O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta ta’lim Vazirligi Andijon Davlat Universiteti Tabiatshunoslik va geografiya fakulteti Kimyo ta’lim yo’nalishi




Download 283.45 Kb.
bet7/13
Sana15.06.2022
Hajmi283.45 Kb.
#23746
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
Ismoilova Mohina davomi
HMTT(BOBUR), Alisherov Aminjon diskret, 2023-yil Yo\'l xaritasi 11-DMTT, kreativ fikir, Komila Kurs ishi TO\'MA 222, 3 kriptografiya xaqida, Tashkiliy tuzilma, portal.guldu.uz-Shaxsiy sug‘urtaning mazmuni va turlari, Python dasturlash tili, 1701370462, bernulli tenglamasi, KUNLIK CHEKLIST, Rostlagichlarni tanlash, Jarayonlarni loyihalash uchun asosiy meyoriy hujjatlar
Flavanoidlar
➢ Flavanoidlar - kimyoviy jihatdan flavoning gidroksi hosilalari 2,3- digidroflavon , izoflavon , 4-fenilkumarin (neoflavonoidlar)dir. Ayrim hollarda C6- C3-C6 qatorning boshqa birikmalari, hamda uchta uglerodli fragment orqali birbiriga bogʻlangan ikkita benzol yadroli alkanlarlar, digidroxalkonlar va auronlar ham flavanoidlar deb ataladi . Mitoxondriyaning funksional faolligi flavanoidlar taʼsirida oʻzgarishi. Flavanoidlarning ahamiyati :flavanoidlar hujayra shu jumladan mitoxondriyaning funksional faolligini keng doirada oʻzgartirish xususiyatiga ega boʻlgan biologik faol birikmalardir. Hozirgi kunda flavanoidlarning antioksidant effekti koʻplab tadqiqotlarda hujayra, toʻqima gomogenatlarida in vitro va in vivo modellarda oʻrganilmoqda. Misol uchun qizil sharobdan olingan flavanoidlar odamlarda past zichlikdagi lipoprotein oksidlanishini sezilarli darajada kamaytiradi , flavanoidlar shuningdek, kalamush hujayralarini oksidlovchi stressdan himoya qilishi aniqlangan.
Biz bilgan flavanoidlar taninlar tabiiy boʻyoq oziq ovqat antioksidanti sifatida ishlatiladi shu bilan birga bir qator flavanoidlar mikroblarga qarshi vositalar sifatida ishlatiladi.Flavanoidlardan tutun va kversetin P-vitamini sifatida bizga tanish va bu guruh flavanoidlar askorbin kislota bilan ishlatilganda qon aylanishi yaxshilanadi qoning ivuvchanligini pasaytiradi eritrotsitlar elastikligini oshiradi. Flavanoidlarning metabolitik jarayonlarga lipid almashinuviga taʼsiri Flavanoidlarning metabolitik jarayonga taʼsiri Flavanoidlarning koʻplab biologik faol moddalar uchun gidrofoblik va membrana bilan tasirlatuvida farmakologik faollikni namoyon qilish uchun zarur sharoit vazifasini oʻtaydi.Polifenollardagi gidroksil guruh uning kislotalik xususiyatlarini namoyon qilish uchun zarur ammo gidroksil guruh soni uning gidrofoblik xususiyati bilan teskari bogʻliqlik mavjud.
Ma`lumki, organizmning metabolitik jarayon buzilishi natijasida yogʻ tomchilarining qon tomirlari devorida toʻplanishi jigardagi yogʻ tomchilari massasi oshishi insulin bilan bogʻliq ravishda qandli diabet ,arterioskleroz ,gipertoniya,gipoksiya kabi koʻplab kasallik belgilarini namoyon qiladi.Flavanoidlarning lipid eruvchanligiga tasiri ❖ Differensial skanerlash ❖ Mikrokalorimetriya usullarida oʻtkazilgan eksperimentlar shuni koʻrsatadiki olingan 20 turdagi biologik faol moddalar ichida faqatgina flavanoidlar lipid eruvchanligiga sezilarli taʼsir koʻrsatgan.Flavanoidlar glikozidlardan rutinning erish jarayoniga taʼsir etmaydi buning sababi glikozidlar aglikonlarga nisbatan suvda yaxshi eriydi.Lipid almashinuviga taʼsir mexanizmi soddaroq ifoda etsak masalan biz bilgan qizil uzum poʻstlogʻi tarkibida fenol ekstrakti yuqori boʻlib bu ekstraktning taʼsir doirasi keng eng avvalo u mushaklardagi triglitseridlarning pasayishiga ,GLUT4(insulin bilan bogʻliq ravishda glukoza tashuvchisi)soning orttirish orqali qondagi glyukoza konsentratsiyasi miqdorini normallashtirishga olib keladi.
Bundan tashqari flavanoidlar mitoxondriyadagi oksidlanish reaksiyalarini katalizlovchi fermentlar faoliyatini jadallashtiradi masalan mitoxondriyalar gidroksilamin-KOA degidrogen.Mitoxondriya haqida gap ketganda mitoxondriya membranasida va sitoplazmada kechadigan oksidlanish qaytarilish reaksiyalari va lipid almashinuviga flavanoidlar taʼsiri va uning butun organizmdagi metabolit jarayondagi ahamiyati beqiyos.Aynan mitoxondriyadagi faoliyati tufayli lipidlar tashilishini yaxshilaydi va ularning qon tomirlari devorida toʻplanishi jigardagi yogʻ tomchilari kamayishiga metabolitik sindrom oldini olishga hissa qoʻshadi .

Download 283.45 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Download 283.45 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta ta’lim Vazirligi Andijon Davlat Universiteti Tabiatshunoslik va geografiya fakulteti Kimyo ta’lim yo’nalishi

Download 283.45 Kb.