmuidir.
Biofaol ozuqaviy qo’shimchalar, bular dorivor preparatlar sirasiga kirmaydi. Ular o’simlik, hayvonot yoki mineral xom-ashyolardan olinadigan tabiiy moddalar hisoblanadi, shuningdek, kimyoviy yoki ba’zi hollarda mikrobiologik sintez orqali ham qo’lga kiritilishi mumkin.
Biologik faol qo’shimchalar minerallar, vitaminlar, ozuqaviy tolalar, o’simlik ekstraktlari, to’yinmagan yog’li kislotalar, aminokislotalar va boshqalarni o’z ichiga olgan tabiiy komplekslardir. Ular ovqatlanishdagi kamchiliklarni bartaraf etib, sog’lom moddalarni o’zlashtirishini kuchaytiradi hamda tananing ichki quvvatini kuchaytirib, ko’plab kasalliklarning xavfini kamaytiradi.
Nutritsevtik vositalar oziq-ovqat yoki ichimlik tarkibiga qo’shilganda, ularni muhim moddalar (aminokislotalar, vitaminlar, minerallar, ko’p to’yinmagan yog’li kislotalar, ozuqaviy tolalar va boshqalar) bilan boyitadi va inson tanasining ayrim fiziologik faoliyatini hamda inson tanasining tizimini tartibga soladi. Ularni boshqacha ko’rinishda (ekstraktlar, surtmalar, nastoyka, kontsentratlar va boshqalar) ham iste’mol qilish mumkin.
Olimlar va shifokorlarning fikriga ko’ra, biofaol moddalarni to’g’ri va muntazam iste’mol qilish nafaqat yoshlikni, sog’liqni va quvvatni saqlab qolish imkonini beradi, balki hayot tarzini sezilarli darajada yaxshilaydi.

Download 283.45 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Download 283.45 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-BOB. BIOLOGIK FAOL MODDALAR VA ULARNING TASNIFI

Download 283.45 Kb.