O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta ta’lim Vazirligi Andijon Davlat Universiteti Tabiatshunoslik va geografiya fakulteti Kimyo ta’lim yo’nalishi




Download 283.45 Kb.
bet6/13
Sana15.06.2022
Hajmi283.45 Kb.
#23746
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Ismoilova Mohina davomi
HMTT(BOBUR), Alisherov Aminjon diskret, 2023-yil Yo\'l xaritasi 11-DMTT, kreativ fikir, Komila Kurs ishi TO\'MA 222, 3 kriptografiya xaqida, Tashkiliy tuzilma, portal.guldu.uz-Shaxsiy sug‘urtaning mazmuni va turlari, Python dasturlash tili, 1701370462, bernulli tenglamasi, KUNLIK CHEKLIST, Rostlagichlarni tanlash, Jarayonlarni loyihalash uchun asosiy meyoriy hujjatlar
2.1 Glikozid va flavanoidlar
GLIKOZIDLAR — molekulalari uglevod bilan biror organik birikma qoldigʻi (aglikon)ning glikozid bogʻ orqali birikishidan hosil boʻlgan organik moddalar. Ularning koʻpchiligi kristall, achchiq taʼm va oʻziga xos xidli birikmalardir. Oʻsimliklarda koʻp uchraydi, ularda turli moddalar Glikozidlar shakliga kiradi va shu shaklda saqlanadi. Hayvonlar organizmida ham Glikozidlar borligi aniqlangan. Moddalar almashinuvida Glikozidlarning ahamiyati beqiyos. Achchiq bodom, oʻrik, shaftoli, olxoʻrining bargi va danagida buladigan amigdalingorchitsa va xrendagi — sinigrin; kartoshkadagi — solanin hamda oʻsimliklarni boʻyovchi — antotsianinlar eng muhim Glikozidlar qatoriga kiritiladi. Ularning ayrimlari (azonin, strofantin) tibbiyot amaliyotida, ayniqsa yurak-tomir kasalliklarida (yurak G. i.) qoʻllaniladi. Hayvonlar miyasidagi serebrozidlar va streptomitsin antibiotigi ham Glikozidlarga kiradi.
Glikozidlar qandlarning turlicha moddalar bilan birlashib hosil qilgan murakkab birikmasidir. Ular o’simliklar dunyosida keng tarqalgan bo’lib, ma’lum sharoitda o’ziga xos fermentlar ta’sirida qand qismiga va aglikon qismga parchalanadi. Ulardan fenol glikozidi, tsianogen glikozidi, tioglikozid, monoterpen glikozid, triterpen glikozidlari davolovchi hususiyatga ega.
Glukozidlar o’simliklar dunyosida keng tarqalgan. Ular o’simliklarning barcha organlari hujayrasida, ya’ni hujayra shirasida erigan holda uchraydi. O’simliklar tarkibida bir nechta glikozidlar bo’lishi mumkin. Ba’zi glikozidlar o’simliklarning barcha oilasiga hos bo’lib, ular shu oilaga kiradigan turlarda keng tarqalgan. Shu bilan bir qatorda bir guruh glikozaidlar bir nechta oilaga kiradigan o’simliklarda ham bo’lishi mumkin. Ular o’simliklarning to’qimalarida bo’ladigan moddalar almashinuvi protsessida faol qatnashadi. Glikozidlarga uglevodlarning zapas holda yig’ilgan shakllaridan biri deb ham qaraladi. Sof holda ajratib olingan glikozdlar kristall modda, ularning ko’pchiligi organik erituvchilarda erimaydi, spirtda yomon, suvda yaxshi eridi.
Glikozidlarning terapevtik ta’siri aglikonlarga(qandsiz qism) bog’liq. Qandlar aglikonlarning suvda erishini hamda hayvonlar organizmida shimilishini tezlashtiradi. Xulosa qilib shuni aytish kerakki, glikozid molekulasidagi qandlar aglikonlarning ta’sir kuchini tezlashtirishi va o’zgartirishi mumkin.
Amigdalin glikozidi achchiq bodom, shaftoli, o’rik donagi, olma urug’I tarkibida uchraydi. U glukoza, benzoy aldegid va sianid kislotalarning birikishidan hosil bo’ladi.
Glyukovanil vanil mevasida, solonin kartoshka tugunagida, kvarsetin piyozning rangli tashqi po’stida, solodka va etmak ildizida soponin glikozidlari uchraydi.
Marvaridgul gulidan, angishvonagul bargidan va Adonis o’simligidan yurak muskullarini davolaydigan glukozidlar olinadi. Glikozidlar oziq-ovqat sanoatida, tibbiyotda, taexnika va boshqa sohalarda keng foydalaniladi.

Download 283.45 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Download 283.45 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta ta’lim Vazirligi Andijon Davlat Universiteti Tabiatshunoslik va geografiya fakulteti Kimyo ta’lim yo’nalishi

Download 283.45 Kb.